Tijorat bankining valyuta operatsiyalari yuritish jarayoni bilan tanishish.
Valyuta boyliklari:
Chet el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar, chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari va sof quyma oltin valyuta boyliklari hisoblanadi.
Chet el valyutasi muomalada bo‘lgan hamda xorijiy davlatda qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan banknotlar, xazina biletlari va tangalar ko‘rinishidagi chet el pul belgilari, muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan hamda xuddi shu xorijiy davlatning pul belgilariga almashtirilishi lozim bo‘lgan chet el pul belgilari, shuningdek hisobvaraqlarda va omonatlarda bo‘lgan xorijiy davlatlarning pul birliklaridagi hamda xalqaro pul yoki hisob-kitob birliklaridagi mablag‘lardir.
Chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni yoki xorijiy davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan, qiymati chet el valyutasida ifodalangan pul hujjatlaridir.
Valyuta operatsiyalari:
Valyuta operatsiyalariga quyidagilar kiradi:
valyuta boyliklariga bo‘lgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning o‘zga shaxsga o‘tishi hamda valyuta boyliklarini to‘lov vositasi sifatida ishlatish bilan bog‘liq operatsiyalar;
valyuta boyliklarini O‘zbekiston Respublikasida olib kirish va jo‘natish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish va jo‘natish;
xalqaro pul jo‘natmalarini amalga oshirish;
rezidentlar va norezidentlar o‘rtasida milliy valyutadagi operatsiyalar.Valyuta operatsiyalari joriy xalqaro operatsiyalarga hamda kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalariga bo‘linadi.
Vakolatli banklar:
Chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan banklar vakolatli banklardir.
Vakolatli banklar:
O‘zbekiston Respublikasi hududida ochiq valyuta mavqei limiti doirasida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha, shu jumladan hosila moliyaviy vositalar asosida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha bevosita o‘zaro, o‘z mijozlari bilan hamda valyuta birjalari orqali, shuningdek xalqaro bozorlarda operatsiyalarni amalga oshirishga;
O‘zbekiston Respublikasining banklarida va chet el banklarida vakillik hisobvaraqlariga hamda boshqa hisobvaraqlarga ega bo‘lishga; naqd chet el valyutasini hamda chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlarini jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish operatsiyalarini amalga oshirish uchun ayirboshlash shoxobchalarini ochishga haqlidir.
Vakolatli banklar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |