Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
60/62
110-1-modda. Ichki audit xizmati
Aktivlarining balans qiymati bir milliard so'mdan ko'p bo'lgan jamiyatda ichki audit xizmati tashkil etiladi.
Ichki audit xizmati jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir.
Ichki audit xizmati jamiyatning ijroiya organi, vakolatxonalari va filiallari tomonidan qonun hujjatlariga,
ta'sis hujjatlari va boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda
ma'lumotlarning to'liq hamda to'g'ri aks ettirilishi ta'minlanishini, xo'jalik operatsiyalarini amalga
oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini,
shuningdek jamiyatni boshqarish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini
tekshirish va bu borada monitoring olib borish orqali jamiyatning ijroiya organi, vakolatxonalari va filiallari
ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.
Ichki audit xizmati o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan
tartibga muvofiq amalga oshiradi.
111-modda. Auditorlik tashkiloti
Auditorlik tashkiloti jamiyat bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
jamiyatning moliya-xo'jalik faoliyatini tekshiradi va unga auditorlik xulosasi taqdim etadi.
Auditorlik tashkiloti jamiyatning moliyaviy hisoboti va moliyaga doir boshqa axborotlar haqida noto'g'ri
yakun bayon etilgan auditorlik xulosasi tuzganlik oqibatida yetkazilgan zarar uchun jamiyat oldida javobgar
bo'ladi.
Ustav fondidagi davlat ulushi ellik foizdan ko'p bo'lgan jamiyatlarda auditorlik tekshiruvi o'tkazish uchun
auditorlik tashkilotini tanlash O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasi va
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan ro'yxat bo'yicha tanlov asosida amalga
oshiriladi.
112-modda. Taftish komissiyasi xulosasi
Jamiyatning moliya-xo'jalik faoliyatini tekshirish yakunlariga ko'ra taftish komissiyasi xulosa tayyorlaydi, bu
xulosada:
hisobotlarda va jamiyatning boshqa moliya hujjatlarida aks ettirilgan ma'lumotlar qay darajada to'g'riligiga
baho beriladi;
buxgalteriya hisobini yuritish va moliya hisobotini taqdim etish tartibi, shuningdek moliya-xo'jalik
faoliyatini amalga oshirish chog'ida qonun hujjatlari buzilganligi to'g'risida axborot beriladi.

Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling