Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


-modda. Aksiyadorlikdorlarning navbatdan


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

72-modda. Aksiyadorlikdorlarning navbatdan
tashqari umumiy yig'ilishi
Aksiyadorlikdorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi jamiyat kuzatuv kengashining qarori bilan
uning o'z tashabbusiga binoan, jamiyat taftish komissiyasi talabiga ko'ra, shuningdek talab taqdim etilgan
sanada jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida o'n foiziga ega bo'lgan aksiyadorning
(aksiyadorlarning) talabi bilan o'tkaziladi.


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
38/62
Jamiyat taftish komissiyasining yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida o'n foiziga ega bo'lgan
aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga binoan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini
chaqirishni jamiyat kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini o'tkazish
haqidagi talab taqdim etilgan paytdan e'tiboran uzog'i bilan 45 kun ichida amalga oshiradi.
Aksiyadorlikdorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini o'tkazish to'g'risidagi talabda yig'ilish kun
tartibiga kiritilishi kerak bo'lgan masalalar ularni kiritish sababini ko'rsatgan holda ta'riflab berilmog'i lozim.
Jamiyat kuzatuv kengashi jamiyat taftish komissiyasining yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida
o'n foiziga ega bo'lgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga binoan chaqiriladigan aksiyadorlarning
navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi kun tartibidagi masalalarning ta'rifiga o'zgartishlar kiritishga haqli
emas.
Aksiyadorlikdorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini chaqirish talabi aksiyadordan
(aksiyadorlardan) chiqqan taqdirda bu talabda umumiy yig'ilishni chaqirishni talab qilayotgan
aksiyadorning (aksiyadorlarning) ismi (nomi), unga tegishli aksiyalarning soni va turi ko'rsatilgan bo'lishi
lozim.
Aksiyadorlikdorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini chaqirish talabnomasi aksiyadorlarning
navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini chaqirishni talab qilgan shaxs (shaxslar) tomonidan imzolanadi.
Jamiyat taftish komissiyasi yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida o'n foiziga ega bo'lgan
aksiyador (aksiyadorlar) navbatdan tashqari umumiy yig'ilishni chaqirish to'g'risida talabnoma taqdim
etgan sanadan boshlab 10 kun ichida jamiyat kuzatuv kengashi aksiyadorlarning navbatdan tashqari
umumiy yig'ilishini chaqirish to'g'risida yoki yig'ilishni chaqirishni rad etish haqida qaror qabul qilishi lozim
Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchining) yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida o'n foiziga
ega bo'lgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga binoan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy
yig'ilishini chaqirishni rad etish to'g'risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin, basharti:
aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini chaqirishni talab qilayotgan aksiyador
(aksiyadorlar) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdordagi jamiyat ovoz beruvchi
aksiyalarining egasi bo'lmasa;
jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan
masalalardan birontasi ham uning vakolatlariga kirmasa;
kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masala ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlarining talablariga
muvofiq bo'lmasa.
Jamiyat kuzatuv kengashining aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini chaqirish
to'g'risidagi qarori yoki bunday yig'ilishni chaqirishni rad etish haqidagi dalil-isbotli qarori qabul qilingan
paytdan e'tiboran uzog'i bilan uch kun ichida yig'ilish chaqirishni talab qilgan shaxslarga yuboriladi.
Jamiyat kuzatuv kengashining aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini chaqirishni rad etish
to'g'risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Jamiyat kuzatuv kengashi ushbu Qonunda belgilangan muddat ichida aksiyadorlarning navbatdan tashqari
umumiy yig'ilishini chaqirish to'g'risida qaror qabul qilmagan bo'lsa yoki uni chaqirishni rad etish haqida
qaror qabul qilgan bo'lsa, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi uni chaqirishni talab
qilgan shaxslar tomonidan chaqirilishi mumkin.
Bunday hollarda aksiyadorlarning umumiy yig'ilishini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish bilan bog'liq xarajatlar
aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qaroriga binoan jamiyatning mablag'lari hisobidan qoplanishi mumkin.



Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling