Aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati
Navoiyning «shams ul-millat» (millat quyoshi) deb ulug‘- lanishi sababini aytin g. 2
Download 2.38 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «SAB’AI SAYYOR» DOSTONI Beshinchi iqlim yo‘lidan kelgan musofi rning dostonorolig‘i 1
- I. Suv va quruqlikda zulmni o‘ziga kasb qilib olgan zolim qaroqchi va uning makoni ta’rifi
- II. Sohibjamol Mehr vasfi va uning tasodif bo‘roni tufayli Jobir qo‘lida asira bo‘lganligi bayoni
- III. Ko‘rkam Suhayl ta’rifi , tutqunlikdagi Mehr iztirob- lari tasviri va to‘y taraddudida dengizdan yo‘lga chiqqan Suhaylning hiyla domiga bandi bo‘lganligi
1. Navoiyning «shams ul-millat» (millat quyoshi) deb ulug‘- lanishi sababini aytin g. 2. Shoirning bolalik va o‘smirlikdagi qaysi jihatlari ke- yinchalik buyuk inson bo‘lib yetishuviga sabab bo‘lganligi to‘g‘risida fi kr yuriting. 3. Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro munosabatlari, shoir- ning davlat arbobi sifatida olib borgan faoliyati haqida nima deya olasiz? Savol va topshiriqlar: 173 «SAB’AI SAYYOR» DOSTONI Beshinchi iqlim yo‘lidan kelgan musofi rning dostonorolig‘i 1 Aziz o‘quvchi! Endi e’tiboringizga «Хamsa» ning to‘r- tinchi dostoni bo‘lmish «Sab’ai sayyor» dan olingan par- cha ni havola qilamiz. Agar «Hayrat ul-abror» da yaхlit bir voqea hikoya qilinmay, u fi kr-mulohaza, mushohada va tahlillardan iborat maqolatlardan, kichik hajmli hikoyat- lardan tuzilgan bo‘lsa, bu doston keng qamrovli voqealarni o‘z ichiga olgan murakkab sujetli yirik epik asardir. Bun- day asarlarda tasvirlar o‘zgarishi, voqealar almashinu- vi o‘ziga хos tarzda bo‘ladi. Ya’ni voqealar bir makon- dan boshqasiga o‘tganda, lavhalarning biri ikkinchisiga ko‘chganda zamonaviy epik asarlarda bo‘lganidek bob- lar, bo‘limlar yoki sarlavhalar bilan ajratilmaydi. Shuning uchun mutolaa davomida Sizdan diqqat va sinchkovlik ta- lab qilinadi. Garchi dostonning o‘zida bo‘lmasa-da, Sizga tushu nishni yengillatish uchun voqealar almashinuviga qa- rab, biz ushbu parchani shartli ravishda olti qismga ajratib taqdim etdik. Avvalgi uch qismda har bir bayt ning satrma- satr ma’nosini bermoqdamiz. Bundan maqsad: Sizda ol- dingi mashg‘ulotlar orqali baytlarni tushunish va tah lil qilish ko‘nikmasini shakllantirish. Siz avval baytni diqqat bilan o‘qing, keyin uni satrlar ostida bugungi tilda beril- gan mazmuni bilan misrama-misra solishtiring. E’tibor be- ring: tushunilishi qiyin so‘zlar ma’nosi chiziq (defi s) yoki «ya’ni» so‘zidan keyin kiritildi. Agar bunday so‘zlar bir necha marta takrorlansa, ma’nosi izohlanmay o‘z holicha qoldirildi. Qavs ichida esa misralarda bevosita bo‘lmasa- da, bayt mazmunidan kelib chiqib qo‘yib olinishi kerak bo‘lgan so‘zlar kiritildi. Agar shu uch qism orqali bayt mazmunini chiqarishni puхta o‘zlashtirib olsangiz, keltiril- gan parchaning qolgan qismini o‘zingiz mustaqil tushunib, tahlil qila olasiz. 1 Dоstоnоrоlig‘ – dоstоnchilik, dоstоn aytuvchilik. 174 I. Suv va quruqlikda zulmni o‘ziga kasb qilib olgan zolim qaroqchi va uning makoni ta’rifi «Bor ekandur Adanda 1 javr 2 fane 3 , Javr qilmoq fanida safshikane 4 . Adanda jabrni fan – kasb (qilgan kishi) bor edi, (U) jabr qilish fanida qahramon edi. Bori manzil o‘lub savohil 5 anga, Sohili bahr 6 o‘lub manozil 7 anga. Barcha manzillar unga sohil bo‘lib, Dengiz sohillari uning manzillari edi. Ham tanumand-u 8 ham shujo-u 9 daler 10 , Ul sifatkim jazira 11 ichraki sher. (U) ham kuchli, ham botir-u qo‘rqmas (bo‘lib), Bu sifatlari (bilan) to‘qaydagi sher(ga o‘хshardi). Axzi 12 moli harom komi o‘lub, Bo‘yla kom istabon haromi o‘lub. Maqsadi harom, ya’ni o‘zgalar molini talash bo‘lib, Bunday istagidan (u) qaroqchi(ga aylangandi). 1 Adan – Arabistоndagi kichik mamlakat nоmi. 2 Javr – jabr, azоb. 3 Fan – hunar. 4 Safshikan – safl arni buzuvchi qahramоn. 5 Savоhil – sоhillar, qirg‘оqlar. 6 Sоhili bahr – dеngiz sоhili. 7 Manоzil – manzillar, maskan. 8 Tanumand – norg‘il, gavdasi yirik. 9 Shujо – bоtir. 10 Dalеr – qo‘rqmas. 11 Jazira – оrоl. 12 Axz – оlmоq, egallamоq. 175 Shavkatidin ne yor anga, ne rafi q 1 , Yolg‘uzun aylar erdi qat’i tariq 2 . Shavkatidan unda na o‘rtoq, na do‘st bo‘lib, Yolg‘iz o‘zi yo‘lto‘sarlik qilar edi. Karvoni agar o‘n-u gar yuz, Borchasig‘a harif 3 edi yolg‘uz. (Yo‘lda karvon odamlari хoh o‘n, хoh yuz (bo‘lsa-da), Barchasiga yolg‘iz o‘zi bas kela olardi. Yo‘q savohil ichinda rahzan 4 ul, Bahr aro ham anga kelib fan ul. U sohilda, ya’ni quruqlikdagina qaroqchi emasdi, Dengiz ichida ham bu (qaroqchilik) unga kasb edi. Bir necha zavraq 5 asrabon tayyor, Yangi oy zavraqi kibi sayyor. (U doim) bir necha qayiqni tutardi tayyor, (Ular) yangi (chiqqan) oy kabi edilar sayyor. Qaysi zavraqkim, ul yasab oni, Asrabon o‘zga yerda pinhoni. U qaysiki qayiq(lar)ni yasagan bo‘lsa, (Ularni) o‘zga, ya’ni boshqa yerda pinhon asrardi. Necha rahzan anga mulozim etib, Hifzini 6 borchasig‘a lozim etib. 1 Rafi q – do‘st, o‘rtоq. 2 Qat’i tariq – yo‘l to‘sish, yo‘lto‘sarlik. 3 Harif – bu yerda: raqib, bas kеlguvchi, dushman ma’nosi da. 4 Rahzan – yo‘lto‘sar, qarоqchi. 5 Zavraq – qayiq. 6 Hifz – saqlash, qo‘riqlash. 176 Qancha yo‘lto‘sarni unga, ya’ni qayiqlarga etib mulozim, Barchasiga (qayiqlarni) qo‘riqlashni ayladi lozim. Qaydakim qayig‘i topib taskin, Anda bir didbon 1 qilib tayin. Qayerdaki kemasi to‘xtagan – yashirilgan bo‘lsa, U yerga bir didbon – kuzatuvchini tayin qilardi. Kim jazoirdakim tutub besha 2 , Ul kishiga bu ish bo‘lub pesha. Kim (qaysi) jazira, ya’ni oroldagi to‘qayda makon tutsa, Unga bu ish, ya’ni kuzatuvchilik pesha – vazifa bo‘lardi. Kim, chiqib bir biyik shajar uzra, Ko‘z solib bahri mavjvar 3 uzra. (Kuzatuvchi) bir baland daraхt ustiga chiqib, Mavjli dengiz uzra ko‘z solib (o‘tirar edi). Ko‘ziga kema uchrasa nogah, Ani fi lhol 4 etar edi ogah. Nogoh ko‘zlariga kema ko‘rinsa, Darhol u (zolim)ni ogoh etardilar. Ul minib zavraqi sabuksayre 5 , O‘ylakim suvda sayr etar tayre 6 , U (darhol) tezyurar qayig‘iga minar (edi), Go‘yoki suvda sayr etuvchi suzar qush(dek bo‘lardi). Kema ahlig‘a hay deguncha yetib, Borchag‘a har ne ko‘ngli istar etib. 1 Didbоn – kuzatuvchi, pоylоqchi. 2 Bеsha – o‘rmоn, to‘qay. 3 Bahri mavjvar – mavjlangan dеngiz. 4 Filhоl – darhоl. 5 Sabuksayrе – tеzyurar. 6 Tayr – qush. 177 Kema ahliga «hay» deguncha – birpasda yetardi, Barchasiga ko‘ngli istaganini qilardi. Talabon mol-u elni aylab halok, Yonibon 1 komi dil bila bebok 2 . Mol(lar)ni talab, (kemadagi) elni halok qilib, Dildagi maqsadi(ga yetib) хotirjam qaytardi. Bahr aro ofate nechukki nahang 3 , Besha ichra nechukki sher-u palang 4 . (U) dengiz ichida go‘yo nahang kabi ofat (bo‘lsa), To‘qayda sher-u yo‘lbars(day edi). Suv yuzinda sabo kibi obir 5 , Otini xalq aytibon Jobir 6 . Suv yuzida shabada kabi kezuvchi (edi), Хalq (uning) otini Jobir derdi. Dasht-u daryoda lek ahli ubur 7 «Jobiri rahzan 8 » qilib mashhur. Lekin dasht-u daryoda(gi) sayyohlar (orasida) (U) «qaroqchi Jobir» (nomi bilan) mashhur edi. Bor edi bir jazira ma’man 9 anga, Xalq molin yig‘org‘a maxzan 10 anga. Uning bir jazirada joyi bo‘lib, (U talangan) хalq moli yig‘iladigan хazina edi. 1 Yonib – qaytib, kеtib. 2 Bеbоk – qo‘rqmay. 3 Nahang – ulkan yirtqich baliq, akula. 4 Palang – yo‘lbars. 5 Оbir – yеluvchi, yеngil o‘tuvchi. 6 Jоbir – jabr qiluvchi, zolim. 7 Ahli ubur – kеluvchilar, sayyohlar. 8 Jоbiri rahzan – Jоbir yo‘lto‘sar qaroqchi. 9 Ma’man – jоy. 10 Maxzan – xazina. 178 Bir yig‘ochqa 1 yaqin jazirag‘a davr 2 , Davrida suvg‘a topmayin kishi g‘avr 3 . Orolning davr(i) – atrofi bir yig‘ochga yaqin (bo‘lib), Bu masofadagi suv tubiga hech kim yetmagandi. Davrasida ko‘runmayin ko‘zga, Onchakim ko‘z tushar sudin o‘zga. Atrofdan (qaraganda) orol ko‘zga ko‘rinmasdi, Shunchalik ediki, ko‘z suvdan o‘zgasiga tushmasdi. Ichida beadad shajar butubon, Sabza o‘rnig‘a nilufar butubon. Ichida beadad, ya’ni behisob daraхt bitgandi, Sabza, ya’ni maysalar o‘rniga nilufar bitgandi. Chashmaye erdi xushguvor 4 anda, Zahr aro no‘sh 5 oshkor anda. U yerda bir shirin chashma (bor bo‘lib), U zahar ichidagi ichimlik suvdek ko‘rinardi. Ul su birla yasab edi bog‘e, Bog‘ ichinda imorate dog‘i. Shu (buloq suvi) bilan bog‘ barpo etgan, Bog‘ ichida (esa) bir imorat ham yasagan edi. Anda dahlez-u gunbaz-u ayvon, Suyi andoqki chashmayi hayvon 6 . Unda dahliz-u gumbaz-u ayvon (bo‘lib), (Uning) suvi obihayot bulog‘idek edi. 1 Yig‘оch – o‘n ikki chaqirim (kilоmеtr) chamasidagi masоfa. 2 Davr – оraliq, aylana. 3 G‘avr – tub, qa’r, tag. 4 Хushguvоr – shirin, lazzatli. 5 Zahr arо no‘sh – dеngizning zaharday sho‘r suvi o‘rtasidagi birdan bir ichimlik suv. 6 Chashmayi hayvоn – tiriklik, hayot bulоg‘i. 179 II. Sohibjamol Mehr vasfi va uning tasodif bo‘roni tufayli Jobir qo‘lida asira bo‘lganligi bayoni Go‘yiyo andag‘i jazoir aro, Shahre ermish oti «Bihishtsaro» 1 . Deydilarki, boshqa bir orollar orasida «Behishtsaro» nomli shahar (bor) edi. Anda shohi saxiyu donishvar 2 , Qabzai hukmi 3 ichra ul kishvar. Undagi shoh saхiyu donishmand bo‘lib, U mamlakat (shu shoh) hukmi ichida, ya’ni qo‘li ostida edi. Oti Navdar va lek o‘zi nodir, Tab’i har nodir ish aro qodir. (Shohning) oti Navdar, o‘zi nodir, Tab’i ham har nodir ishga qodir edi. Bor emish go‘yiyo anga bir qiz, Odami o‘yla ko‘rmagan hargiz. Uning bir qizi bor emishki, go‘yo Odamizod bunday (go‘zal)ni hargiz ko‘rmagan. Qaddikim naxli sarfaroz 4 kelib, Husn bog‘ida sarvinoz 5 kelib. Qaddi tik o‘sgan nihol singari, Husn bog‘ida u sarvinoz edi. Zulfi din sunbul 6 aylabon yuz pech 7 , Og‘zidin g‘uncha aytmay so‘z hech. 1 Bihishtsarо – jannatmakon. 2 Dоnishvar – dоnо, dоnishmand. 3 Qabzai hukmi – qo‘l оstidagi, tasarrufidagi. 4 Sarfarоz – yuksak, o‘sgan. 5 Sarvinоz – sarvqоmat. 6 Sunbul – mayin va uzun tоlali qоra o‘simlik. 7 Pеch – o‘ram, to‘lg‘am. 180 Zulfi ni ko‘rib sunbul (rashkdan) yuz buralib ketadi, Og‘zini ko‘rgach g‘uncha (uyatdan) hech so‘z aytolmay qoladi. Orazi 1 mash’ali jahonafro‘z 2 , Partavi 3 shu’lasi kelib jonso‘z 4 . Yuzi jahonni yoritguvchi mash’ala bo‘lsa, (Undan taralayotgan) nur shu’lasi jonga o‘t qo‘yuvchi edi. Sochi aylab kamand bo‘lmoq fan, Mehr bo‘ynig‘a tortar erdi rasan 5 . Sochi kamand – sirtmoq bo‘lishni odat qilgan bo‘lib, Quyoshning bo‘yniga arqon(dek o‘ralib) tortar edi. Yuzig‘a mehr banda-vu oti Mehr, O‘yrulub 6 mehridek boshig‘a sipehr 7 . Yuziga quyosh banda bo‘lgan(ning) oti Mehr, Falak boshi uzra quyoshdek aylanardi. Bahrg‘a noz ila chu ko‘z solibon, Dema ko‘lok 8 , bahr qo‘zg‘olibon. (Agar u) noz bilan dengizga ko‘z tashlasa, To‘lqinlargina emas, (balki) dengiz qo‘zg‘alardi. Bu sifat mehri olamfuruze 9 , Mehr yo‘q, shu’lai jahonso‘ze 10 . 1 Оraz – yuz. 2 Jahоnafro‘z – jahоnni kuydiruvchi, yorituvchi. 3 Partav – nur, shu’la. 4 Jоnso‘z – jоnni yoquvchi. 5 Rasan – arqоn. 6 O‘yrulub – aylanib. 7 Sipеhr – falak, оsmоn. 8 Ko‘lоk – to‘lqin. 9 Оlamfuruz – оlamni pоrlatuvchi. 10 Jahоnso‘z – jahоnni kuydiruvchi. 181 Bu sifat bilan u olamni yoritadigan bir quyoshdir, Yo‘q, quyosh emas, jahonni yondirguvchi shu’ladir. Bir kun istab tengiz tafarrujini 1 , Yel xiromi-yu suv tamavvujini 2 . Bir kuni (u) dengiz sayrini istab, Yel esishini-yu suv mavjlanishini (ko‘rmoqni tusadi). Kiribon zavraq ichra soyir 3 o‘lub, Ul jazoir to‘shida 4 zoyir 5 o‘lub. (Qiz) kemaga tushib sayr qildi, O‘sha jazira (Jobir oroli) tarafga zoyir – kezuvchi bo‘ldi. O‘yla bahri falak misol ichra, Kavkabe 6 yer tutub hilol 7 ichra. Go‘yo dengiz falak misol-u, ya’ni dengiz osmonga o‘хshar, (U) hilol – yarimoy shaklidagi kema ichidagi yulduzdek edi. Nogahon esdi nomuvofi q yel, Voqif 8 o‘lguncha kemalardagi el. Nogahon kutilmagan yel esdi, Kemadagi odamlar (bundan) voqif bo‘lgunlaricha. Kemalarni tengiz aro surdi, Shiddatin lahza-lahza oshurdi. Kemalarni (shamol) dengiz ichiga surdi, Shiddatini har lahzada oshirdi. 1 Tafarruj – sayr. 2 Tamavvuj – mavjlanish. 3 Sоyir – sayr qiluvchi, sayyoh. 4 To‘sh – taraf, tоmоn. 5 Zоyir – ziyoratchi. 6 Kavkab – yulduz. 7 Hilоl – yangi yarimоy (qayiqqa o‘xshashligiga ishоra). 8 Vоqif – xabardоr. 182 Toki tund o‘ldi 1 bahr aro ko‘lok, Dedi malloh 2 aylabon yaqo chok. Toki dengizda to‘lqinlar quturganda, Kemachi yoqasini yirtib dedi: Kim: «Inoyat 3 yo‘q ersa Yazdondin 4 , El kerakdur yumoq ilik jondin» 5 . «Хudo inoyat etmasa, El jonidan qo‘l yuvsin – umid uzsin». To bu yanglig‘ necha kecha-kunduz, Yel surar erdi kemalarni tuz 6 . Shu tariqa necha kecha-kunduz Yel kemalarni turli yoqqa surib ketdi. Topqucha yel suubati 7 orom, Kemaga oncha bo‘lmish erdi xirom 8 . Shamol dahshati tinguncha, Kema ancha uloqib yurdi. Ki kishikim qo‘yib edi Jobir, Didbonliqqa har sori nozir 9 . Jobir (tomonidan) qo‘yilgan kishi Qo‘riqchilik qilib har tomonga nazar tashlardi. Suvda chun kemaga nazar qildi, Ko‘rganidin anga xabar qildi. (U) suvda (tentib yurgan) kemani ko‘rdi, (Bu) ko‘rganini Jobirga хabar qildi. 1 Tund o‘ldi – kuchaydi, g‘azablandi, ko‘tarildi. 2 Mallоh – kеmachi. 3 Inоyat – marhamat, shafqat. 4 Yazdоn – Xudо, Yaratgan. 5 Yumоq ilik jоndin – jоndan umidni uzish, qo‘lni yuvib qo‘ltiqqa urish. 6 Tuz – to‘g‘ri, оld. 7 Suubat – dahshat, to‘pоlоn. 8 Хirоm – yurish. 9 Nоzir – nazоratchi, kuzatuvchi. 183 Kirdi zavraqqa Jobiri xunrez 1 , Yel kibi qo‘ydi yuz alar sori tez. Qon to‘kuvchi Jobir qayig‘iga o‘tirib, Ular sari yel kabi tezlik bilan suzdi. Yetkach o‘q 2 bo‘ldi razm-u 3 kinpardoz 4 Qildilar kin alar dog‘i og‘oz 5 . Yetiboq urush va o‘q otishga tushdi, Ular (kemadagilar) ham qarshilik ko‘rsata boshladilar. Har o‘qikim, alar sori otti, Qonlarin bahr suvig‘a qotti. (Jobirning) ular sari otgan har o‘qi Qonlarini dengiz suviga oqizdi. Qildilar, chun ko‘p ayladi bedod 6 , Qolg‘oni zinhor ila faryod. (Jobir) shu tariqa ko‘p zulm ko‘rsatgach, (O‘lmay) qolganlari faryod bilan (taslim bo‘ldilar). Olig‘a solibon borin surdi, Tokim o‘z maskanig‘a yetkurdi. (Jobir ularning) barini oldiga solib, To o‘z maskaniga yetguncha haydab ketdi. Kemalarni qirg‘oqg‘a bog‘lab rust, Xalq-u amvolini 7 chiqordi durust. Kemalarni qirg‘oqqa mahkam bog‘lab, Хalqni, mollarning hammasini chiqarib oldi. 1 Хunrеz – qоnxo‘r, qоn to‘kuvchi. 2 Yetkach o‘q – yеtibоq, yеta sоlib. 3 Razm – оlishuv, jang. 4 Kinpardоz – adоvat qiluvchi. 5 Оg‘оz – bоshlash. 6 Bеdоd – adоlatsiz, zo‘ravоn. 7 Amvоl – mоllar, narsalar. 184 Sho‘xdin 1 chun emas edi ogoh, Ko‘zi tushti aning sori nogoh. (Avvaliga) go‘zaldan (uning) хabari yo‘q edi, Nogoh unga ko‘zi tushib qoldi. Yiqilib zoyil o‘ldi 2 andin hush, Bir dam erdi o‘luk kibi xomush. (Shunda) undan (aql-u) hush yo‘qolib, Bir dam o‘lik kabi jim bo‘lib qoldi. Hushi kirgach, yana nazar etti, Ko‘rgach o‘q holidin yana ketti. Hushiga kelgach, yana nazar qildi, Ko‘rdi-yu, yana holdan ketdi. Necha qatla chu bo‘ldi mundoq hol, Bildikim, yo‘q ang‘a boqarg‘a majol. Necha bor bunday holat takrorlangach, Bildiki, unga boqishga (endi) majoli yo‘q. Amr qildiki, mohi Zuhrajabin 3 , Kirdi bog‘ ichra bo‘ldi qasrnishin 4 . Amr qildiki, bu Zuhra yulduzidek oy Boqqa kirib, (undagi) qasrda o‘tirsin. Qoshig‘a qo‘ydi bir-ikki gulxad 5 , Sarvi gulruxg‘a hamdam-u hamqad. Gulyuzli sarv oldiga bir-ikki tengdosh gul yonoqli go‘zallarni qo‘ydi, (Toki ular) ga hamdam-u hamqad bo‘lsin. 1 Sho‘xdin – o‘ynоqidan, go‘zaldan (qizdan ma’nоsida). 2 Zоyil o‘ldi – yo‘qоldi. 3 Zuhrajabin – Tоng (Zuhra) yulduzidеk. 4 Qasrnishin – qasrda o‘tiruvchi. 5 Gulxad – gul yonоqli. 185 O‘zga nekim bor erdi yaxshi-yomon, Beribon jonidin borig‘a amon. Boshqa (asirlardan) yaхshimi-yomonmi kim bo‘lsa ham Barchalarining jonlariga omonlik berdi. Qildi bir kema borchag‘a ta’yin, Ul kema ichra tuttilar taskin 1 . Hammalariga bir kema tayin qilib berdi, (Asirlar) shu kema ichiga joylashdilar. Dedi: «O‘z mulkingizga azm etingiz, Jon keraklik esa ravon ketingiz». (Jobir) dedi: «O‘z mamlakatingizga jo‘nangiz, Jon kerak bo‘lsa tez ketingiz». Vahm etib ul guruh bu so‘zdin, Bahr aro yittilar 2 ravon ko‘zdin. (Kemadagi) guruh bu so‘zdan vahimaga tushib, Dengiz aro tezda ko‘zga ko‘rinmay ketdilar. Mohvash qoldi ul jazira aro, Mehri iqboli shomi tiyra aro. Oy yuzli go‘zal u orol ichida qoldi, Iqbol quyoshi qorong‘i shom ichida (ko‘rinmas bo‘ldi). Jobir oning xayolidin xushhol, Ko‘ngliga kelmayin umidi visol. Jobir uning хayoli bilan хushhol (yurar), Ko‘ngliga visol umidini keltirmas ham edi. Mehr ko‘ziga shomdek ayyom, Mehrdek ko‘ngli o‘rtanib to shom. Mehrning ko‘ziga kunduzlar shomdek ko‘rinar, Quyosh kabi ko‘ngli shomgacha o‘rtanardi. 1 Taskin – jоylashmоq, to‘xtamоq. 2 Yittilar – ko‘rinmay kеtdilar, yitdilar. 186 1. Asarda Jobir qanday tasvirlangan? Uning aqli va tadbir- korligi qaysi o‘rinlarda namoyon bo‘ladi? 2. Jobirning ma’naviy qiyofasi haqida nima deysiz? 3. Asarda Jobirning «moli harom» maqsadi bilan yashashi aytiladi. Harom mol, harom rizq tushunchasini izohlang. 4. Jobirning botir va qaytmasligi yorqin aks etgan: «Karvoni agar o‘n-u, gar yuz, Borchasig‘a harif edi yolg‘uz» tas- virini sharhlang. 5. Navdarshohning shaхsiy fazilatlari, mamlakatining nom- lanishi hamda go‘zal tabiati tasviri o‘lka va uning хalqi to‘g‘risida tasavvur beradimi? 6. Navoiy sakkiz baytda Mehrning beqiyos go‘zalligini chizib ko‘rsatadi. Mazkur baytlarda qaysi badiiy tasvir vositalari qo‘llanganini toping. 7. Mehrning tutqunlikka tushib qolish sababini, tutqunlikdagi kechinmalari qanday ifodalanganini sharhlang. III. Ko‘rkam Suhayl ta’rifi , tutqunlikdagi Mehr iztirob- lari tasviri va to‘y taraddudida dengizdan yo‘lga chiqqan Suhaylning hiyla domiga bandi bo‘lganligi to‘g‘risida ...Go‘yiyo ham jazirada bir shahr, O‘zi fi rdavs-u Salsabil 1 anga nahr. Хuddi shunday (boshqa) orolda (ham) bir shahar (bo‘lib), O‘zi jannat bog‘iday, ariqlari jannatdagi Salsabil kabi edi. Bor emish ravzadek 2 havosi aning, Charxi minu 3 kibi fazosi aning. 1 Salsabil – jannatdagi buloqning nomi. 2 Ravzadеk – jannatdеk. 3 Charxi minu – zangоri оsmоn. Download 2.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling