Qimmatli qog‘ozlar emitenti anketasi:
1. Emitentning nomi.
2. Qimmatli qog‘ozlarning turlari va toifasi.
3. Qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati.
4. Qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati.
5. Qimmatli qog‘ozlar soni.
6. Bitim summasi.
7. Qimmatli qog‘ozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasi.
8. Avvalgi dividend to‘lovlari to‘g‘risida ma’lumotlar.
9. Foizli to‘lovlar stavkasi, summasi va muddati.
10. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish sanasi.
11. Qimmatli qog‘ozlarni to‘lash sanasi.
Xulosa va takliflar.
Xulosa o`rnida shuni ta`kidlash joizki men Ro’ziyev Boysoat Mamayusuf o’g’li “Iqtisodiyot va turizm” fakulteti Iqtisodiyot yo`nalishi 4-kurs I-119-guruh talabasi 10 haftalik amaliyotimni Aksiyadorlik tijorat “Agrobanki” Surxandaryo viloyati filialida o`tkazdim va shu vaqt davomida dars jarayonlarimda nazariy olgan bilimlarimlarim va ko`nikmalarimni mustahkamladim. Amaliyot o`tash mobaynida o`zimga kerakli bilimlarni egalladm.
Talabalar uchun malakaviy amaliyotni qayerda o‘tashi juda muhim masala sanaladi. Zero, malakaviy amaliyot davrida nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash, ish tajribasini oshirish va eng asosiysi bitiruv malakaviy ishini yozish uchun ma’lumotlarni boyitish, amaliyot rahbaridan bu borada tavsiya va ko‘rsatmalar olish, tadqiqot ishining dolzarbligini, mazmun-mohiyatini ob’ektiv baholab olish imkoniyati tug‘iladi.
Bankning ichki tartib qoidalari, ishning bajarilish tartibini menga amaliyot rahbari qilib biriktirilgan tomonidan o`rgandim. Tanishuv amaliyotini o`tash bo`yicha tuzilgan dastur asosida mavzularni o`zlashtirdim. Bankdagi yuridik va jismoniy shaxslar uchun beriladigan kredit turlarini, bankda naqd pulsiz hisob-kitob yuritish tartiblarini, kassa va valyuta operatisayalarini yuritish jarayonlarini, buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritish jarayonlarini deposit va qimmatli qog`ozlar operatsiyalarini, pul muomalasini tashkil etish tartiblarini amaliyotim davomida o`rgandim va shu mavzular bo`yicha yetarlicha boshlang`ich ko`nikmalarga ega bo`ldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |