Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida
"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
Download 172.44 Kb. Pdf ko'rish
|
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida
"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
46/62 Jamiyat kuzatuv kengashi majlisining bayonnomasi majlisda ishtirok etayotgan jamiyat kuzatuv kengashi a'zolari tomonidan imzolanadi, ular majlisning bayonnomasi to'g'riligi uchun javobgardir. 86-modda. Jamiyatning ijroiya organi Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) yoki kollegial ijroiya organ (boshqaruv, direktsiya) tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bir paytning o'zida ham yakkaboshchilik asosidagi, ham kollegial ijroiya organlari bo'lishi nazarda tutilgan jamiyat ustavida ulardan har birining vakolatlari belgilab qo'yilishi kerak. Bunday hollarda jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) vazifasini bajaruvchi shaxs kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direktsiya) raisi vazifasini ham amalga oshiradi. Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining qaroriga binoan jamiyat ijroiya organining vakolatlari shartnoma bo'yicha tijorat tashkilotiga (boshqaruvchi tashkilotga) yoki yakka tartibdagi tadbirkorga (boshqaruvchiga) berilishi mumkin. Tuziladigan shartnomaning shartlari, basharti ustavda o'zgacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan tayinlanadigan ijroiya organi tarkibiga kirgan shaxsning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, jamiyat kuzatuv kengashi qarori bilan belgilangan shaxs uning vazifalarini jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig'ilishigacha bo'lgan davrda vaqtincha bajarib turishiga yo'l qo'yiladi. Jamiyat ijroiya organining vakolatlariga jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha masalalar kiradi, aksiyadorlar umumiy yig'ilishining mutlaq vakolatlariga yoki kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar bundan mustasno. Jamiyat ijroiya organi aksiyadorlar umumiy yig'ilishi va kuzatuv kengashining qarorlari bajarilishini tashkil etadi. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifoda etadi, jamiyat nomidan bitimlar tuzadi, shtatlarni tasdiqlaydi, jamiyatning barcha xodimlari bajarishi majburiy bo'lgan buyruqlar chiqaradi va ko'rsatmalar beradi. Jamiyat ijroiya organlarini tashkil etish hamda ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, agar jamiyat ustavida ushbu masalalarni hal etish jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilmagan bo'lsa, aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yig'ilishining yoxud jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga binoan jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organini (direktorini), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direktsiyasi) a'zolarini tayinlash tanlov asosida amalga oshirilishi mumkin Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organining (direktorining), kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direktsiyasi) a'zolarining, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchining huquqlari va majburiyatlari ushbu Qonun, boshqa qonun hujjatlari, jamiyat ustavi tomonidan hamda ularning har biri jamiyat bilan bir yil muddatga tuzadigan shartnomada belgilanib, shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish (shartnomani qayta tuzish yoki uni tugatish (bekor qilish) mumkinligi to'g'risida har yili qaror qabul qilinadi. Jamiyat nomidan shartnomani kuzatuv kengashining raisi yoki kuzatuv kengashi vakolat bergan shaxs imzolaydi. Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktori) bilan, kollegial ijroiya organi (boshqaruvi, direktsiyasi) rahbari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuziladigan shartnomada ularning aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha majburiyatlari hamda aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi va kuzatuv kengashi oldida jamiyatning yillik biznes-rejasini bajarish qanday borayotganligi yuzasidan beradigan hisobotlari davriyligi nazarda tutilishi lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling