Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘G‘risida
Download 132.97 Kb.
|
AJ togrisidgi qonun
- Bu sahifa navigatsiya:
- 101-modda. Jamiyatni tugatish
100-modda. Jamiyatni qayta tuzish
Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etgan holda boshqa har qanday xo‘jalik jamiyati yoki shirkatiga aylanishga haqli. Qayta tuzilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hukmiga jamiyatni qayta tuzish, qayta tuzishni amalga oshirish tartibi va shartlari haqidagi masalalarni havola etadi. Qayta tuzilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi qayta tuzish to‘g‘risida, qayta tuzishni amalga oshirishning tartibi va shartlari haqida qaror qabul qiladi. Qayta tuzish jarayonida vujudga keltirilayotgan yangi yuridik shaxsning qatnashchilari o‘zlarining qo‘shma majlislarida uning ta’sis hujjatlarini tasdiqlash hamda qonun hujjatlarining talablariga muvofiq boshqaruv organlarini saylash (tayinlash) to‘g‘risida qaror qabul qiladilar. Jamiyat qayta tuzilganida qayta tashkil etilgan jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlari o‘tkazish dalolatnomasiga muvofiq yangi vujudga kelgan yuridik shaxsga o‘tadi. 101-modda. Jamiyatni tugatish Jamiyatni tugatish uning huquq va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o‘tmagan holda jamiyat faoliyatining to‘xtatilishiga olib keladi. Oldingi tahrirga qarang. Jamiyat ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda, tugatilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining hukmiga jamiyatni tugatish va tugatuvchini tayinlash to‘g‘risidagi masalani havola etadi. Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi tugatish to‘g‘risida va tugatuvchini tayinlash haqida qaror qabul qiladi. Aksiyadorlik jamiyati sudning qarori bilan tugatilganda tugatuvchini tayinlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 54-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuni. Tugatuvchi tayinlangan paytdan e’tiboran jamiyat ishlarini boshqarish bo‘yicha barcha vakolatlar tugatuvchiga o‘tadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi. Agar davlat tugatilayotgan jamiyatning aksiyadori bo‘lsa, tugatish komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga davlat mol-mulkini tasarruf etish vakolati berilgan organ vakili kiritiladi. (101-moddaning ikkinchi — oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda) Download 132.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling