Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

98-modda. Jamiyatni bo'lish
Jamiyat faoliyatini to'xtatib, uning huquqlari va majburiyatlarini yangi tuzilayotgan jamiyatlarga o'tkazish-
jamiyatni bo'lish deb hisoblanadi.
Bo'lish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi
hukmiga bo'lish tarzida jamiyatni qayta tashkil etish to'g'risidagi, bu qayta tashkil etishning tartibi va
shartlari xususidagi, yangi jamiyatlar tuzish hamda qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyalarini
tuzilayotgan jamiyatlar aksiyalariga va (yoki) boshqa qimmatli qog'ozlariga ayirboshlash tartibi to'g'risidagi
masalalarni havola etadi.
Bo'lish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig'ilishi jamiyatni bo'lish tarzida
qayta tashkil etish to'g'risida, yangi jamiyatlar tuzish hamda qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyalarini
tuzilayotgan jamiyatlarning aksiyalari va (yoki) boshqa qimmatli qog'ozlariga ayirboshlash tartibi to'g'risida


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
54/62
qaror qabul qiladi. Yangi tuzilayotgan har bir jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig'ilishi uning ustavini
tasdiqlash hamda kuzatuv kengashini saylash to'g'risida qaror qabul qiladi.
Jamiyat bo'linganda uning barcha huquqlari va majburiyatlari bo'lish balansiga muvofiq yangi tashkil
etilayotgan ikki yoki bir necha jamiyatga o'tadi.
99-modda. Jamiyatni ajratib chiqarish
Qayta tashkil etilayotgan jamiyatning faoliyatini to'xtatmagan holda, uning huquqlari va majburiyatlarining
bir qismini o'tkazib bir yoki bir nechta jamiyat tuzish jamiyatni ajratib chiqarish deb hisoblanadi.
Ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy
yig'ilishi hukmiga ajratib chiqarish tarzida jamiyatni qayta tashkil etish, ajratib chiqarishni amalga
oshirishning tartibi va shartlari, yangi jamiyatni tuzish, ajralib chiqayotgan jamiyatning aksiya va (yoki)
boshqa qimmatli qog'ozlarini ayirboshlash imkoniyatlari va bunday ayirboshlash tartibi, bo'lish balansini
tasdiqlash to'g'risidagi masalani havola etadi.
Ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig'ilishi jamiyatni
ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etish, ajratib chiqarishning tartibi va shartlari, yangi jamiyatni tuzish,
jamiyatning aksiyalarini ajralib chiqayotgan jamiyatning aksiyalariga va (yoki) boshqa qimmatli
qog'ozlariga ayirboshlash imkoniyatlari va bunday ayirboshlashni o'tkazish tartibi, bo'lish balansini
tasdiqlash haqida qaror qabul qiladi.
Jamiyat tarkibidan bir yoki bir nechta jamiyat ajralib chiqqanda ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil
etilgan jamiyat huquqlari va majburiyatlarining bir qismi bo'lish balansiga muvofiq ularning har biriga
o'tadi.

Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling