Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejment


Aksiyadorlik jamiyatlari haqida tushuncha


Download 1.26 Mb.
bet2/5
Sana09.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1466700
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejment

Aksiyadorlik jamiyatlari haqida tushuncha

  • Dastlab aksiyadorlar jamiyati 17-asrda paydo boʻlgan, hozir keng tarqalib, ommaviy tus olgan. Oʻzbekistonda aksiyadorlar jamiyati bozor islohotlari davomida mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida paydo boʻldi, davlat korxonalarini aksiyadorlar jamiyati aylantirish mulkiy oʻzgarishlarning yoʻnalishlaridan biriga aylanadi. Islohotlarning birinchi bosqichida yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati tashkil topdi. Uning 2-bosqichida ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati shakllana boshladi. Oʻzbekistonda 1995-yilda 2255 ta, 1996-yilda 5500 ta aksiyadorlar jamiyati ishladi. Oʻzbekistonda aksiyadorlar jamiyati nodavlat sektoriga kiradi. Aksiyadorlar jamiyati mustaqil, lekin ular davlat belgilagan qonun-qoidalar asosida ish koʻradi. Ularning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining „Aksiyador jamiyatlar va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida“ (1996.25.4) qonuniga binoan olib boriladi.

Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy boshqaruv

  • Aksiyadorlik jamiyatida moliyaviy menejmentning afzal tomoni shundaki, firmaning sog‘lom faoliyatiga zarar yetkazmasdan aksiyalar boshqa egalarga berilishi mumkin. Boshqa afzal tomoni aksiyadorlarning mas’uliyati cheklanganligida bo‘lib, bu degani agar korporatsiya qarzlarini to‘lashga qodir bo‘lmasa, kreditorlar aksiyadorlarning shaxsiy mulkini emas, balki korporatsiya aktivlarini xatlaydilar. Bu ma’noda korporatsiya xuddi shirkatda asosiy (bosh) sherik bajargan vazifani bajaradi, aksiyadorlar esa mas’uliyati cheklangan sheriklar kabi ishlaydi (faoliyat ko‘rsatadi)lar. Butun dunyoda yirik firmalarning deyarli barchasi, garchi ularga bitta shaxs yoki oila egalik qilsa-da, korporatsiya shaklida faoliyat yuritadi. AQShda aksiyalari tarqoq korporatsiyalar ochiq (public corporations), mulkka egalik huquqi jamlangan (to‘plangan) korporatsiyalar esa yopiq yoki xususiy korporatsiya (private corporations), deb ataladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling