Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida
"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
Download 172.44 Kb. Pdf ko'rish
|
akciyadorlik-zhamiyatlari-va-akciyadorlarning-huquqlarini-himoya-qilish-tugrisida
"O'zkimyosanoat" AJ // /uzkimyosanoat.uz
43/62 shunday huquq berilgan bo'lsa; emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni joylashtirish to'g'risida qarorlar qabul qilish, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa; mol-mulkning bozor qiymatini belgilashni tashkil etish; ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda jamiyat tomonidan joylashtirilgan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlarni olish to'g'risida qarorlar qabul qilish, agar jamiyat ustaviga muvofiq yoki aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qaroriga binoan kuzatuv kengashiga shunday huquq berilgan bo'lsa; agar jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolati doirasiga kiritilgan bo'lsa yoki bu masalani hal etish aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida kuzatuv kengashiga topshirilgan bo'lsa, bunday biznes-rejani tasdiqlash; korporativ maslahatchini tayinlash, agar jamiyat ustavida bunday lavozimni joriy etish nazarda tutilgan bo'lsa; agar jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilmagan bo'lsa yoki aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan kuzatuv kengashiga topshirilmagan bo'lsa, jamiyatning yillik biznes-rejasini ma'qullash. Bunda jamiyatning kelgusi yilga mo'ljallangan biznes- rejasi kuzatuv kengashi majlisida joriy yilning 1 dekabridan kechiktirmay ma'qullanishi lozim; ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash; jamiyatning ijroiya organi faoliyatiga daxldor har qanday hujjatdan erkin foydalanish va ijroiya organidan kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun ularni olish. Olingan hujjatlardan kuzatuv kengashi va uning a'zolari faqat xizmat maqsadlarida foydalanishlari mumkin; agar jamiyat ustavida kuzatuv kengashining vakolati doirasiga kiritilgan bo'lsa, ijroiya organiga to'lanadigan haq va kompensatsiyalar miqdorini belgilash; jamiyat taftish komissiyasi a'zolariga (taftishchisiga) to'lanadigan haq va kompensatsiya miqdori yuzasidan hamda auditorlik tashkilotining xizmatlariga to'lanadigan haq miqdori chegarasini belgilashga doir tavsiyalar berish; aksiyalar bo'yicha dividendlar miqdori va ularni to'lash tartibi yuzasidan tavsiyalar berish; jamiyatning zaxira va boshqa fondlaridan foydalanish; jamiyatning boshqaruv organlari faoliyat tartibini belgilovchi hujjatlarni tasdiqlash; jamiyatning vakolatxonalarini ochish hamda filiallarini tashkil etish; jamiyatning sho''ba va tobe korxonalarini tashkil etish; ushbu Qonunning VIII bo'limida nazarda tutilgan hollarda mol-mulkni olish va mol-mulkni boshqa shaxsga o'tkazish bilan bog'liq yirik bitimlar tuzish; agar bitimlar tuzishdan manfaatdorlik bo'ladigan bo'lsa, ushbu Qonunning IX bo'limida nazarda tutilgan hollarda bitimlar tuzish; aksiyadorlik jamiyatining boshqa xo'jalik jamiyatlaridagi ishtiroki bilan bog'liq bitimlar tuzish; ushbu Qonun va jamiyat ustaviga muvofiq kuzatuv kengashi vakolatlariga kiritilgan boshqa masalalarni ham hal etish. Jamiyat kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar hal qilish uchun jamiyat ijroiya organiga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling