Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

79-modda. Ovoz berish yakunlari
to'g'risidagi bayonnoma
Sanoq komissiyasi ovoz berish yakunlari bo'yicha bayonnoma tuzadi. Bayonnoma sanoq komissiyasining
a'zolari yoki komissiya vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolanadi.
Ovoz berish yakunlari to'g'risida bayonnoma tuzilganidan va aksiyadorlar umumiy yig'ilishining
bayonnomasi imzolanganidan keyin ovoz berish byulletenlari sanoq komissiyasi tomonidan so'rg'ichlanadi
va saqlab qo'yish uchun jamiyatning arxiviga topshiriladi.
Ovoz berish yakunlari to'g'risidagi bayonnoma aksiyadorlar umumiy yig'ilishi bayonnomasiga qo'shib
qo'yilishi lozim.
Ovoz berish yakunlari aksiyadorlarning ovoz berish o'tkazilgan umumiy yig'ilishida o'qib eshittiriladi yoki
aksiyadorlar umumiy yig'ilishi yopilganidan keyin ovoz berish yakunlari to'g'risidagi hisobotni e'lon qilish
yoki aksiyadorlarga yuborish orqali aksiyadorlarning e'tiboriga yetkaziladi.
80-modda. Aksiyadorlikdorlar umumiy
yig'ilishining bayonnomasi
Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining bayonnomasi aksiyadorlar umumiy yig'ilishi yopilganidan keyin
kechi bilan 15 kun ichida ikki nusxada tuziladi. Har ikkala nusxa ham umumiy yig'ilishda raislik qiluvchi va
umumiy yig'ilish kotibi tomonidan imzolanadi.
Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining bayonnomasida:
aksiyadorlar umumiy yig'ilishi o'tkazilgan joy va vaqt;


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
42/62
jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalariga ega bo'lgan aksiyadorlar ovozlarining umumiy soni;
yig'ilishda ishtirok etgan aksiyadorlar ega bo'lgan ovozlar soni;
yig'ilishning raisi (rayosati) va kotibi, yig'ilishning kun tartibi ko'rsatiladi.
Aksiyadorlikdorlar umumiy yig'ilishining bayonnomasida nutqlarning asosiy mazmuni, ovozga qo'yilgan
masalalar hamda ular yuzasidan o'tkazilgan ovoz berish natijalari, yig'ilish qabul qilgan qarorlar aks
ettirilishi lozim.

Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling