Keyns ta’limoti va keynschilik


Download 9.5 Kb.
bet1/4
Sana02.12.2023
Hajmi9.5 Kb.
#1780654
  1   2   3   4
Bog'liq
Экономический рост-fayllar.org


Экономический рост

Keyns ta’limoti va keynschilik

1. J.M.Keynsning iqtisodiy ta’limoti 2. Samarali talab 3. Insonning psixologik moyilligi 4. Jamg’armalarning investitsiyalarga aylanishi muammosi va investitsiyalarga ta’sir etuvchi boshqa omillar 5. Multiplikator 6. Likvidlik ustunligi, pul massasi va foiz stavkasi nazariyalari 7. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning chora-tadbirlari 8. Yangi keynschilik


  • Jon Meynard Keyns

  • (1883-1946 y.)


  • «Ehtimollar to‘g‘risida traktat» (1923),

  • «Erkin tadbirkorlikning tugatilishi»(1926),

  • «Pul to‘g‘risida traktat»(1930),

  • «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi»(1936)

Birinchi Jahon urushi davrida va urushdan keyingi yillarda u pul muomalasi muammosiga alohida e’tiborni qaratdi va oltin standartni tartiblanadigan valyuta bilan almashtirish g’oyasini ilgari surdi. Bunday tadbirning amalga oshirilishi davlatning makroiqtisodiy jarayonga ta’sir ko’rsatish dastagiga ega bo’lish imkonini beradi. J.M.Keyns pul birligini mustahkamlashning ashaddiy tarafdori bo’lgan.

Buyuk turg’unlik va iqtisodiyot fanining rivojlanishi. Sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni larzaga solgan 1929–1933 yillardagi buyuk turg’unlik davri iqtisodiyot fanining rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. 1929 yildan 1933 yilgacha AQShda ishsizlik darajasi 3 foizdan 25 foizgacha oshdi. 1941 yilga qadar u 14,3 foizdan (1937 yil) pastga tushmadi. 1937–1938 yillarda yangi iqtisodiy pasayish kuzatildi va u II Jahon urushiga kelib to’xtatildi. Faqat 1942 yili ishsizlik darajasi 5 foizdan pastga tushdi. Bunday holatni dunyo hali ko’rgan emas.


  • J.Keynsning asosiy asari

  • «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi»

  • Undagi bosh g‘oyalar

  • bozor iqtisodiyoti munosabatlari takomillashgan va o‘zini o‘zi tartiblab turuvchi tizim hisoblanmaydi;

  • faqat davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ish bilan bandlikni eng yuqori darajada oshirishi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashi mumkin;

  • davlatning roli, eng avvalo, shundan iboratki, u krizis davrida yalpi talabni oshirishi va shu bilan ishlab chiqarishni va investitsiyani faollashtirishi, ishsizlikni esa kamaytirishi lozim.

Download 9.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling