Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida


Download 172.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/67
Sana23.04.2023
Hajmi172.44 Kb.
#1392343
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   67
Bog'liq
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida

87-modda. Jamiyatning kollegial
ijroiya organi (boshqaruv, direktsiya)
Jamiyatning kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direktsiya) jamiyat ustavi asosida ish yuritadi.
Kollegial ijroiya organi majlisida bayonnoma yuritiladi. Kollegial ijroiya organi majlisining bayonnomasi
kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi a'zolariga ularning talabiga ko'ra beriladi.
Jamiyatning kollegial ijroiya organi majlislarini o'tkazishni jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya
organi (direktor) vazifasini bajarayotgan shaxs tashkil etadi, u jamiyat nomidan barcha hujjatlarni hamda
kollegial ijroiya organi majlisi bayonnomalarini imzolaydi, kollegial ijroiya organi o'z vakolatlari doirasida
qabul qilgan qarorlarga muvofiq ishonchnomasiz jamiyat nomidan ish yuritadi.
88-modda. Jamiyat kuzatuv kengashi a'zolarining,
yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi
(direktor) va (yoki) kollegial ijroiya organi
(boshqaruv, direktsiya) a'zolarining, boshqaruvchi


"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
48/62
tashkilot yoki boshqaruvchining javobgarligi
Jamiyat kuzatuv kengashining a'zolari, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) va (yoki) kollegial
ijroiya organi (boshqaruv, direktsiya) a'zolari, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi o'z
huquqlarini amalga oshirishda va o'z burchlarini bajarishda jamiyat manfaatlarini ko'zlab ish tutishlari
lozim.
Jamiyat kuzatuv kengashining a'zolari, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) va (yoki) kollegial
ijroiya organi (boshqaruv, direktsiya) a'zolari, shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi qonun
hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq jamiyat oldida javobgardir.
Ayni paytda jamiyatga zarar keltirishga sababchi bo'lgan qarorga ovoz berishda qatnashmagan yoki
bunday qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat kuzatuv kengashi a'zolari, kollegial ijroiya organ (boshqaruv,
direktsiya) a'zolari javobgar bo'lmaydi.
Ushbu modda qoidalariga muvofiq bir necha shaxs javobgar bo'lsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi
solidar hisoblanadi.
Jamiyat yoki u joylashtirgan oddiy aksiyalarning hammasi bo'lib kamida bir foiziga ega bo'lgan aksiyador
(aksiyadorlar) jamiyatga yetkazilgan zararning o'rnini qoplashni da'vo qilib kuzatuv kengashi a'zosi,
yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor), kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direktsiya) a'zosi,
shuningdek boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi ustidan sudga murojaat qilishga haqlidir.

Download 172.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling