Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni tashkil etishning ilmiy
-jadval Korporativ boshqaruv modellarining qiyosiy xususiyatlari14
Download 0.94 Mb.
|
BMI 123
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modellarning xususiyatlari Ingliz-Amerika modeli Nemis modeli
1.3.1-jadval Korporativ boshqaruv modellarining qiyosiy xususiyatlari14
14 6Б.Ю.Ҳодиев,Р.Х.Карлибаева,Н.И.Акрамова. Тошкент-2011 – 47 б O`zbekistonda korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar ichida millat mentaliteti muhim ahamaiyatga egadir. Millat mentalitetini tashkil etuvchi elementlar (bilim salohiyati,ilmiy tafakkuri maqsad salohiyati, ijtimoiy muhit, qadriyat, an‟analar, madaniyat, siyosiy muhit, iqtisodiy psixologiya, huquqiy ong va h.k.) iqtisodiy tizim va uni boshqarishga bevosita bog`liq omillar majmui hisoblanadi. Millatning mentaliteti, millatning shakillanish tarixi , uning qadriyatlari va bilim salohiyati kabilar asosida vujudga keladi. Boshqaruv organlari tuzilmalari va ular faoliyatini tashkil qilishning turli modellarini baholashda, har bir model o`zining kuchli va zaif tomonlariga ega ekanligini tushunish muhimdir. Ushbu tizimlarning har biri ham samarali bo`lishi mumkin, agar ular mos ravishdagi boshqaruvi bilan o`zlari joylashgan ayni bir ijtimoiy tizimning huquqiy, madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga monand bo`ladi . Shunday tizimni tanlash kerakki, mazkur tizim aynan O`zbekiston uchun o`ziga xos echimni ifodalashi va boshqa davlatlarda ishlatilayotgan modellarning shunchaki nusxasi bo`lmasligi kerak. Boshqaruvga nozik yondashuvni qo`llab- quvvatlash kerak bo`lib, mos ravishdagi boshqaruv modeli nafaqat har bir kompaniyada turlicha bo`ladi, balki ayni bir kompaniyaning turli yashash davrlarida ham o`zgartirib boradi. Yangi korporativ boshqaruv tizimni qo`lagan xolda texnologiyalar rivoji va iqtisodiyotning globallashuvini kompaniyalarning qayta tashkil qilinish sur‟atlari o`sishiga va korporativ tuzilmalarning tubdan o`zgarishlariga ta’sirini inobatga olganda yanada to`g`riroq bo`ladi. Kompaniyalar o`z holatiga eng mos keladigan, biroq investorlar tomonidan samarali qaror qabul qilinishiga olib boradigan va axborotlarning muvofiq oshkora qilinishini ta’minlaydigan samarali tamoyillar asosida qurilgan korporativ amaliyotni qabul qilish mas’uliyatini o`z zimmalariga olishlari kerak. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling