81-modda. Jamiyatning kuzatuv kengashi
Jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ushbu Qonun bilan aksiyadorlar
umumiy yig'ilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno.
Ovoz beruvchi aksiyalarning egasi bo'lgan aksiyadorlar soni o'ttiz kishidan kam bo'lgan jamiyatda kuzatuv
kengashi vazifasi jamiyat ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi zimmasiga yuklanishi mumkin.
Bunday hollarda aksiyadorlar umumiy yig'ilishini o'tkazish masalasini hal etishga vakolati bo'lgan muayyan
shaxs yoki jamiyat organi jamiyat ustavida o'z aksini topishi kerak.
Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishi qaroriga binoan jamiyat kuzatuv kengashi a'zolariga ular o'z
vazifalarini bajarib turgan davrda badal to'lanishi va (yoki) kuzatuv kengashining a'zosi vazifasini bajarish
bilan bog'liq xarajatlari qoplanishi mumkin. Bunday badal va to'lovlarning miqdori aksiyadorlar umumiy
yig'ilishi qarori bilan belgilab qo'yiladi.
82-modda. Jamiyat kuzatuv
kengashining vakolatlari
Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
jamiyat faoliyatining ustuvor yo'nalishlarini belgilash;
jamiyat aksiyadorlarining yillik va navbatdan tashqari umumiy yig'ilishlarini chaqirish, ushbu Qonun 72-
moddasining o'n birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
aksiyadorlar umumiy yig'ilishining kun tartibini tayyorlash;
aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi o'tkaziladigan sanani belgilash;
aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi o'tkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlari reestrini
shakllantirish sanasini belgilash;
ushbu Qonun 65-moddasi birinchi qismining ikkinchi, o'n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan
masalalarni hal etishni aksiyadorlarning umumiy yig'ilishiga kiritish;
aksiyalarning nominal qiymatini ko'paytirish orqali yoki e'lon qilingan aksiyalarning soni va turlari doirasida
jamiyat tomonidan qo'shimcha aksiyalarni joylashtirish orqali jamiyat ustav fondini ko'paytirish, agar
jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qaroriga binoan kuzatuv kengashiga
Do'stlaringiz bilan baham: |