Xonandalik ovozlarining maqomotda tutgan o’rni va ahamiyati
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
xonandalik-ovozlarining-maqomotda-tutgan-o-rni-va-ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
XONANDALIK OVOZLARINING MAQOMOTDA TUTGAN O’RNI VA AHAMIYATI Abdullayev Lochin Tolipovich Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI Annotatsiya: Xalqimizning musiqa boyliklari juda ham ko‘p qirrali, sermazmun va rang-barangdir. Ohangdor ajoyib kuylarimiz kishiga quvonch, xursandlik bag‘ishlaydi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonamizda milliy kuy qo’shiqlarimiz bilan bir qatorda ulug’vor maqomlarimiz ham takomillashib serjilo bo’lib bormoqda. Ushbu maqolada maqomot tzimida xonandalik ovozlari va ijro maktablarining o’ziga xosliklarini yoritishga harakat qildik. Kalit so’zlar: Shashmaqom, an’anaviy xonandalik. rost, navo, Al-Farobiy, pang ovoz, nor ovoz, jarangdor ovoz, jarangdor kuvrak ovoz, Rasul qori Mamadaliyev, Komiljon Hamroqulov, kuyuk tik ovoz, xasta ishkami ovoz THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF SINGING VOICES IN THE AUTHORITY Abdullayev Lochin Tolipovich UzINMA named after Yunus Rajabi Abstract: The musical wealth of our people is very diverse, rich and colorful. Our wonderful melodies bring joy and happiness. In today's fast-paced world, along with our national anthems, our glorious status is also improving. In this article, we have tried to highlight the peculiarities of singing voices and performance schools in the system of authorities. Keywords: Shashmaqom, traditional singing. true, navo, Al-Farabi, pang voice, nor voice, resonant voice, resounding voice, Rasul qori Mamadaliyev, Komiljon Hamrokulov, hot standing voice, sick ishkami voice O’zbek milliy musiqa san’ati juda qadimiy tarixga ega. Buni milliy asarlarimizning, cholg’u sozlarimiz va kuylarimizning mukammalligidan bilishimiz mumkin. Musiqa san‘ati ijrochiligida an‘anaviy xonandalik boshqa yo’nalishlarga nisbatan keng qamrovli, yetakchilik xususiyatiga ega yo’nalishdir. Musiqaning mukammalligi, sehri, zabardastligi hamda ifodaviyligi xonanda talqinida to’laqonli ifodalanishi muqarrar. Shu bilan birga inson ovozi jamiki sozlarning asosidir. Tarixda nimaiki yaratilgan bo’lsa, kashf etilgan bo’lsa, musiqiy cholg’ular namunasida bo’lsa, unga, albatta, inson ovozi ibrat bo’lgan. Shu bois, inson ovozining imkoniyatlari, sir-u "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022 ISSN 2181-063X 358 http://oac.dsmi-qf.uz sinoatlari, turli mezonlariyu behisob jozibalari bashariyatni hayratga soladi. Bu asrorlarni idroklash uchun kashfiyotlar, turli urinishlar, ilmiy va ommabop tadqiqotlar olib borilgan. Bu jarayon zamonamizda ham o’z oqimida davom etib, turli yo’nalishlarda izlanishlar olib borilayotganligi quvonarlidir. “O’zbek musiqasida an‘anaviy xonandalik sohasining bir qator turlari mavjud. Ular milliy an‘anaviy ijro uslublaridan toki vokal ijrochiligi andozalaridagi eng mumtoz talqinlar bilan xarakterlanadi. Chunonchi, bunday ijro uslublarining butun bir tarkibiy tizimi hamda an‘analarini o’zida mujassam etganki, har biri o’z o’rnida ahamiyatli va muhimdir. Asosiy mezon esa sof ovoz, jozibali, mukammal talqin, keng diapazon, shunga xos ko’lam va mahoratda o’z ifodasini topadi. Bunga erishish uchun esa saboq, ilm, bilim, sabot hamda uquv lozimdir. Qo’shiq insonning doimiy hamrohi, ovunchog’i va madadQoridir. Qo’shiq va musiqaning betimsol ruhiy quvvati odamzodni hayotga va ezgulikka chorlab kelgan. Soz chalinganda inson tanasidagi jon junbushga kelgani, goh qo’l, goh oyoq, goh tana harakatlarida yo’z, ko’z ifodasida va ayniqsa ovozda o’z aksini topadi. Bundan xulosa shuki, odamzod ma‘lum bir e‘tiqodni, muqaddas g’oyalarni o’ziga, o’zgalarga qudratli so’z, go’zal ohang orqali singdirgan va undan ta‘sirlangan. Xalq orasida: ―Alloh tomonidan xushsado, go’zal ovoz ato etilgan kishi yarim podshohdur!, degan hikmat bor. Ovozlar insonning jismoniy to’zilishiga ham bog’liq. Masalan, og’zi nisbatan katta, tanglayi keng, burni o’zun bo’lgan xonandalar ovozi o’ta jarangdor, rang-barang tembrli yuQori pardalarga bemalol ovozi qiynalmay chiqib tushadigandek qobiliyatga ega bo’ladi. Bundan tashqari, bo’y o’zunligi, o’pkaning kengligi ham yetuk ovoz sohibi bo’lishda katta ahamiyatga ega”.[1] Xonandalar uchun tabiiy iqlim sharoiti va ularning jismoniy to’zilishi ham katta ta‘sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham xonandalar boshqa mamlakatlarda gastrol- konsert safarlarida bo’lsalar, ba‘zi holatlarda ovoz yurmasligi va hatto bo’g’ilib qolishi holatlari ham uchrab turadi. Lekin ba‘zida shunday bo’ladiki, boshqa o’lkalarda ovozi ochilib ketishi, hattoki o’z vatanida ham ovozi bunchalik jaranglamaganligi ko’zatiladi. Bunday ijrolar, albatta, xonandaning kayfiyati, yaxshi hordiq chiqarganligi, toza, sof havodan nafas olishi, hatto qanday taom tanavvul qilishiga ham bog’liqdir. Xonanda kayfiyatining tushishi ham ijro uchun salbiy ta‘sir ko’rsatadi. Sahna ortida ijroga tayyorgarlik ko’rayotgan xonandaning kayfiyati ko’tarinki bo’lishi shart. Chunki ijro qanday kayfiyatda bo’lsa bu eshituvchining kayfiyatiga ham katta ta‘sir ko’rsatadi. An’anaviy xonandalik bir qator o’zluksiz rivojlanib boruvchi omillarga tayanadi: kuy, she’r matnini puxta o‘rganish, ijro maqsadini imkon qadar to‘la ochib berish, ovoz yo‘nalishidagi omomentik qoidalarni aniq ifodalash ana shunday omillardandir. Milliy musiqiy bezaklar, ovozning o‘zbekona tuslanishi va sadolanishini ta’minlash, ijro jarayonini to‘laligicha va alohida-alohida holda uni o‘rab turgan ijroviy-ijodiy, ilmiy- "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022 ISSN 2181-063X 359 http://oac.dsmi-qf.uz nazariy tomonlarini qiyosiy o‘rganish san’atkorlar oldida turgan asosiy vazifalardan biri. Ijroni qiyosiy o'rganish, tahlil qilish, mohiyatini anglashda innovatsion vositalar, xususan ovozli yozuvlar va albatta ustozona jonli ijrolardan foydalanish talab etiladi. Ustozlar orasida ashulachilikda zarur bo‘lgan tabiiylik va halollik xususiyatlari alohida e’tirof etilgan. O‘z davrida ular katta izdihomlarda ashula aytishdan, undan oldin ikki rakat namoz o‘qishgan. Ruhan va jismonan poklanganlar. O'zbekiston xalq hofizi, marhum Quvondiq Iskandarov “Ashulachining tomog‘i, o‘pkasi, oshqozoni toza bo‘lishi kerak”, - der edilar. Demak, bo‘lg‘usi xonandalarni parhezkorlikka, luqmai haromdan yiroq yurishga o‘rgatib borish kerak. Bo‘lajak hofizlarning xotirasini rivojlantirishda mumtoz shoirlarning sara baytlarini yod olishga ustozlar alohida e’tibor qaratishgan. O‘zbekiston xalq artisti marhum, Hojixon Boltayev “Ashulachi kamida ming, bir yarim ming bayt bilishi kerak” degan iborani ko‘p takrorlar edi. “Ma’lumki, G‘arb musiqasidagi tovushlarning nomi ma’lum bir ilohiy so‘zlarning ilk bo‘g‘inlaridan olingan, shu ma’noda biz ham tilimizda mavjud maqom atamalarining tovush birikmalaridan foydalansak yomon bo‘lmas edi. Buni men quyidagicha tasavvur qilaman. “Ro” - Rost maqomining birinchi ikki harfi. Rost - haq, to‘g‘rilik demakdir. “Mu” - Muhayyar so‘zining birinchi bo‘g‘ini, muhayyar - hayratlanmoq. “Na” - Navo so‘zining birinchi bo‘g‘ini, Navo - uchinchi maqomning nomi. “Cho” - Chorgoh so'zining birinchi ikki tovushi, Chorgoh - Toshkent-Farg‘ona maqom yo‘llarini to‘rtinchisi, Xorazm vu Buxoro maqomlarining sho‘balaridan biri. “Se” - Segoh so’zining birinchi bo‘gini, Segoh - maqomlardan birining nomi. "Xo” Xoro so’zining birinchi bo'g‘ini. Segoh maqomi sho'balaridan birinlng nomi. “ la” - Tarona, maqomlar taronalari”[2]... Al-Farobiyning fikrlarini ta’kidlab o‘tmoqchimiz: “Musiqada ikki xil ovoz bor. Biri tabiiy ovoz bo‘lib, u insonning xalqumidan taraladigan ovozidir. Uning tabiiyligi shundaki, hech bir inson ovozi boshqasinikiga o'xshamaydi, ya'ni dunyoda nechta odam bo‘lsa shuncha bir-biriga o'xshamaydigan ovozlar bor. Qolaversa, o‘zgarish, rivojlanish va so‘nish hususiyatiga ega. Ikkinchi xil ovoz bu musiqiy cholg‘ularning tovushidir. Ularning sun’iyligi shundaki, barchasi odam ovoziga taqlid qiladi. Bundan tashqari bir-biriga o‘xshaydi, masalan: tanbur-tanburga, surnay-surnayga, skripka- skripkaga. Ularning ovozlari odam ovozidan farqli o’laroq o‘zgarmaydi hamda umri o’zoq bo’ladi”. Inson qo‘li bilan yasalgan cholg'udan ko‘ra inson ovoz san’ati mohiyatan birlamchi hisoblanadi. Ya’ni mavjud narsa birlamchi, yasalgan jism esa ikkilamchi va sun’idir. Shunga ko‘ra ovoz tabiiy musiqiy soz bo’lganligi va boshqa inson qo’li bilan yasalgan sozlar unga taqlid etuvchi sifatida yaratilganligi aytib o‘tilgan. Bundan tashqari ovoz melizmlari haqida ham to’xtalib o’tish lozim. Melizm (Yunoncha qo'shiq, kuy) kuyning tempi va ritmik naqshini o'zgartirmaydigan tovushning turli ohangdor bezaklaridir. Ular notada maxsus belgilar yoki kichik nolalar "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022 ISSN 2181-063X 360 http://oac.dsmi-qf.uz bilan ko'rsatiladi.'''’ Melizm - nola qochirim ma’nolari bilan bir qatorda har bir joyning o'ziga xos ovoz tembri ham ko’zda tutiladi. Maqomot tizimidagi xonandalik amaliyotida melizmlar juda kata ahamiyatga ega bo’lib, o’ziga xos qonuniyatlarga ega. So‘z ustasi Yusufjon qiziq Shakarjonov: “O'zbek san'atini bir daraxt desak. uning ildizi Xorazmda tanasi Buxoro, Samarqandda, shoxlari vodiyda va Toshkentga kelib gullaydi”, degan ekan. Buxorolik san'atkorlar ovozi salobat hamda vazminlikda Xorazmlik xonandalardan hech ham qolishmaydi. Ularning o'ziga yarasha pastki pardalarda mung bilan birga jozibadorlik hususiyallari sezilib turadi. Buxoroning Olot, Qorako‘1 tumanlari xonandalari ovozlarida Xorazm vohasiga mansub jihatlari ham seziladi. Samarqand maktablari esa farqli o’laroq nolalar, qochirimlar ustivorligi bilan ajralib turadi, yuqori pardalarda ovozlarining to’liqligi bilan o’zgachadir. Vodiy maktablari o’zicha bir olam deb aytishimiz mumkin. Bu yerdagi dardli, mungli ohanglar hech bir vohada uchramaydi. Vodiydagi ovozlar huddi o’zidan shikoyat qilayotgandek boy hissiyotga ega. Ijro paytida xonanda ekstaz xolatiga tushib, tinglovchilarni mast qilib qo’yish kuchiga ega. Shuning uchun ularda “Fig’on”, “Girya”, “Munojot” kabi dardli asarlar mavjud. Hatto sho’x o’ynoqi ashulalarni ham qanfaydir g’amginlik va o’ziga xos mung bilan ijro qilishadi. Bu asarlarni albatta anashunday ijro etmasa bo’lmaydi. Toshkentda ham ijrochilik maktablari juda ko’p bo’lib, ularni alohida maktablar sifatida e’tirof etish lozim. Qolaversa, bu maktablar ovozidagi dardu-hasrat ularning ovoz xususiyatlarida asosiy o’rinni egallaydi. Toshkentlik xonandalar ovozlariga emas balki so’zni chiroyli talaffo’z qilishga intiladilar. Ijro dasturida asosan nasihatomus ashulalar o’rin egallagan. Xonandalikda ovozning tusi, jarangdorligi, kuchi, ko’lami, shiradorligi, uni ishlatish imkonlari va boshqa sifatlari tabiatan xilma- xil bo’lishi hisobga olinishi shart. Burungi davr ayrim savodxon musiqachilar tomonidan ovozlarni taʼriflash, bir-biridan farqlash, kasbiy jihatdan baholash uchun qator maxsus atama va iboralardan foydalanilgan. Demak, talaygina aniq tushunchalar og’zaki bo’lsa-da, muttasil ilmiy- amaliy muomalada bo’lgan. Ammo respublikamizda joriy etilgan maxsus musiqa o’quv tizimida avvalgi tajriba deyarli qo’llanilmadi. Yaʼni, akademik xonandalik ovozlari umumovropacha aniq nomlangan taqdirda, o’zbek milliy ashulachiligining tafsilotlari ko’pchilikka mavhumligicha qolaverdi. Oqibatda anʼanaviy yo’nalishdagi eski ustoz-shogirdlik «maktablarining yutuqlari aksariyat hollarda kishilarning xotirasidan ham chiqayozdi. O’zbek milliy xonandaligining Fargona-Toshkent udumlarini nazarda tutar ekanmiz, avvalo ashulachilar ovozining sifat darajasi hamda ovoz ishlatish yo’llarini hisobga olgan holda ular bir necha toifalarga ajratiladi. Asosiylari quyidagi nomlarda yuritilgan: “Nor ovoz” "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022 ISSN 2181-063X 361 http://oac.dsmi-qf.uz “Tik ovoz” (yoki “jarangdor ovoz”) “Jarangdor kuvrak ovoz” “Kuyuk tik ovoz” (yoki “jarangsiz ovoz”) “Bo’zak ovoz” (yoki “moda ovoz”) “Pang ovoz” “Ishkami ovoz” “Nor ovoz” (maʼnosi “tuya ovoz”) tovushlar kulamining kengligi, salobatli kuchga eqaligi bilan taʼriflanadi, Bunday toifadagi ovozning pastu baland oralig’i katta bo’lishiga qaramay, ayni paytda ovoz sifati yumshoq, mayin hamda egiluvchandir. Odatda bunday ovoz sohibining tepa pardalari o’ta baland darajada bo’lmaydi. Tasavvur etishga qulay bo’lishi uchun amaldagi nota yozuvi yordamida belgilanadigan bo’lsa, bunda uning kenglik ko’lami, yaʼni diapazoni birinchi oktava “do” tovushidan qariyb uchinchi oktavadagi “do” tovushigacha yetadi. Undan yuqoriroq tovushlarini “nor ovoz”li xonanda olishi qiyin. Yorqin “nor ovoz” sohiblaridan, misol tariqasida, avval tilga olingan Umrzoq Polvon Saydali qatorida mashhur o’zbek hofizlaridan Ortiqxo’ja Imomxo’jayev, Abdulla Taroq Fayzullayev, Jumavoy Polvon, Sayidxon To’ram (Andijon) kabilarni eslab o’tishimiz mumkin. «Nor ovoz” og’iz bo’shlig’ida, yaʼni tanglay tomonda “urib” chiqarilishi bilan ham yoqimlidir. Bu sifat ovozda xalq va bastakorlik ashulalari, yallalar, katta ashulalar, shuningdek, maqom ashula yo’llari chiroyli va taʼsirchan ijro etiladi. Katta ashula aytilishida esa, odat bo’yicha, yaʼni ikki yoki uch ishtirokchi hamnafasligida ijro etilgan taqdirda, aynan “nor ovoz”li xonanda ashulani boshlab beradi, so’ngra qolganlar navbatma-navbat keyingi bayonlarda qo’shilishib, so’ngra birga tushirishadi. “Tik”, yoki “jarangdor ovoz” ko’proq Farg’ona vodiysi Toshkent mahalliy uslubiga xos bo’lib, u har-xil ashulalarni, ayniqsa katta ashulalarni ijro etishda alohida o’rin egallaydi. Chunki ilgarigi vaqtlarda tom maʼnoda “tik ovoz”i bo’lmagan ashulachilar umuman ashulachi hisoblanmas edi. Maʼlumki, ayrim musiqachilar dutor yoki tanburda o’z jo’rligida ham ashulalar ijro etardilar. Ular ham sozanda, ham xonanda bo’lib, tik ovozlari bilan avjda uchinchi oktava “re”-“mi” tovushlarini bemalol olardilar. Bunga misol bula oladigan zabardast hofizlardan Berkinboy Fayziyev, Komiljon Qurbonov, Turg’un novcha, Mulla Kenja Xoliqov, Mirzaolim, Abdurayim Qori (Xonobod), Musajon aka (Shahrixon), Foziljon va Ikromiddin, Mamadbuva Sattorovlar ham ana shular safidagi ashulachilardir. Bular ham maqom yo’llari, ham katta ashulalarni meʼyoriga yetkazib ijro etgan xonandalardan. «JARANGDOR KUVRAK OVOZ” Bunday ovozlar o’zbek xonandalari orasida ko’plab uchraydi. Kuvrak ovoz past pardalarda ham, yuqori pardalarda ham o’zining jarangdor sifatlarini yo’qotmaydi. Uning tabiati shundaki, jarangdorligi va tiniqligi tufayli xatto jo’rovozlikda ham ajralib eshitilaveradi. Avj pardalari yuqori, jumladan "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022 ISSN 2181-063X 362 http://oac.dsmi-qf.uz uchinchi oktava “do” tovushiga qadar yetadi. Shuningdek, quyi pardalarda ham bunday ovoz aniq va ravon eshitiladi. Taraladigan tovushlarda ko’proq o’ynoqi, bezaklarga boy pardalar ko’pligini kuzatish mumkin. Misol qilib Maʼmurjon Uzoqov, Akbar Xaydarov, Rasul Qori Mamadaliyev, Komiljon Xamroqulov, Zokirjon To’rayevlarni aytish mumkin. “KUYUK TIK OVOZ” lar ko’proq katta ashulachilarga xos bo’lib, ular ashulaning eng yuqori pardalarini zabt eta oladilar. Aslida bunday ovoz jarangsizroq eshitiladi. U ashulaning eng pastki tuzilmalarida aniq eshtilib-eshitilmay tursada, o’rta pardalaridan boshlab yaqqol ajralib yangraydi. To’g’risini aytganda, pastki pardalar kamrok bo’ladi. Ashula rivoji hisobiga ularning avj pardalari juda baland bo’lib, toki uchinchi oktavaning “mi”, “fa”, xatto “fa dyez” pardalarigacha yetib boradi. Bunday ovoz sohiblaridan atoqli hofiz va bastakor Jo’raxon Sultonov, shuningdek, Abbos qori, Xaydarali Hikmatov, Xudoyberdi Qori, Nabijon Saidnazarov (Chinobod), Muyiddinxoji Alixujayev, Mannon Qori (Andijon), Mamatxo’ja Eshon, Nazir Polvon (Andijon) va boisha qator ashulachilarimiz yorqin misol bo’la oladi. «XASTA ISHKAMI OVOZ” egalari ham xonandalar orasida ko’p uchrab turadi. Bunday ovoz yordamida uncha yuqori pardalarni zabt etib bo’lmasa-da, u o’zining taʼsirchanligi bilan tavsiflanadi. Uning eshitilishi go’yo o’zidan shikoyat qilayotgandek, xol-ahvolidan sa’mimiy dil izhoridek tuyulib, kishiga o’zgacha taʼsir qiladi va huzur bag’ishlaydi. Ammo shuni taʼkidlash joizki, “Xasta ishkami ovozning pastki qismlarda ham, yuqori pardalarda ham jarangdorligi nisbatan kamroq bo’ladi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak maqomot tizimida xonandalik ovozlarining ko’p qismidan unumli foydalanish mumkin. Ularning ijro imkoniyatlari orqali maqomotda o’ziga xos go’zal o’zbekona melizmlarni ishlatish, bu orqali esa o’zbek mumtoz maqom ijrochiligining yanada rivojlanishiga tom ma’noda o’z hissalarini qo’shish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar 1. “An’anaviy xonandalik”.,Abduraim Tursunov.,Termiz – 2019; 2. “Yakkaxon qo’shiqchilik”., O'lmas Rasulov., Toshkent-2017; 3. “Milliy musiqa ijrochiligi masalalari”., Fattohxon Mamadaliyev., Toshkent- 2001; 4. “An’anaviy xonandalikda o’qitish uslubiyoti”., Sh.Matyoqubov., Toshkent- 2015; 5. “An’anaviy xonandalik asoslari”., Sh.Matyoqubov., Toshkent 2022. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022 ISSN 2181-063X 363 http://oac.dsmi-qf.uz Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling