Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

77-modda. Ovoz berish byulleteni
Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishida kun tartibi masalalari bo'yicha ovoz berish ovoz berish
byulletenlari orqali amalga oshiriladi.
Ovoz berish byulletenlarining shakli va matni jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Ovoz
berish byulleteni umumiy yig'ilishda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tgan aksiyadorga (uning vakiliga)
beriladi.
Ovoz berish byulletenida: jamiyatning to'liq firma nomi, aksiyadorlar umumiy yig'ilishini o'tkazish sanasi va
vaqti, ovoz berishga qo'yilgan har bir masalaning ta'rifi va uni qarab chiqish navbati, ovoz berishga
qo'yilgan har bir masala bo'yicha "yoqlayman", "qarshiman" yoki "betarafman" degan mazmundagi so'zlar
bilan ifodalangan ovoz berish variantlari, ovoz berish byulleteni aksiyador tomonidan imzolanishi lozimligi
to'g'risidagi ko'rsatma aks ettirilgan bo'lishi lozim.
Jamiyatning kuzatuv kengashi yoki taftish komissiyasi a'zosini (taftishchisini) saylash to'g'risidagi masala


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
41/62
yuzasidan ovoz berish o'tkazilgan taqdirda, ovoz berish byulletenida nomzod to'g'risidagi ma'lumot aks
ettirilgan bo'lib, uning familiyasi, ismi, otasining ismi ko'rsatilishi lozim.
78-modda. Ovoz berish byulletenlari yordamida
ovoz berilganida ovozlarni sanab chiqish
Ovoz berish byulletenlari yordamida ovoz berilganida ovoz beruvchi qaysi masala bo'yicha ehtimol tutilgan
ovoz berish variantlaridan faqat bittasini qoldirgan bo'lsa, o'sha masala bo'yicha berilgan ovozlar hisobga
olinadi. Yuqoridagi talabni buzgan holda to'ldirilgan ovoz berish byulletenlari haqiqiy emas deb topiladi va
ulardagi masalalar bo'yicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
Agar ovoz berish byulletenida ovozga qo'yilgan bir necha masala aks ettirilgan bo'lsa, bir yoki bir necha
masalaga nisbatan yuqorida ko'rsatilgan talabga rioya etilmaganligi byulletenning umuman haqiqiy emas
deb hisoblanishiga sabab bo'lmaydi.

Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling