"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
55/62
101-modda. Jamiyatni tugatish
Jamiyatni tugatish uning huquq va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o'tmagan
holda jamiyat faoliyatining to'xtatilishiga olib keladi.
Jamiyat ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda, tugatilayotgan jamiyatning kuzatuv
kengashi aksiyadorlar
umumiy yig'ilishining hukmiga jamiyatni tugatish va tugatuvchini tayinlash to'g'risidagi masalani havola
etadi.
Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig'ilishi tugatish to'g'risida va
tugatuvchini tayinlash
haqida qaror qabul qiladi
Aksiyadorlikdorlik jamiyati sudning qarori bilan tugatilganda tugatuvchini tayinlash qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tugatuvchi tayinlangan paytdan e'tiboran jamiyat ishlarini boshqarish bo'yicha
barcha vakolatlar
tugatuvchiga o'tadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi.
Agar davlat tugatilayotgan jamiyatning aksiyadori bo'lsa, tugatish komissiyasi tayinlanadi va uning
tarkibiga davlat mol-mulkini tasarruf etish vakolati berilgan organ vakili kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: