Aksiyadorlik tijorat Agrobanki Surxondaryo viloyati Oltinsoy tuman filialidagi amaliyot bo`yicha hisobot. Reja


-chizma. Surxondaryo viloyati “Agrobank” ATB Oltinsoy tumani filialining tashkiliy tuzilmasi3


Download 0.57 Mb.
bet2/22
Sana18.06.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1556719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Surxondaryo-Agro-bank-Bozor

1-chizma. Surxondaryo viloyati “Agrobank” ATB Oltinsoy tumani filialining tashkiliy tuzilmasi3


Yuridik shaxslarni kreditlash jarayoni bilan tanishish.

Bank tomonidan kichik tadbirkorlik sub`yektlarini milliy valyutada kreditlash (2013-yil 27-dekabrda 2546-son bilan davlat ro`yxatiga olingan)
Muddati: kreditlar kreditlanayotgan tadbirning o`zini-o`zi qoplashini hisobga olgan holda quyidagi muddatlarga beriladi:
- Qarz oluvchi o‘z faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablag‘larni shakllantirish va investisiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga — 12 oy muddatgacha;
- Aylanma mablag‘larni to‘ldirishga — 18 oy muddatgacha;
Foiz stavkasi: kredit shartnomasiga muvofiq belgilanadi.
Ta‘minot:
Qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta‘minlash maqsadida quyidagi ta‘minot turlaridan biri taqdim etiladi;
- Mol-mulk va qimmatli qog`ozlar garovi;
- Tijorat banki yoki sug`urta kompaniyasining kafolati;
- Uchinchi shaxs kafilligi;
- Qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sug`urta qilinganligi to`g`risidagi sug`urta polisi.
Kredit summasi: loyiha asosida.
Lizing:
Kredit miqdori: Mijozning kredit layoqatini hisobga olgan holda hisoblanadi.
Kredit muddati: 3 yilgacha
Kredit ko'rib chiqish muddati: Mikrokredit bankiga hujjatlarning to'liq to'plami taqdim etilgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida
Lizing maqsadi:
- jihozlar;
- maxsus transport va texnika (samosvallar, shatakchilar, avtoyuklovchilar, kranlar va boshq.);
- ko‘chmas mulk (ishlab chiqarish binolari, omborlar, savdo imoratlari va binolari);
- avtomobillar, qishloq xo‘jalik texnikasi;
- qonunchilikda ta’qiqlanmagan boshqa lizing ob’ektlari
Lizing valyutasi: So’m
Maksimal miqdori: Mijozning kredit layoqatini hisobga olgan holda hisoblanadi
Muddati: 3 yilgacha
Ko’rib chiqish uchun vositachilik haqi: Kredit so’mmasining 0,5 %dan kam bo’lmagan miqtorda
Lizing ta’minoti: Lizing ob’ekti qiymatining 25%dan kam bo’lmagan miqdordagi pul mablag’i
Foiz stavkalarini to’lash: Har oyning 25 sanasidan kechikmagan holda
Kredit oluvchining yoshi: 18 yoshga to’lgan bo’lishi kerak.
Kredit olish uchun qayerga murojaat qilishi kerak?
AT “Agrobank”ning barcha filiallariga murojaat qiling yoki telefon orqali qo'ng'iroq qiling, bank mutaxassislari sizga zarur bo`lgan ma'lumotlar bilan tanishtiradi.
Shuningdek, banklar kredit (lizing) berish yuzasidan qaror qabul qilish uchun kredit (lizing) oluvchidan uning kredit (lizing) to`lovlarini amalga oshirish imkoniyatlarini baholash uchun zarur bo`lgan hujjatlar so`rab olinishi mumkin.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling