Aksiyadorlik tijorat Agrobanki Surxondaryo viloyati Oltinsoy tuman filialidagi amaliyot bo`yicha hisobot. Reja


Valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga doir cheklovlar


Download 0.57 Mb.
bet9/22
Sana18.06.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1556719
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
Surxondaryo-Agro-bank-Bozor

Valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga doir cheklovlar:
Valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga doir cheklovlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga hamda terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida belgilanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiy xavfsizlikka tahdid yuzaga kelganda valyuta operatsiyalarini amalga oshirishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yishga yoki ularga doir cheklovlar joriy etishga haqli.
Valyutani nazorat qiluvchi organlar:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasida valyutani nazorat qiluvchi organlardir.
O‘zbekiston Respublikasida rezidentlar va norezidentlar tomonidan amalga oshirilayotgan valyuta operatsiyalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini valyutani nazorat qiluvchi organlar o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda nazorat qiladilar.


Banklarda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish jarayoni bilan tanishish.
Buxgalteriya hisobi barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir.
Buxgalteriya hisobi xo‘jalik operatsiyasini buxgalteriya hisobining kamida ikkita schyotida bir vaqtda va o‘zaro bog‘liq holda pulda baholab aks ettirish yo‘li bilan ikkiyoqlama yozuv usulida yuritiladi.
Buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari:
Uzluksizlik, ishonchlilik, ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplaridir.
Buxgalteriya hisobi subyektlari:
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan sho’ba korxonalari, vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari buxgalteriya hisobi subyektlaridir.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling