Estafetali harakatli o‘yinlarni o‘tkazish. Reja
Download 22.37 Kb.
|
ESTAFETALI HARAKATLI O‘YINLARNI O‘TKAZISH.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jihozlar
- Aralash estafeta”
- O‘yinning borishi
- To‘siqlar estafetasi”
ESTAFETALI HARAKATLI O‘YINLARNI O‘TKAZISH. Reja: “To‘siqlardan o‘tib gol urish” Estafetali o‘yin “Aralash estafeta” o‘yini “To‘siqlar estafetasi” o‘yini “To‘siqlar orasida xokkey” o‘yini Jihozlar: futbol to‘pi, kichik darvoza, konuslar. Jamoalar tarkibi: 12 nafar (6 ta o‘g‘il bola, 2 ta 6-sinf, 2 ta 7-sinf, 2 ta 8-sinf, 6 ta qiz bola, 2 ta 6-sinf, 2 ta 7-sinf, 2 ta 8-sinf) O‘yinning borishi: Xakam hushtagidan so‘ng bir o‘g‘il bir qiz juftlikda to‘pni bir-birlariga oshirib, konuslar orasidan ilonizi tarzida o‘tib borib, belgilangan joyga to‘pni qo‘yib avval qiz bolalar 3 metrdan, so‘ng o‘g‘il bolalar 5 metrdan tepadilar. To‘p darvozaga gol bo‘lgungacha tepiladi. Orqaga qaytishda to‘pni o‘g‘il bola tepib olib boradi va start chizig‘ida to‘xtatib qo‘yadi. O‘yin davomida jihozlar yiqitilsa xato hisoblanadi, bu xatoni o‘z o‘rnida xato qilgan o‘yinchi o‘zi tuzatishi lozim. Aks holda jamoaga 0 ochko raqibiga 3 ochko beriladi. O‘yinni birinchi bo‘lib tugatgan jamoaga 3 ochko, ikkinchi tugatgan jamoaga 1 ochko beriladi. “Aralash estafeta” Jihozlar: futbol to‘pi, kichik darvoza, konuslar, gimnastik to‘shaklar. Jamoalar tarkibi: 12 nafar (6 ta o‘g‘il bola, 2 ta 4-sinf, 2 ta 5-sinf, 2 ta 6-sinf, 6 ta qiz bola, 2 ta 4-sinf, 2 ta 5-sinf, 2 ta 6-sinf) O‘yinning borishi: Hakam hushtagidan so‘ng o‘yinchi gimnastik to‘shaklarda oldinga umbaloq oshadi, konus oldida turgan to‘pni olib konus atrofida to‘pni tepib aylanadi va belgilangan 5 metr joyda to‘pni to‘xtatib qo‘yib darvozaga tepadi. To‘p darvozaga gol bo‘lgungacha tepiladi. Orqaga qaytishda to‘pni oyoqda olinadi hamda fishkagacha tepib olib boradi va to‘xtatib qo‘yiladi. So‘ngi o‘yinchi gimnastik to‘shaklarda orqaga umbaloq oshadi va start chizig‘i tomon yuguradi. O‘yin davomida jihozlar yiqitilsa xato hisoblanadi, bu xatoni o‘z o‘rnida xato qilgan o‘yinchi o‘zi tuzatishi lozim. Aks holda jamoaga 0 ochko raqibiga 3 ochko beriladi. O‘yinni birinchi bo‘lib tugatgan jamoaga 3 ochko, ikkinchi tugatgan jamoaga 1 ochko beriladi. “To‘siqlar estafetasi” Download 22.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling