Dissertatsiya tarkibining qisqacha tasnifi. Dissertatsiya 5 ta bob hamda ilovalardan iborat. Jumladan 1 bobda ishning kirish qismi yoritilgan bo’lib, unda, mavzuning dolzardbili, maqsad va vazifalar, muammo va savollar, obyekt va predmeti va amaliy ahamiyatlari namoyon etilgan. Ishning 2-bobida mavzuga oid adabiyotlar sharhi aksiyadorlik jamiyatlarida buxgalteriya hisobi xalqaro stamdartlaridan foydalanishning zaruriyati va afzalligi, hamda nazariy, amaliy tadqiqotlar natijasi yoritilgan. Ishning 3-bobida tadqiqotning metodologiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda tadqiqot dizayni, qo‘llangan uslublar keltirib o‘tilgan. Dissertatsiya ishining 4-bobida tadqiqotning tahlili va natijalari yoritilgan. Bunda buxgalteriya hisobining tuzilishi hamda xalqaro standartga muvofiqlashtirish masalalariga to‘xtalib o‘tilgan. Ishning 5-bobida xulosa qismi bayon etilgan. Mazkur bobda tadqiqotning ilmiy va amaliy yangiligi hamda natijalari o‘z ifodasini topgan.
|