Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
37/62
beruvchi aksiyalarining egasi bo'lmasa;
ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan ma'lumotlar to'liq bo'lmasa;
takliflar ushbu Qonunning yoki boshqa qonun hujjatlarining talablariga muvofiq bo'lmasa.
Jamiyat kuzatuv kengashining masalani aksiyadorlar umumiy yig'ilishining kun tartibiga yoki nomzodni
jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov yuzasidan ovoz berish uchun
nomzodlar ro'yxatiga kiritishni rad etish to'g'risidagi dalil-isbotli qarori ana shu masalani kiritgan yoki taklif
taqdim etgan aksiyadorga (aksiyadorlarga) qaror qabul qilingan kundan e'tiboran uzog'i bilan uch kun
ichida yuboriladi.
Jamiyat kuzatuv kengashining masalani aksiyadorlar umumiy yig'ilishining kun tartibiga yoki nomzodni
jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov yuzasidan ovoz berish uchun
nomzodlar ro'yxatiga kiritishni rad etish to'g'risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
71-modda. Aksiyadorlikdorlarning umumiy
yig'ilishini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish
Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rilayotganda jamiyat kuzatuv
kengashi, ushbu Qonun 72-moddasining o'n ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda esa umumiy
yig'ilishni chaqiruvchi shaxslar quyidagilarni belgilaydi:
umumiy yig'ilish o'tkaziladigan sana, vaqt va joyni;
umumiy yig'ilishning kun tartibini;
umumiy yig'ilish o'tkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlari reestri tuziladigan sanani;
umumiy yig'ilishni o'tkazish uchun jamiyat aksiyadorlari reestri tuziladigan sanani;
umumiy yig'ilish o'tkazilishi haqida aksiyadorlarga va davlat vakiliga xabar qilish tartibini;
umumiy yig'ilishni o'tkazishga tayyorgarlik ko'rilayotganda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim
etiladigan axborot (materiallar) ro'yxatini;
ovoz berish byulletenining shakli va matnini.
Aniq masala qo'yilishini aks ettirmaydigan ta'riflarning (shu jumladan, "turli masalalar", "boshqa
masalalar", "o'zga masalalar" va hokazolarning) aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi kun tartibiga kiritilishiga
yo'l qo'yilmaydi.
Aksiyadorlikdorlarning umumiy yig'ilishi o'tkaziladigan sana uni o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilingan
kundan e'tiboran 30 kundan kam va 45 kundan ko'p belgilanishi mumkin emas.

Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling