Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


XI BO'LIM. HISOB-KITOB VA HISOBOT


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

XI BO'LIM. HISOB-KITOB VA HISOBOT.
HUJJATLARNI SAQLASh.
JAMIYaTGA DOIR AXBOROT
105-modda. Jamiyatning buxgalteriya hisob-kitobi va moliya hisoboti
106-modda. Jamiyat hujjatlarini saqlab qo'yish
107-modda. Jamiyatning aksiyadorlarga axborot taqdim etishi
108-modda. Axborotni e'lon qilishning shartligi


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
57/62
109-modda. Jamiyatning affillangan shaxslari to'g'risidagi axborot
105-modda. Jamiyatning buxgalteriya
hisob-kitobi va moliya hisoboti
Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisob-kitobini yuritishi va moliya hisobotini
taqdim etishi shart.
Jamiyatda buxgalteriya hisob-kitobini tashkil etish, uning holati va to'g'ri yuritilishi, tegishli organlarga har
yilgi hisobot va boshqa moliya hisobotlari, shuningdek aksiyadorlar, kreditorlar va ommaviy axborot
vositalariga jamiyat faoliyatiga doir ma'lumotlar o'z vaqtida taqdim etilishi uchun javobgarlik qonun
hujjatlariga muvofiq ijroiya organi zimmasida bo'ladi.
Jamiyatning aksiyadorlar umumiy yig'ilishiga taqdim etadigan yillik hisobotidagi, buxgalteriya balansidagi,
foyda va zararlar hisobvarag'idagi ma'lumotlarning to'g'ri ekanligi jamiyatning taftish komissiyasi
tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Ko'rsatib o'tilgan hujjatlarni matbuotda e'lon qilishdan oldin jamiyat yillik moliya hisobotini har yilgi
tekshirish va tasdiqlash uchun jamiyat yoki aksiyadorlar bilan mulkiy manfaatlar negizida bog'liq
bo'lmagan auditorlik tashkilotini jalb etishi shart.
Jamiyatning yillik hisoboti aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi o'tkaziladigan sanadan kamida 30 kun
oldin kuzatuv kengashi tomonidan dastlabki tarzda tasdiqlanishi lozim.
106-modda. Jamiyat
hujjatlarini saqlab qo'yish
Jamiyat:
jamiyatning ustavini, ustavga kiritilgan, belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan o'zgartishlar va
qo'shimchalarni, jamiyatni tuzish to'g'risidagi qarorni, jamiyat davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi
guvohnomani;
jamiyatning o'z balansidagi mol-mulkka bo'lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni;
aksiyadorlar umumiy yig'ilishi va jamiyatni boshqarishning boshqa organlari tasdiqlaydigan hujjatlarni;
jamiyatning filiali yoki vakolatxonasi haqidagi nizomni;
yillik moliya hisobotini;
aksiyalar emissiyasi ma'lumotnomasini;
buxgalteriya hisob-kitobiga doir hujjatlarni;
tegishli organlarga taqdim etiladigan moliya hisobotiga doir hujjatlarni;
aksiyadorlar umumiy yig'ilishi, kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi va kollegial ijroiya organi (boshqaruv,



Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling