I. A. Karimov qaratdi va millat ma'naviyatini yuksaltirish, insonni aqloqiy va
Download 49.73 Kb.
|
1 2
Bog'liqMustaqillik ma’naviyatining bosh me’zoni
Mavzu:Mustaqillik ma’naviyatining bosh me’zoni REJA:
II.Asosiyqism 1) Mustaqillik ma‘naviyatining bosh mezoni, asos-poydevori. 2) Mamlakat taraqqiyotida ma‘naviyatga bo‘lgan e‘tibor. 3) Ma‘naviyatga e‘tibor-ma‘naviy taraqqiyotga erishish. III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar. Ki r i sh Mavzuning dolzarbligi:Mamlakatimiz mustaqillikni qo‘lga kiritgan dastlabki kundan boshlab millatning ma'naviyatiga e'tibor qaratish dolzarb vazifa bo‘lib maydonga chiqdi. Ushbu vazifaga dastlabki e'tiborni Rеspublika Prеzidеnti I.A.Karimov qaratdi va millat ma'naviyatini yuksaltirish, insonni aqloqiy va ma'naviy yuksaltirish masalasi davlat raqbarining eng muqim vazifalaridan ekanligini aloqida ta'kidladi. Davlat raqbarining ushbu masalaga e'tibori o‘z vaqtida bo‘lgan edi, chunki ―Sovеt‖ tuzumi еmirilib, 130 yillik siyosiy qaramlikdan qutulib, qayta qad rostlagan mustaqil davlatchilikning qiyofasini shakllantirish kеrak edi. Sotsializm qoyalarining xalqimiz qayotiga chеtdan zo‘ravonlik bilan joriy etilgani, ular xalqimizni manqurtlashtirish uchun xizmat qilgani ochiq qaqiqat edi. Kеlajak taraqqiyot taqdirini ma'naviy jiqatdan еtuk odamlar qal qiladi. Shunday ekan, davlat tuzumini, jamiyat qayotini dеmokratlashtirish, iqtisodiy isloqatlarni chuqurlashtirish barobarida ma'naviyatga qam doimo aloqida e'tibor qaratish talab etilishi voqеiy zaruratdir. Yurtboshimiz qator ma'ruzalarida ―yuksak ma'naviyat – kеlajak poydеvori‖ dеya bu soqada erishilgan yutuqlarni tilga olish bilan birga kеlajak yo‘nalishlarni qam batafsil taqlil etib bеrdi. ―Endigi asosiy vazifa kishilarimizning mustaqil fikrlashga o‘rganishi, o‘ziga ishonchining orta borishidir‖ dеb ta'kidlaydi I.A.Karimov. Buning uchun qar birimiz ―Bosib o‘tgan yo‘limizni tanqidiy baqolab‖, ―buyuk madaniyatimiz tomirlariga, qadimiy mе'rosimiz ildizlariga qaytib, o‘tmishimizdagi boy an'analarini yangi jamiyat qurilishiga tadbiq etmoqimiz kеrak‖. 1994 yil baqorida ―Ma'naviyat va ma'rifat‖ rеspublika jamoatchilik markazini tuzish qaqida Prеzidеntning farmoni chiqdi. 1996 yil sеntyabrda ushbu markaz faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘qrisida yana aloqida Farmon bo‘ldi va uning asosida Vazirlar Maqkamasi maxsus qaror qabul qildi. Niqoyat 1999 yilga kеlib, bu markaz Rеspublika Ma'naviyat va ma'rifat kеngashiga aylantirildi. Yuqorida tilga olingan fikrlardan kelib chiqib aytganda, mustaqillik yillarida jamiyat ma‘naviy hayotini tiklashga berilayotgan e‘tibor alohida ahamiyatga ega boldiki, bu masalani o‘rganish biz talabalarga katta mas‘uliyatni zimmamizga yuklaydi. Bu esa ushbu kurs ishining dolzarbligini belgilaydi. Kurs ishining maqsadi: Ma‘naviyat farzandlarimizning ma‘naviy qiyofasi, milliy ma‘naviya qadriyatlarimizning farzandlarimiz ongida shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Ma‘lumki,jamiyat taraqqiyoti barcha davlatlarda rivojlanishning mohiyati,uning sur‘ati,insonlarning odobi,tarbiyasi,xulqi va ma‘naviy kamoloti darajasiga bo‘g‘liq bo‘lgan. Qayerda ma‘naviyma‘rifiy,madaniy.axloqiy kamolot yuksak bo‘lsa,tarbiyaviy tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa,shu yerda jamiyatning ijtimoiy adolat mezonlari tez rivojlanadi.Biz qurayotgan mustaqil O‘zbekistonda demokratik-huquqiy jamiyatning uch muhim tomoni bor: iqtisodiy,siyosiy va ma‘naviy.Ular qancha mustahkam baquvvat bo‘lsa,kelajagimiz shunchalik baquvvat bo‘lib,jamiyat tez rivojlanadi.Odob-axloq me‘yorlari kecha yoki bugun o‘ylab topilgan narsa emas. Kurs ishining vazifasi: Ushbu kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat: - Mustaqillikni ma‘naviyatining bosh mezoni, asos-poydevori sifatida tahlil qilish; - Mamlakatda ma‘naviy-ma‘rifiy islohotlarni ilmiy va hayotiy misollar orqali yoritib berish; - Ma‘naviyatga e‘tibor-ma‘naviy taraqqiyotga erishishning muhim omili ekanligini ilmiy asoslab berish. 1.Mustaqillik ma’naviyatining bosh mezoni, asos-poydevori Mustaqillik xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib kеlgan. Ma'lumki, qadimiy Turkistonning mislsiz tabiiy rеsurslari, moddiy va ma'naviy boyliklari bir nеcha yuz va ming yillar osha ajnabiy mamlakatlarning diqqate'tiborini o‘ziga tortib, qasadu qavasini kuchaytirib, bosqinchilik ishtaqalarini avj oldirib kеlgan. Bu yurtga, jannatmakon bu o‘lkaga qanchadan-qancha dushmanlar, qilichidan qon tomib turgan bosqinchi galalar bostirib kеldi va xalqini asoratga solib, moddiy va ma'naviy boyliklarini oyoq osti qildilar. qar safar bu еrning vatanparvar xalqi o‘z vatani mustaqilligi uchun tinimsiz kurash olib borib, yuzlab jasur, otashqalb farzandlaridan ayrildi. Mustakillik O‘rta Osiyo xalqi uchun doim orzu bo‘lib kеldi. Bosqinchilarga qarshi kurash, erk va mustaqillik uchun kurash qayot-mamot janglari o‘tmishida bu yurt uchun bir laqza bo‘lsa-da tingani yo‘k. Buni Alеksandr Makеdonskiyga qarshi xalqimizning asl farzandi Spitamеn raqnamoligida olib borilgan kurashlar misolida qam kurish mumkin. Iskandar qarbiy jiqatdan ustun bo‘lsa-da, Spitamеnni jang maydonida еngaolmaydi, balki xoinlar qo‘li bilan qatl ettirdi. qatl ettirdi-yu, ammo Spitamеnning jasorati, mardligiga uning o‘zi qam tan bеrdi. Arablar bosqini davridan ko‘p o‘tmay, XIII asrning birinchi yarimida O‘rta Osiyo yana bosqinchilar istilosi girdobida qoldi. Endi Chingizxon boshliq tatar-mo‘qul galalariga qarshi kurashishga to‘qri kеldi. Tarixning shu davriga oid saqifasini varaqlar ekanmiz, Muqanna kabi Vatan uchun jon fido qilgan, qullik va mut'еlikdan ko‘ra ozod bo‘lib o‘lishni afzal ko‘rgan. Jaloliddin Mangubеrdi, Tеmur Malik, Maqmud Tarobiy, Shamsiddin Maqbubiy kabi xalq qaqramonlari ko‘rsatgan jasoratlarini o‘qiymiz. Garchi ular tomonidan olib borilgan qarshiliklar maqlubiyatga uchragan bo‘lsa-da, ularning ko‘rsatgan jasorat va mardliklari kеyingi avlodlarga na'muna, qattoki, yo‘lchi yulduz kabi, mustaqillik uchun kurash yo‘li bo‘lib qoldi. Muqullar mo‘ri-malaxdеk yopirilib, Movouronnaqr shaqar va qishloqlarini vayrona etar ekanlar, Tеmur Malik, Jaloliddin Mangubеrdi va Maxmud Tarobiylar soni kundan-kunga ko‘payib bordi. Tarix saqifasida Sarbadorlar qarakati dеb nom olgan qarakat qam ana shu bosqichi muqullarga qarshi yuzaga kеlgan qarakat edi. Bu qarakat ishtirokchilari-xalq ziyolilari, qunarmandlari va oddiy qarbiylar edi. Vatanimizdagi eng yirik Sarbadorlik qarakati 1365 yilda Samarqand shaqrida yuz bеrdi va katta muvoffaqiyat qozondi. ―Sarbador‖ so‘zi- «boshini dorga tikkan». dеgan ma'noga egaligidan ko‘rinib turibdiki, ular istiqlol yo‘lida jon fido qilishga aqd qilgan kishilar edi. Movourounnaqrda mo‘qullar bosqiniga dastlab qalabaga erishganlar qam Sarbadolar bo‘ldi. ―Ular tub xalqning mislsiz kuch-qudratiga ishonchini uyqotdi va agar birlashsa, bosqinchilardan Turonzaminni xalos etish mumkinligini ko‘rsatdi‖1 Mo‘g’ullarga qarshi qarakat faqat Samarqandda emas, xol buki bunday xarakat 1373 yilda Karmanada ham yuz bеrgan. Dеmak Sarbadorlar qarakati favqulotda hodisa emas, u Movourounnahrda kеng tomir yoygan xalq ozodlik xarakati bo‘lgan. Mo‘qullar bosqiniga qarshi sarbadorlardan aloqida Tеmurbеk va amir Xusaynlar qam o‘z qo‘shini bilan jang qildilar. Tarixda ―loy jangi‖ dеb nom olgan bu jangda ular mo‘qullardan еngilib, Amudaryo soqiliga chеkinishga majbur bo‘ldilar. Mavlonzoda va Abu Bakr Kalaviy bilan uchrashadilar. Ammo, Sarbadorlarga nisabatan qayrligi bo‘lgan amir Xusayn ularni o‘ldirishga urinadi. Tеmurbеk to‘xtatib qoldi. Chunki uning Sarbadorlarga nisbatan ko‘nglida qеch qanday yomonligi yo‘q edi. Tеmurbеk Sarbadorlar tamonidan o‘tkazilayotgan isloqatlarni qo‘llab- quvvatlar ekan, kеlgusida Movorounnaxrning ozod va osoishta mamlakatga aylanishida Mavlonzodadеk mard va vatanparvar kishilar zarurligini bilar edi. Mamlakatni 145 yil ezib kеlgan muqul bosqinchilaridan butunlay ozod etish taqdir taqozosi bilan Tеmurbеk zimmasiga tushdi. U muqullarga qarshi olib borilayotgan kurashda mudom pand bеrib kеlayotgan amir Xusayndan xolos bo‘lganidan so‘ng, muqullarga qarshi kurashni butunlay o‘z qo‘liga oldi. O‘zining usta sarkardaligi, favqulotda tadbirkorligi bilan, o‘ta kuchli istе'dodi orqali butun bir xalqni dushmanga qarshi otlantira oldi. Shu o‘rinda I.Karimovning quyidagi so‘zini eslab o‘tishimiz lozim. ―Buyuk shaxslarni tarix yaratadi, dеydilar. Bunda qo‘shimcha qilib soqibqiron bobomizning suronli qayotini xayol ko‘zgusidan o‘tkazib, buyuk shaxslarni millat qayqusi, xalq dardi yaratadi, dеyish mumkin‖2. Mustaqillik osonlik bilan qo‘lga kiritilmagan va kiritilmaydi. Yuqorida ko‘rib o‘tgan kurashlar zamirida nеcha minglab xalq farzandlari muborak jonlari, daryo bo‘lib, oqqan qonlari yotibdi. Chor Rossiyasi XIX asrning II-yarmida O‘rta Osiyoga yana qujum uyushtirdi. 1852-1876 yillarda, 24 yillik jangu-jadallardan so‘ng qo‘qon xonligini, 1865-1868 yillarda Buxoro amirligini va 1873 yili esa Xiva xonligini maqlubiyotga uchratdi. Xonliklarning maqlubiyatga uchrashining o‘ziga xos sabablari mavjud edi, albatta. Ammo, shuni aloqida e'tirof etish kеrakki, Tеmur va tеmuriylardan so‘ng mamlakatda avj olgan parokandalik bu еrda mustaqillikning barqam topishiga, mamlakatning qullik iskanjasiga tushib qolishiga asosiy sabablardan biri edi. Mustamlaka sharoitida Chor Rossiyasi Turkistonni o‘zining tayyor xom ashyo bazasiga aylantirdi. Rossiya xukumati paxtachilik bilan ishlaydigan to‘qimachilik korxonalaridagi dastgoqlarning to‘qtovsiz ishlab turishi uchun zo‘r bеrib, Turkistonda paxta qosildorligini ko‘paytirishga va bundan mo‘may daromat olish uchun qar qanday zo‘ravonlikdan qaytmas edi. To‘qri, paxtachilik bilan boqliq ko‘pgina ishlar amalga oshirildi, ma'lum ma'noda taraqqiyot sari intilish yuz bеrdi. Ammo, bu o‘zgarishlar maqalliy xalqni ezish, asoratga solish, ekspluatatsiya qilish orqali amalga oshirildi. Garchi bu qo‘zqalonlar chor Rossiyasi tomonidan qonli ravishda bostirilgan bo‘lsa-da, maqalliy xalq qalbi, ruqiyatidagi ozodlikka, erkinlikka bo‘lgan muqaddas tuyquni so‘ndiraolmadi. Aksincha xalqning milliy-ozodlik qarakatini avj oldirdi. Buni biz mamlakatda turli zo‘ravonlik, qiyla-nayranglar bilan qokimiyatni egallagan Sovеtlarga qarshi kurashda xam ko‘rishimiz mumkin. Turkiston xalqi dastlab Sho‘rolar bеrgan vadalariga ishongan edi, chor Rossiyasi zulmidan qutulganiga xursandbo‘lgan va kеlajakda yoruq kunlarni kutgan edilar. Mamlakatda milliy davlatini barpo etish maqsadida, barcha xalqlar bilan tеng ququqli munosabatda bo‘lib yashash yo‘lini izlagan turkistonliklar Turkiston Muxtoriyati dеb tarixga kirgan mustaqil davlatini barpo etishga qam muyassar bo‘ldi. Ammo Turkiston Muxtoriyati bor yo‘qi 72 kun o‘tib qonga botirildi. Uning namoyondalari qibsga olinib, qo‘qon shaqri Sho‘ro qo‘shinlari tomonidan 9 kun talandi, vayron qilindi. Mamlakatda dastlab chor Rossiyasiga, so‘ngra sho‘rolarning niqoblangan siyosatiga qarshi milliy-ozodlik qarakati-jadidchilik qarakati vujudga kеldi. Turkiston Muxtariyati qam ana shu qarakat natijasi edi. Sho‘rolar o‘z qokimiyatini yanada mustaqkamlash uchun milliy-ozodlik kurashchilariga qarshi kurash olib borar ekan, maqalliy xalqni ularga qarshi otlantirish maqsadida, o‘z nopok niyatlarini xaspo‘slash uchun milliy-ozodlik kurashchilarini ―bosmachi‖lar dеb tarqibot-tashviqot ishlarini avj oldirib yubordilar, ularga ―xoin‖, ―jallod‖, ―odamxo‘r‖ dеgan tamq‘alar bosildi. Xulosa kilib aytganda, mustaqillik xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib kеlgan. Mudom bosqinchilik, mudom zo‘ravonlik, xalqning moddiy va ma'naviy boyliklarini talon-taroj etishlik bu o‘lka aqolisini tinka-madorini quritishi bilan birga, xalq orasidan Vatan ozodligi, istiqloli uchun fidoyi insonlarni еtishib chiqishiga sabab bo‘ldi. Kurashlar zamirida xalq irodasi charxlanib bordi, xalkimizning kalbida esa mustakillik asriy orzudan buyuk maksadga aylandi. 2. Mamlakat taraqqiyotida ma’naviyatga bo’lgan e’tibor Milliy ma'naviyat har bir millatga qaysidir bir tarzda aloqador hisoblanuvchi o‗tmish, bugun va kelajakdagi barcha shaxslar ma'naviyati majmuini muayyan bir tizim sifatida anglanishidir. Milliy ma'naviyatimiz ham tarixiy hodisa, ham zamonaviy voqelik bo‗lib, millatning o‗tmishi, buguni, hamda kelajagini o‗zida mujassam etadi. U millatimizning ma'naviy takomil jarayoni bilan bog‗liq va nafaqat ajdodlarimiz yaratgan ma'naviy merosda, balki bugungi kun va kelajak avlodlarning hayotga munosabatida, orzu-istaklarida o‗z aksini topgandir. Uning teranligi va ko‗lami ajdodlarimizning ming yillar davomida to‗plagan yaxlit tarixiy-ma'naviy tajribasi bilan belgilanadi, shu bilan birga xalq donishmandligining turli suratlarda zuhur etishi ham u haqdagi nazariy xulosalarning manbai bo‗lib xizmat qiladi. Milliy ma'naviyat o'tmishnigina emas, ham bugun, ham kelajakni o'zida mujassam etadi. Buning uchun uning manbayi sifatida biz faqat ajdodlarimizning yozma merosiga tayanib qolmay, balki ushbu merosdan anglaganimizni bir paytning o'zida xalqning tirik xotirasi bilan, uning ma'naviy qadriyatlarini qiyoslab, ularning uyg'un jihatlariga e'tibor qaratishimiz lozim bo'ladi. Shu bilan birga tarix tajribasi va sinovlaridan o'tgan qiymatlarni umumbashariy qadriyatlar bilan uyg'unlashtirib, hozir va kelajak uchun ahamiyati nuqtayi nazaridan baholash ko'zda tutiladi. Milliy ma'naviyat voqelikni faqat ong bilan, aql bilan tushunib yetish tajribasiga emas, haqiqatni anglab yetishning barcha vositalari, e'tiqod, ibrat, taqvo, riyozat, irfon, mehr, did-farosat, amaliy yaratuvchilik faoliyatining barcha turlariga e'tibor qaratib, millatning barcha amaliy va nazariy tajribasini o'rganishga intiladi, ushbu tajribani ongli o'zlashtirishda har bir insonga ko'maklashadi, maqsad bitta, ko'ngil ko'zgusiga sayqal berishda har bir shaxsga iloji boricha yordam berish. Inson ruhida tabiatga nisbatan, o'zgalarga nisbatan mehr va adolat tuyg'ulari shakllanishiga uning moddiyligi bilan bevosita bog'liq bo'lgan nafsi ammorasi, ya'ni g'aflat, shahvat va kibr kabi qusurlar doimo xalaqit berib turadi, shuning uchun har bir kishi hayotga, o'z faoliyatiga sergak boqishi lozim. Ushbu illatlar har bir inson fitrati bilan bog'liq bo'lgani tufayli inson moddiy mavjudot sifatida tirik ekan, ulardan butkul qutulish umidi xom xayol, faqat ularni muvozanatlovchi kuch kerak.Ayni shu kuch - ma'naviyatdir. 1999-yil 14-aprel kuni ochilgan Birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasida «O'zbekiston XXI asrga intilmoqda» deb nomlangan ma'ruzasida Prezident I. Karimov mamlakatimizni yangi asr arafasi va uning dastlabki yillaridagi rivojlanish strategiyasini belgilab berar ekan, «jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish» ni ustuvor yo'nalishlardan ekanligini alohida ta'kidlab, ma'naviyatga mukammal ta'rif berish bilan birga bu sohada bugungi kunda oldimizda turgan eng muhim masalani ham aniq ko'rsatib o'tdi: "Erkin fuqaro ma'naviyatini, ozod shaxsni shakilantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir.Boshqacha aytganda, biz о 'z haqhuquqlarini taniydigan, o'z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda, shaxsiy manfaatlarini mam-lakat va xalq manfaatlari bilan uyg'un holda ko'radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak»'. Prezidentimizning Islom Karimovning Milliy-Ma‘naviy tiklanish konsepsiyаsida ilgari surilgan g‗oyalar bugungi kunda milliy ma‘naviyatni rivojlantirish davlat siyosatida ustuvor vazifa sifatida belgilanishga xizmat qilib kelmokda. Islom Karimov o‗z asarlarida mamlakatimizda milliy ma‘naviyatni tiklash va rivojlantirish davlat siyosatida ustuvor vazifa ekanligiga e‘tiborni qaratib, quyidagi konseptual g‗oyani ilgari suradi. U shunday yozadi: «Oldin odamlarga moddiy boylik berish, so‗ngra ma‘naviyat to‗g‗risida o‗ylash kerak deydiganlar haq bo‗lmasa kerak. Ma‘naviyat — insonning, xalqning, jamiyat, davlatning kuchqudratidir. U yo‗q joyda hech qachon baxt-saodat bo‗lmaydi...». Bu kabi savollarning son-sanog‗i yo‗q. Mana shularning o‗zi ham milliy ma‘naviyatimizning naqadar toptalganligini ta‘kidlovchi misollardir. Bunday imkoniyatlarni qo‗lga kiritishimizda xalqimiziing sevimli farzandi, ulkan davlat va siyosat arbobi, yetuk olim, vatanparvar va millatparvar inson otamiz Islom Karimovning yetakchilik va rahbarlik roli asosiy rol o‗ynadi. Mustaqillik yillari Qur‘oni Karim o‗zbek tiliga tarjima qilinib, ko‗p nusxada chop etildi. Imom al-Buxoriyning to‗rt jildlik hadislarini chop etish tugallandi. Xoja Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar» to‗plami chop etildi.Ko‗plab Qur‘oni Karim sharhlariga oid kitoblar ham chop etilganligini va ulardan xalqimiz bahramand bo‗layotganligining guvohi bo‗lib turibmiz. Mustaqillik yillari Iydi Ramazon va Qurbon hayit kunlari Diniy qadriyatlarimizning bayrami sifatida nishonlanmoqda. Navro‗z umumxalq bayrami sifatida xalqimiz hayotidan mustahkam o‗rin oldi.Har yili 3000 dan ortiq vatandoshlarimiz muborak haj safarlarini ado etmoqdalar. Mustaqillik yillari ko‗plab masjid va madrasalar ta‘mirlandi. Amir Temur, Mirzo Ulug‗bek, Bobur Mirzolarning nomi qayta tiklandi. Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Mirzo Ulug‗bekning esa 600 yilligi keng nishonlandi va shu munosabat bilan yurtimizda beqiyos ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar amalga oshirildi. Mustaqillik tufayli milliy istiqlolimiz kurashchilari Abdulla Qodiriy, Cho‗lpon, Fitrat, Usmon Nosir, Behbudiy va boshqalarning nomi tiklandi, asarlari chop etildi, ular tavallud topgan kunlar umummilliy bayram sifatida nishonlandi. Qatag‗on yillarida millatimiz mustaqilligini ta‘minlash yo‗lida qurbon bo‗lgan xalqimizning ana shu sevikli farzandlarining muborak nomlarini abadiylashtirish maqsadida Vatanimiz poytaxti Toshkent shahrida Shahidlar hiyoboni barpo ztildi. Uzoq tariximiz, boy madaniyatimiz, serqirra ma‘naviyatimizdan guvohlik beruvchi Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yillik to‗ylari 1997 yidda katta tantanalar bilan nishonlandi. 2000 yili esa ilohiyot ilmining darg‗asi Abu Mansur al-Moturidiyning muborak yubileyi muvaffaqiyatli ravishda nishonlandi. 2001 yilda esa yana bir ulkan merosimiz hisoblangai «Avesto»ning 2700 yilligi va 2002 yilda Termiz shahrining 2500 yilligi nishonlandi. Bugungi kunda mamlakatimizning eng iqtidorli 2000 dan ortiq yoshlari rivojlangan xorijiy mamlakatlarning oliy o‗quv yurtlarida ta‘lim olmoqdalar. «Mahalla», «Kamolot». «Sog‗lom avlod uchun», «Nuroniy», «Ulug‗bek», «Umid», «Ustoz» kabi jamg‗armalar ham Prezidentimiz tashabbusi bilan vujudga keldi. Shuning bilan bir qatorda milliy-ma‘naviy tiklanish borasida ko‗lami jihatidan juda katta vazifalar turibdi. Biz millatimiz tarixi va merosini chuqur o‗rganishimiz lozim bo‗ladi. Zero, Prezidentimiz Islom Karimov ta‘kidlaganidek, «Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma‘naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz»1. Demak, ma‘naviyat insonning insoniylik mohiyatini belgilovchi o‘zak tomiri, insonni mustaqil shaxs sifatida qiyofalanishining bosh manbai desak, yanglishmas ekanmiz. Millat ma‘naviyati esa o‘tmishda, bugun va kelajakdagi ushbu millatga aloqador barcha shaxslar ma‘naviyatining majmuidan iborat, deyish mumkin. Shu bilan birga ajdodlarimiz yana qaysi manbani o‘z ma‘naviyatlarini shakllantirishga asos qilib olgan bo‘lsalar, o‘sha manbalar ham millat ma‘naviyatiga bevosita aloqador bo‘lib qoladi. Masalan, xalqimiz 1300 yil ilgari islom dinini qabul qilgan bo‘lsa, demak, bu e‘tiqodning asos manbalari bo‘lmish Qur‘oni karim va Hadisi shariflarsiz milliy ma‘naviyatimizni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Imomi A‘zam, Imom G‘azzoliy, Ibn al-Arabiyning ma‘naviy merosi haqida ham shunday deyish mumkin. Aslida milliy ma‘naviyat nazariyasini yaratish uchun qaysi manbalarga tayanish, uning asoslarini qaerlardan qidirish kerakligi Prezident asarlarida avvalboshidanoq aniq ko‘rsatib berilgan edi va yangi kitobda yana birma-bir sanab chiqilgan. Bu manbalardan eng birinchi va asosiysi buyuk ajdodlarimiz merosidir. Buyuk ajdodlarimiz bizga qoldirgan ulkan meros – milliy ma‘naviyatimiz nazariyasini shakllantirish uchun butun kerakli unsur va tarkiblarni yaratib qo‘yipti, faqat uni xolis nazar bilan astoydil qidirsak, kifoya. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab muntazam davom etib kelayotgan qutlug‘ an‘ana – ulug‘ bobolarimiz, dunyoga dong taratgan, jahon jamoatchiligi allaqachon o‘z muqaddas mulki deb tan olgan ma‘naviy meros sohiblarining yubileylarini mamlakat va jahon miqyosida nishonlash haqidagi farmonlar va ularning ijrosi ayni shu masala – milliy ma‘naviyatimiz sarchashmalariga butun xalqimiz va, birinchi navbatda, yosh avlod e‘tiborini jalb etish maqsadini ko‘zda tutadi. Demak, milliy ma‘naviyatni biz qandaydir o‘zga yurtlarda yaratilgan falsafiy qarashlardan, sobiq Sho‘rolar davrida bizga tiqishtirilgan uydirma mafkuralardan keltirib chiqarishga urinmay, o‘z xalqimiz va millatimizning azaliy qadriyatlariga murojaat Milliy ma'naviyatda - milliy manfaat ham muhim rol o'ynaydi. Sobiq Sho'rolar davrida milliy manfaatni millatchilikka yo'yganlar va milliy manfaat yuzasidan harakat qilgan kishilarni, rahbarlar va yozuvchilarni millatchi deb badnom etganlar. O'zbek xalqi uchun umuminsoniy ma'naviyat bilan birga milliy ma'naviyat va uning boyliklari ham g'oyat qimmatlidir. Bularga o'zbek xalqining o'zi yaratgan, boyitgan, saqlab kelayotgan, avloddan-avlodga o'tib, boyib, sayqal topib, rivojlanib borayotgan milliy-ma'naviy boyliklar, ajdodlardan qolgan axloqiy an'ana, marosimlar, axloqiy pand-nasihatlar va hokazolar kiradi. O'rta Osiyolik mutafakkirlarning ilmiy merosida, manbalarda o'zbeklarda qadrlangan, o'zbekona axloq, odobga oid ma'naviy fazilatlar haqida ko'plab qimmatli fikr, ma'lumotlar mavjuddir.Zahiriddin Muhammad Bobur o'zining «Boburnoma» asarida o'zbeklarga xos bo'lgan ko'plab ma'naviy-axloqiy sifatlarni tasvirlaydi. Bular iymon va e'tiqodlilik, andishalilik, oilaga muhabbat, bolajonlik, halollik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, farzandlarning ota-onalariga, aka-uka, opa-singil, qarindosh-urug'lariga mehribonligi, diniy qadriyatlarga rioya qilish, savodxonlik, sahovatlilik, xushfe'llik, shirinso'zlik, mardlik, odillik, hayolilik, sahiylik, odamiylik, oq ko'ngillilik, mehnatsevarlik va boshqalardir. O'zbek xalqining hozirgi milliy ma'naviyati va qadriyatlari o'tmish milliy ma'naviyatining davomi bo'lib ularga do'stlik, o'rtoqlik, mehmondo'stlik, odamgarchilik, insonparvarlik, axloqiy teranlik, tadbirkorlik, fazilatlilik, saxiylik, xushmuomalalilik, jamoa ichida o'zini tuta bilishlik, hayolilik, sizlab muomala qilish, ozodalik, xushchaqchaqlik, xushfe'llik, mardlik, samimiylik, lutfi karamlilik, ro'zg'orparvarlik, shirinso'zlik, tashabbuskorlik, ona-yurt va xalqiga muhabbatlilik, insoflilik, diyonatlilik, rostgo'ylik, halollik, oru-nomuslilik, to'g'rilik, rejalilik, poklik, sabr-andishalik, vazminlik, hojatbarorlik, ota-ona va kattalarni hurmat qilish, mehnatsevarlik, o'tmishga hurmat, insoflilik, iymonlilik, milliy g'urur, mustaqillikni qadrlash, vatanparvarlik, millatparvarlik va boshqa milliy, ma'naviy - axloqiy fazilatlar kiradi. Millat, xalq bor ekan uning ma'naviy dunyosida milliy jihatlar doim saqlanib qoladi. O'zbeklarning milliy ma'naviyati, erkak va ayollarning o'ziga xos sharqona axloqiy fazilatlari, ota-ona, farzandlar, qo'ni-qo'shnilar, mahalla-ko'y aloqalari, halollik, iymon, vijdon bilan bog'liq ma'naviyati faqat o'tmish sadosi emas, balki hozirgi kun uchun ham xosdir. O'zga millatlarning ma'naviy qadriyatlari qanchalik ta'sir ko'rsatmasin kattalarga, ota-onaga hurmat, kamtarlik, halollik, iymon, mehnatsevarlik, mehmondo'stlik singari milliy ma'naviy fazilatlarimiz barqarordir.Chunki bu ma'naviy xislatlar avloddan-avlodga o'tib qon-qonimizga singib ketgan. Ayollarimiz qanchalik zamonaviylashmasinlar, ular hayo, ibo, nomus bobida, oila, qarindoshurug'larga nisbatan munosabat bobida sharqona, o'zbekona fazilatlarni tark etmaydilar. Millat bor ekan, uning ma'naviyati saqlanib qoladi va rivojlanaveradi Yuqorida ta'kidlaganimizdek, ota-onani, yoshi ulug'larni va kichiklarning izzatini o'z o'rniga qo'yish, hurmat qilish ham milliy ma'naviyatimizga kiradi. Bu yo'l istiqlol va istiqbol muammolarini o'tmishning boy tajribasi bilan bog'lashga yaqindan yordam beradi. Odatda kishilar ko'pincha ikki ishda katta xatoga yo'l qo'yadilar.Birinchisi - yoshlarni hali yosh deb, ularga ishonmaganida, ikkinchisi - keksalarni qariya deb chetga surib qo'yganida. Yoshlarda kelajakka intilish bilan bog'liq bo'lgan katta tashabbus, kuch va g'ayrat bo'ladi. Keksalar esa hayot yo'lida ko'p issiq va sovuq kunlarni boshdan kechirib, boy tajriba orttirgani uchun ularda uzoqni o'ylab, bosiqlik bilan ish qilish, yetti o'lchab bir kesish singari ma'naviy boylik va yetuk tafakkur salohiyati bor. O'zbeklarning «qari bilganni pari bilmas», degan hikmatida ko'p ma'no bor. Yoshlarning tashabbusi, kuchi, g'ayrati keksalarning boy hayotiy tajribasi bilan bog'langandagina yaxshi ijobiy samara beradi. Keksa avlodning bilimi, hayot tajribasi yoshlar uchun ma'naviy kamolot va ibrat maktabidir. Keksa avlodning hayot tajribasini mensimaslik hamma davrlarda ham jamiyat uchun falokatli oqibatlarga olib kelgan. Chunonchi, 1920-30 yillarda hali hayotda biror og'ir saboqni ko'rmagan, baland-pastni bilmagan 15-17 yoshlik komsomollar ko'plab ishbilarmon, mehnatsevar dehqonlarni quloq qilish, molu-mulkini musodara etib, uzoq yerlarga badarg'a qilish vazifasini o'z zimmasiga olgani xam katta iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy bo'xronlarga sabab bo'ldi. Hozir ham keksalarning qadriga yetmaydigan, ularni mensimaydigan yoshlar oz emas.Bu o'zbek milliy ma'naviyatidagi salbiy bir hol, ko'rinish.Uning oldini olish zarur.Sovet totalitar tuzumi sharoitida ma'naviy-axloqiy fazilatlarning milliy jihatlari, an'analarini inkor etish yoki kamsitish kuchaydi.Ularni ma'naviy qoloqlik ifodasi sifatida talqin etildi. Sharq xalqlarining, jumladan o'zbek xalqining ming yillik ma'naviy boyliklarini o'zida mujassamlashtirgan hadislar, shariat hukmlari diniy xurofat sifatida qoralandi. Ma’naviyat insonning ruhiyati bilan bog‘liq.Inson ruhiyati, albatta, tashqi ta‘sirlar natijasida o‘zgarib turadi. Insonning iqtisodiy ahvoli, jamiyatda tutgan o‘rni va mavqei uning ma‘naviyatiga ta‘sir qilmay qolmaydi. Ammo, baribir, ma‘naviyat o‘z mustaqil yo‘nalishiga ega.Masalan, inson qanchalik boy, o‘ziga to‘q bo‘lsa, shunchalik uning ma‘naviy kamoloti yuqori yoki, aksincha, past bo‘ladi, desak, har ikki hukmda ham yanglishib qolamiz. Alisher Navoiy, Xoja Ahrori Valiy, Maxdumi A‘zam, Xoja Sa‘d Jo‘yboriy kabi allomalar ham ma‘naviy barkamol, ham nihoyatda badavlat bo‘lishgan. Shu bilan birga, dunyo molidan yuz o‘girgan, umrini zohidlikda o‘tkazgan buyuk allomalarimiz ham kam emas. Aksincha, nihoyatda ziyod mol-davlat sohibi bo‘lgan holda ma‘naviy kamolotdan uzoq kimsalar, yoki na dunyo molini, na ma‘naviy kamolotni qo‘lga kirita olmagan bechoralar ham hayotda uchrab turishini hamma biladi. Siyosat va iqtisodning manbasi ham, maqsadi ham ushbu foniy dunyodan tashqarida emas. Inson zoti bu sinov dunyosiga kirib kelar ekan, undagi moddiy vujud iqtisodiy ehtiyojni tug‘diradi, har bir tirik zot tug‘ilgandan keyin kun kechirish tashvishiga tushadi. Siyosat jamiyatga oid tushuncha, insonlar jamiyati shakllangan ekan, unda turli shaxslar, toifalar manfaatlarini qaysidir bir usulda muvofiqlashtirib turish ehtiyoji mavjud.Ushbu ehtiyoj siyosatni paydo qiladi. Ma‘naviyat o‘z manbasiga ko‘ra ham, maqsadiga ko‘ra ham bu foniy dunyodan tashqariga - baqoga yo‘nalgan. Ma‘naviyat asli baqoning fanoda zuhur etishidir.Ma‘naviyat inson uchun moddiy ehtiyoj ham, siyosiy zarurat ham emas.Ma‘naviyat insonning o‘z mohiyati oldidagi mas‘ulligidir.Uning mohiyati esa Borliq abadiyatiga daxldor. O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o‘zining yuqorida tilga olingan yangi kitobida ma‘naviyatga shunday ta‘rif beradi: “Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir.”Bunday beqiyos botiniy qudrat egasi uchun hayotda hal qilib bo‘lmaydigan muammo yo‘q. Shu sababli yurtimiz rahbari yosh avlodni yuksak ma‘naviyatli qilib tarbiyalashga doimiy ravishda va g‘oyat jiddiy ahamiyat qaratmoqda. Hozirgi kunda milliy ma'naviyatimiz rivojini tasviriy san'at namunalarisiz tasavvur etib bo‗lmaydi. O‗zbek rassomlarining keyingi yillarda samarali ijod qilib, yangiyangi yutuqlarni qo‗lga kiritayotgani, bu sohaga ko‗plab yosh iste'dod egalari kirib kelayotgani uning ravnaqi va istiqbolidan dalolat beradi. Ma’naviyatga e’tibor-ma’naviy taraqqiyotga erishish Har bir mustaqil millat o'z hayot tarzini, kelajagini ajdodlarning tarixiy tajribasi va jahondagi ilg'or tamoyillar uyg'unligi asosiga qursa, yanglishmaydi. Bunday mustaqil rivojlanish yo'li istiqlolning dastlabki yillaridan e'tiboran O'zbekiston Prezidenti I. Karimov tomonidan ishlab chiqildi va o'tgan yillar mobaynida izchil amalga oshirib kelinmoqda. Ma'naviyat insondagi yaratuvchilik qudratidir, insonda shu qudratni uyg'otish va harakatga keltirishga muvaffaq bo'linsa, barcha ulug'vor rejalarni amalga oshirish uchun voqe imkon vujudga keladi. Masalaga bugungi jahon taraqqiyotining ilg'or tamoyillari darajasida yondoshilsa, milliy ta' limning eng muhim vazifasi ham ana shu imkonni shakilantirish, ya'ni yosh avlod ruhida yaratuvchilik qudratini uyg'otib, uni bashariyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi muayyan o'zanlar sari yo'naltira bilish bilan belgilanadi. Ma'naviyat poydevori baquvvat bo'lmasa, unday insonning butun g'ayrati, jo'shqin faoliyati, oxir natijada, xalq va vatan uchun, bashariyat kelajagi uchun, qolaversa, uning o'z shaxsi uchun qanday xulosaga olib keladi, aytish qiyin. Barchamizga ma'lumki, millat va xalqning ruhi, dunyoqarashi va turmush tarzini ifoda etadigan milliy ma'naviyatga munosabat, uni zamon talablari asosida rivojlantirish, odamlarning dunyoqarashi va tafakkurini o‗zgartirish masalasi har tomonlama chuqur va puxta o‗ylab ish yuritishni talab qiladi. O‗sha paytda ba'zi odamlar, mana, biz mustaqillikka erishdik, endi faqat ota-bobolarimizdan qolgan qadriyatlar asosida yashashimiz kerak, boshqachaqarashlarning bizga hojati yo‗q, degan asossiz fikrlarni ham bildirgan edi.Tabiiyki, bunday fikrlarga aslo qo‗shilib bo‗lmas edi. Bu borada to‗g‗ri yo‗l tutish uchun avvalambor milliy qadriyatning o‗zi nima ekanini aniq tushunib olish zarur. Albatta, biz tarix sinovlaridan o‗tgan, milliy manfaatlarimiz, bugungi va ertangi orzu-intilishlarimizga, taraqqiyot talablariga to‗la javob beradigan, yillar o‗tgani sari qadri ortib boradigan g‗oya va tushunchalarni qadriyat deb bilamiz. Har qanday ijtimoiy hodisa singari milliy qadriyatlarning ham o‗ziga xos rivojlanish qonuniyati bor. Bu haqiqatni unutish, milliy qadriyatlarni biryoqlama, sun'iy ravishda ulug‗lash va ideallashtirishga urinish, ulardan siyosiy maqsadlarda foydalanish salbiy oqibatlarga olib kelishi hayotda ko‗p bora o‗z isbotini topgan. Ayniqsa, O‗zbekiston kabi ko‗pmillatli, ko‗pkonfessiyali mamlakatda bunday harakatlar oxir-oqibatda millatlararo ziddiyat, millatchilik, milliy va diniy betoqatlik kabi noxush holatlarga olib kelishi mumkin.2 Xalqimizning axloq, andisha, sharmu-hayo, halollik va pokizalik, inson qadrqimmati to'g'risidagi ma'naviy qadriyatlariga zid bo'lgan yevropacha an'analar yoshlar ma'naviyatiga salbiy ta'sir o'tkazdi. Shu tufayli ma'naviy tubanlik yuzaga keldi.Yoshlarda asriy milliy ma'naviyatimizga zid bo'lgan bag'ritoshlik (farzandni, ota-onani tashlab ketish singari), qotillik (o'z farzandini o'ldirib yashirish), xudbinlik, maishiy buzuqlik, giyohvandlik kabi ma'naviy qiyofa yuzaga kelib, ildiz ota boshladi. Abdulla Avloniy va boshqa ma'rifatparvar fidoiylar XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Turkistonda hukmron bo'lgan ma'naviy inqiroz haqida gapirib, bu og'ir vaziyatdan ta'lim-tarbiya ishlarini yaxshilash, axloqni yuksaltirish orqaligina chiqish mumkinligini qayd qilgan edilar. «Tarbiya, - degan edi Abdulla Avloniy, - bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir». Bu fikrlarning ahamiyati hozirda ham kamaygani yo'q.O'zbek millati faqat milliy ma'naviy kamolat orqaligina yuzaga kela boshlagan milliy-ma'naviy aynishning oldini olishi mumkin. Sovet totalitar tuzumi barbod bo'lishi, O'zbekistonning o'z mustaqilligini qo'lga kiritishi jamiyatimiz ma'naviyatida chuqurlashib borayotgan inqirozning oldini olish uchun tangrining inoyati, xalqimizning baxti bo'ldi.Milliy mustaqillik tufayli jamiyatimizda milliy ma'naviy poklanish, o'nglanish, tiklanish jarayoni yuz berdi. Yosh avlodni, biz kabi talaba yoshlarni vatanparvarlik, insonparvarlik, millatparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy g'urur tuyg'usini kuchaytirish, iymon, vijdon, halollik, poklik, mehnatsevarlik, ishbilarmonlik singari xislatlarni 1Karimov I.AYuksak ma‘naviyat yengilmas kuch.. 9-bet. shakllantirish, mustaqillikning ongli fidoyisiga aylantirish hozirgi kundagi milliyma'naviy tarbiya ishining asosiy maqsadidir. Shu o'rinda milliy-ma'naviy tarbiya va uning asosiy yo'nalishlari va mohiyatini aniqlab olish zarur Milliy tarbiya - u yoki bu millatni, elatni tashkil qiluvchi kishilarning milliy madaniyatni, merosni, qadriyatlarni, urf-odatlarni, an'analarni o'zlashtirishdagi faoliyatini rivojlantirish bo'lib, u milliy ong va milliy o'zlikni anglashning sub'ektidir Milliy ma'naviyatimiz azaldan qanday omil va mezonlar negizidashakllanib kelayotgani xalqimiz uchun eng aziz va eng milliy bayram – sharqonayangi yil bo‗lmish Navro‗z ayyomi misolida ayniqsa yorqin namoyon bo‗ladi.Barchamiz doimo orziqib kutadigan va katta xursandchilik, shodiyonabilan o‗tkazadigan Navro‗z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatningustuvor qudrati va cheksiz saxovatining, ko‗p ming yillik milliy qiyofamiz,olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasi bo‗lib kelmoqda. Muxtasar qilib aytganda, yangilanish va ezgulik timsoli bo‗lgan Navro‗zfalsafasi xalqimizga mansub odamiylik, mehr-oqibat, muruvvat va himmatkabi yuksak xususiyatlardan oziqlanib kelgani, ajdodlarimiz asrlar davomidaqanday buyuk umuminsoniy g‗oyalardan bahramand bo‗lib, ma'naviy kamoltopganining yana bir tasdig‗idir, desak, hech qanday xato bo‗lmaydi. Ko‗hna tariximizni shu ma'noda ko‗z o‗ngimizdan o‗tkazib, tahlil qiladigan bo‗lsak, muhim va ibratli bir fikrni takroran aytishga to‗g‗ri keladi. Ya'ni, otabobolarimiz ruhiy olamining tomir-ildizlari aynan yuqorida zikr etilgan ma'naviy zaminda, tarixda ham, bugun ham barchaning havasini tortib kelayotgan olijanob fazilatlar asosida shakllangan. Milliy tarbiyaning asosiy yo'nalishlarini millatparvarlikni, xalqparvarlikni, vatanparvarlikni, mehnatsevar-likni, yuksak insoniylikni rivojlantirish, merosni, urfodatni, qadriyatlarni, fan, texnika, texnologiyalarni o'zlashtirishga intilishni rivojlantirish, mehr-oqibat, iymon-e'tiqod, or-nomus, insof-diyonat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning mohiyatini tushunib yetish va unga amal qilish ruhiyatini shakllantirish kabilar tashkil etadi. Milliy tarbiyaning yana bir yo'nalishi – ota-ona, qarindosh-urug'larning hurmatini joyiga qo'yish, oilaning muqaddasligi tuyg'ularining barkamol bo'lishiga erishish, o'zaro munosabatlarda yonma-yon yashayotgan o'zga millatlar va elatlar vakillarining manfaatlarini hisobga olish kabilar tashkil etadi. Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek, milliy tabiatimizga xos bo'lgan mehr-oqibat, muruvvat, andisha, or-nomus, sharmu-hayo, ibo-iffat kabi betakror fazilatlar va xalqimizning ko'p jihatdan ajratib turadigan bag'rikenglik, mehmondo'stlik, oqko'ngillilik xususiyatlari haqida uzoq gapirish mumkin . Hech birimizni xalqimizga xos ana shunday fazilatlar tark etishga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Milliy-ma‘naviy tiklanishimizda yoshlarning ma‘naviyatini yuksak darajaga ko‗tarish, ularning hozirgi zamon fan, texnika va texnologiya yutuqlarini chuqur o‗zlashtirishlari katta omil ekanligi Prezidentimiz tomonidan ilmiy asoslangan. Haqiqatan ham jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalari ko‗rsatib turibdiki, qaysi mamlakat yoshlari zamonaviy fan, texnika va texnologiya yutuqlarini qanchalik mukammal egallasa, mamlakat taraqqiyotiga qo‗shadigan hissalari shunchalik samarali bo‗ladi, ma‘naviyat yuksaladi va mamlakatning hozirgi zamon jahon sivilizatsiya tizimiga kirib borishi tezlashadi. Prezidentimiz ishlab chiqqan milliy-ma‘naviy tiklanish konsepsiyasida nnsoniyatning asrlar davomida yaratgan va umumjahon mulkiga aylangan barcha boyliklarini milliy ma‘naviyatimizning ajralmas qismiga aylantirish ham asosiy o‗rinni egallaydi. Jumladan, u «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida dunyo xalqlari ma‘naviy mulkiga aylangan faylasuflarning asarlari haligacha o‗zbek tilida yoshlarimizga yetib bormaganligini qattiq tanqid qilib shunday ta‘kidlaydi: «Dunyo tan olgan ko‗p ulug‗ faylasuflarning asarlari hanuzgacha o‗zbek tilida nashr etilmagani tufayli aksariyat ziyolilar, xususan, yoshlarimiz ularning g‗oyaviy qarashlari bilan yaxshi tanish emas. Sokrat va Platon, Nisshe va Freyd kabi olimlarning hozirgi zamon chet el faylasuflarining kitoblarham tushunarli qilib, izoh va sharhlar bilan o‗zbek tilida chop etish nahotki mumkin bo‗lmasaq»3. Ko‗rinib turibdiki, Prezidentimiz milliy-ma‘naviy rivojlanishimizni jahon xalklarining ilg‗or ma‘naviyat tafakkuri taraqqiyoti bilan uyg‗un ravishda rivojlantirish vazifasini kun tartibiga qo‗ymoqsa. Bu bejiz emas albatta. Chunki, o‗z qobig‗idan chiqaolmagan, jahon xalqlari erishgan yutuqlaridan foydalanishga intilmagan millat taraqqiy qila olmaydi. Bundan tashqari, milliy taraqqiyot uchun yana bir qonuniyat ham borki, jahonda erishilgan yutuqlardan va tajribalardan foydalanishga harakat qilmagan millatning o‗zi ham umumjahon sivilizatsiyasiga o‗zining hissasini ham qo‗sha olmaydi. Shu ma‘noda ham Prezidentimiz milliy-ma‘naviy taraqqiyotimizning muhim omili sifatida jahon xalqlarining manaviy taraqqiyotda erishgan yutuqlaridan keng foydalanishimiz, ularni keng o‗zlashtirishimiz zarurligini ilmiy asoslab bergan. U O‗zbekistonda ishlab chiqilgan «Millny istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» konsepsiyasiga yozgan so‗z boshisida «...men milliy istiqlol g‗oyasi bugungi tez sur‘atlar bilan o‗zgarayotgan tahlikali dunyoda o‗zligimizni anglash, bizning kimligimizni, qanday ajdodlarning merosiga, necha ming yillik tarix, betakror madaniyat va qadriyatlarga ega ekanimizni his etib yashashga, bu boylikni asrab-avaylab, demokratik qadriyatlar, butun jahon taraqqiyoti yutuqlari bilan oziqlantirib, yangi o‗sib kelayotgan avlodga yetkazishga xizmat qilmog‗i zarur, deb bilaman»,degan go’yani ta‘kidladi. 1 Xulosa Ushbu qisqa bayonda ma‘naviyat xususida bildirilayotgan barcha fikr mulohazalarni ba’tafsil tahlil etish imkoni yo‘q.Bir jumla bilan ularning ko‘pchiligida uchraydigan umumiy kamchilikni ifodalaydigan bo‘lsak, uni yangi voqelikka oid tushunchalarni eski andazalar qolipida talqin etishga urinish deyish mumkin. Masalan, shunday kitoblardan birida muallif yozadi: «Ma‘naviyat moddiy hayotni aks ettiradi va jamiyatda mavjud bo‘lgan ma‘naviy hodisalar yig‘indisi sifatida ko‘zga tashlanadi.»[1] Bu qarashning eskichaligi shundaki, muallif «Ma‘naviyat moddiy hayotni aks ettiradi» deb, yana moddiyatni birlamchi, ma‘naviyatni esa passiv (ko‘zgu singari), ikkilamchi hodisa sifatida talqin etadi. Shu bilan ma‘naviyat hodisasining mustaqil mohiyati inkor etilib, u moddiyatga to‘liq tobe qilib qo‘yiladi.Buning oqibatida ma‘naviyatga yaratuvchilik quvvatiga ega bo‘lgan alohida kuch deb qarash imkoni kesiladi.Qolaversa, «ma‘naviy hodisalar yig‘indisi» jumlasi kiritilishi bilan ta‘rif berilayotgan hodisa umuman yaxlit mohiyat emas, degan haqiqatga xilof xulosaga yo‘l ochiladi. 1.A Karimov ―Yuksak ma‘naviyat yengilmas kuch‖. T.: ―Ma‘naviyat‖, 2008. Barchamizga ma'lumki, millat va xalqning ruhi, dunyoqarashi va turmushtarzini ifoda etadigan milliy ma'naviyatga munosabat, uni zamon talablariasosida rivojlantirish, odamlarning dunyoqarashi va tafakkurini o‗zgartirishmasalasi har tomonlama chuqur va puxta o‗ylab ish yuritishni talab qiladi. O‗shapaytda ba'zi odamlar, mana, biz mustaqillikka erishdik, endi faqat otabobolarimizdan qolgan qadriyatlar asosida yashashimiz kerak, boshqachaqarashlarning bizga hojati yo‗q, degan asossiz fikrlarni ham bildirgan edi.Tabiiyki, bunday fikrlarga aslo qo‗shilib bo‗lmas edi.Bugun biz insonni birinchi o‘ringa qo‘yib, uning yaratuvchilik fazilati, ijtimoiy faolligi, ma‘naviy qudratiga urg‘u bermoqdamiz.Chunki O‘zbekistonning buyuk kelajagini shakllantiruvchi bosh omillar – shular.Ammo yuqoridagi kabi ta‘riflarda inson moddiy borliqning bir unsuri sifatidagina e‘tirof etilib, boshqa maxluqotlardan farqli mustaqil mohiyati soyada qolib ketmoqda. Insonning mohiyati aslida murakkab bo‘lib, ayni moddiyat va ma‘naviyatning tutashuvi bilan izohlanadi. Ularning qaybiri ikkinchisi orqali ta‘riflana boshlasa, inson mohiyati haqida biryoqlama tasavvur hosil bo‘la beradi.Bu sohada yo‘l qo‘yilayotgan yana bir kamchilik ma‘naviyatni madaniyat, ruhiyat, axloq, tarbiya, did, dunyoqarash kabi muayyan darajada o‘zaro aloqador, ammo mohiyatan mustaqil hodisalar bilan qorishtirib tushuntirishga moyillik tarzida namoyon bo‘lmoqdaki, bu masalani o‘z o‘rnida batafsil ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi. Hozircha biz ma‘naviyatning inson hayotidagi o‘rni masalasiga qaytamiz.Xulosao‘rnidamenshumasalagato‘xtalmoqchimankima‘naviyatinsonhayotini ko‘zgusi,u inson qalbidagi nurdir.Ma‘naviyatsizhechbirshaxskomillikaerisholmaydi.Shuo‘rind amilliyma‘naviaytimiznibilmaganmilliyqadriyatlarimizurfodatananalarimizdanbehabarbo‘lishlikmenimchakechiribbo‘lmashatodir.Yurtboshi mizma‘naviyatgabo‘lganetiborlariniularniasarlaridahamko‘rishizmumkin.MenUlar ningYuksakma‘naviyatyengilmaskuchasarlaridagiquyidagifikrlarinikeltirmoqchima n; Ma‘naviyyuksalishgaerishish-bubiryillikyokibesho‘nyillikishemas.Halq , millato‘zmilliyma‘naviyatiniyillar, asrlardavomidayuksaltiribboyitibboradi.chunkima‘naviyatqotibqolganaqidalaryig‘i ndisiemas, aksincha, doimiyxarakatdagiuzluksizjarayonbo‘lib, taraqqiyotdavometarekan, uningshiddatliyurishitufaylima‘naviyhayotoldigaqo‘yiladigantalablarhammuttasilp aydobo‘laveradi. Download 49.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling