Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar (mhxs)ga transformasiya qilishni takomillashtirish


Tadqiqotning asosiy muammolari va savollari


Download 143.15 Kb.
bet3/4
Sana12.07.2023
Hajmi143.15 Kb.
#1659873
1   2   3   4
Bog'liq
Sotimov F. kirish

1.3. Tadqiqotning asosiy muammolari va savollari. Tadqiqotning asosiy muammolari sifatida quyidagilarni belgilash mumkin:
birinchi, aksiyadorlik jamiyatlarida buxgalteriya hisoboti tushunchasi va uni MHXS qoidalari va tamoyillari asosida shakllantirishdagi muammolar mavjudligi;
ikkinchi, O‘zbekiston Respublikasi jahon iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgan qismi sifatida xorijiy investorlar uchun tushunarli bo’lgan yuqori sifatli moliyaviy hisobotlarga muhtojligi;
uchinchi, amaldagi BHMSga muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobotlar ba’zi jihatlari bo‘yicha chet ellik foydalanuvchilar uchun tushunarsiz bo‘lib qoldi.
Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida quyidagi savollar qo‘yildi, jumladan:

  • moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga o‘tish aksiyadorlik jamiyatlari uchun qanday samara beradi?

  • korxonalar o‘zlarining moliyaviy hisobotlarini xorijiy raqobatchilar bilan bir xil asosda taqdim etishlari qay darajada muvaffiqiyat kasb etadi?

  • mazkur standart orqali chet el kapitalini jalb qilish uchun qanday amaliy ishlar amalga oshirilishi zarur?

  • aksiyadorlik jamiyatlarida hisobotlarni MHXSlariga muvofiqlashtirish korxonalarda buxgalteri hisobi va hisobotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?

    1. Tadqiqot obyekti va predmeti.

Tadqiqot obyekti _______________________________________________
____________________________________________________________________________________________________________________________________
Tadqiqot predmeti sifatida aksiyadorlik jamiyatlarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni moliyaviy hisobotlarining xalqaro standartlari (MHXS) asosida tashkil qilish va standartni qabul qilishda qo‘llanilgan asoslar va standart loyihasi bo‘yicha olingan sharhlar muhokamasi yoritilgan holda nashr qilish.
Tadbirkorlik subyektining MHXS bo‘yicha dastlabki moliyaviy hisobotlari – tadbirkorlik subyekti o‘z moliyaviy hisobotlarining MHXSlarga muvofiqligi to‘g‘risida aniq va shartsiz bildirib, Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlarini qo‘llagan birinchi yillik moliyaviy hisobotlaridir.
Respublikamiz moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar bо‘yicha о‘zgartirish jarayoni sari birinchi qadam – buxgalteriya hisoboti tuzish jarayoniga ta’sir etadigan mahalliy buxgalteriya hisobi yuritishning ayrim usullari umume’tirof etilgan amaliyotga mos kelmasliklarini aniqlashdir. Bu usullar MHXS qо‘yadigan talablarga muvofiq tuzatishlar kiritish uchun zarur.

    1. Tadqiqot natijalarining ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati. Xujjat, albatta, yillar davomida shakllanib kelgan buxgalterlar, auditorlarning hisob xizmatlarini yo‘lga qo‘yishdagi an’anaviy yondashuvlardan to‘liq voz kechishni talab qilmaydi. Shu bilan birga, biznes subyektlarining katta qismini tashkil etadigan kichik va o‘rta biznes subyektlarida buxgalteriya hisobining milliy standartlari amal qilishini inkor etmaydi. Ya’ni ular to‘liq xo‘jalik operatsiyalarini, moliyaviy hisobotlarini tayyorlashni xalqaro standartlarga yaqinlashtirilgan, muvofiqlashtirilgan amaldagi normalar asosida yo‘lga qo‘yadilar.

Tadqiqotlar jarayonida olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar aksiyadorlik jamiyatlarida buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarni MHXSlari asosida tashkil qilishni takomillashtirishda va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha chora – tadbirlar ishlab chiqilishida keng foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi.
Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyatlarida buxgalteri hisobi va moliyaviy hisobot tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, jumladan, MHXSni joriy etish bo‘yicha buxgalteriya hisobining milliy standartlarini MHXSga muvofiq uyg‘unlashtirish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.
Tadqiqoning amaliy ahamiyati ishlab chiqarilgan ilmiy – amaliy takliflar va tavsiyalar asosida aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni tashkil etish mumkin.


Download 143.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling