102-modda. Jamiyatni tugatish tartibi
Tugatuvchi ommaviy axborot vositalarida jamiyatning tugatilishi haqida, shuningdek uning kreditorlari
tomonidan talablarni bayon etish tartibi va muddatlari to'g'risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
e'lon beradi. Kreditorlar tomonidan talablar qo'yish uchun belgilangan muddat jamiyatning tugatilishi
to'g'risida xabar e'lon qilingan sanadan e'tiboran ikki oydan kam bo'lmasligi lozim.
Agar tugatish to'g'risida qaror qabul qilingan vaqtga kelib, jamiyat kreditorlar oldida majburiyatlarga ega
bo'lmasa, uning mol-mulki aksiyadorlar o'rtasida ushbu Qonunning 103-moddasiga muvofiq taqsimlanadi.
Tugatuvchi kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini olish chora-tadbirlarini ko'radi, shuningdek
kreditorlarni jamiyatning tugatilishi to'g'risida yozma shaklda xabardor qiladi.
Kreditorlar tomonidan talablarni qo'yish uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin tugatuvchi oraliq
tugatish balansini tuzadi, mazkur balans tugatilayotgan jamiyat mol-mulkining tarkibi, kreditorlar qo'ygan
talablar, shuningdek ularni ko'rib chiqish natijalari haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Oraliq tugatish
balansi aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Agar tugatilayotgan jamiyatdagi mavjud pul mablag'lari kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli
bo'lmasa, tugatuvchi jamiyatning mol-mulkini sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda kim
oshdi savdosida sotishni amalga oshiradi.
Tugatilayotgan jamiyat kreditorlariga pul summalarini to'lash qonun hujjatlarida belgilangan navbat
tartibida, tugatuvchi tomonidan oraliq tugatish balansiga muvofiq, u tasdiqlangan kundan e'tiboran amalga
oshiriladi.
Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tugaganidan keyin tugatuvchi tugatish balansini tuzadi, u
aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan tasdiqlanadi
Tugatuvchi ushbu moddada nazarda tutilgan tartib-taomillar oxiriga yetkazilganidan so'ng jamiyatning
qimmatli qog'ozlarini muomaladan chiqarish va jamiyat qimmatli qog'ozlari chiqarilishlarining davlat
ro'yxatidan o'tkazilganligini bekor qilish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda
Do'stlaringiz bilan baham: |