Aksiyadorlik tijorat Agrobanki Surxondaryo viloyati Oltinsoy tuman filialidagi amaliyot bo`yicha hisobot. Reja
Filial tarkibiy tuzilmalari funksiyalari
Download 0.57 Mb.
|
Surxondaryo-Agro-bank-Bozor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Xodimlar bilan ishlash xizmati funksiyalari
2.Filial tarkibiy tuzilmalari funksiyalari
11.Filial tarkibiy tuzilmalari funksiyalari quyidagilardan iborat. I.Rahbariyat. 1.Yuridik xizmatning vazifalari: Quyidagilar yuridik xizmat faoliyatining asosiy vazifalari hisoblanadi: bank filialining huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta'minlashni tashkil etish; filial tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish; filialning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish; filial xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish; shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da'vo ishlarini yuritish, filial ning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta'minlash. Filial yuriskonsultining lavozim majburiyatlari mazkur Nizomga 1-ilova qilinadi. 2.Xodimlar bilan ishlash xizmati funksiyalari: a)filialda mehnatga oid munosabatlarni mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, Mehnat kodeksi, jamoa kelishuvi, shuningdek jamoa shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinishini ta'minlaydi va filial bo‘yicha nazorat o‘rnatadi; b)O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Markaziy bank va bank Boshqaruvining me'yoriy hujjatlari talablariga rioya etib, ijrosini tashkil etadi hamda bajarilishi ustidan nazorat qiladi; v)filial xodimlarining amaliy va kasbiy sifatlarini o‘rganadi, ularni lavozim pog‘onalarida o‘sishini rejalashtiradi; g)filialda xodimlar bilan ishlash bo‘yicha ish rejasida belgilangan topshiriq va vazifalarning ijrosini ta'minlaydi; d) filialdagi bo‘sh lavozimlarni o‘z vaqtida to‘ldirilishini nazorat qiladi, har oyning 25-sanasidan kechiktirmasdan tegishli (shahar) tuman Bandlikka ko‘maklashish markaziga (mehnat birjasiga) o‘rnatilgan shakldagi ma'lumotni taqdim etadi; y)filial xodimlariga beriladigan mehnat ta'tili yillik jadvalini tuzadi va bajarilishini nazorat qiladi, shuningdek xodimlarining mehnat qonunchiligiga asosan ta'tillardan foydalanish monitoringini yuritadi; j)xodimlarning kasallik varaqalarini har oyning 25-sanasiga rasmiylashtirib, filialning Buxgalteriya hisobi va hisob-kitob bo‘limiga topshiradi; z)filialga ishga yangi qabul qilingan xodimlarni “Jamoa shartnomasi”, “Bank ichki mehnat tartibi qoidalari” hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasining “Bank xodimlarining kiyimi va ularning tashqi ko‘rinishiga qo‘yiladigan talablar” to‘g‘risidagi qo‘shma farmoyishi bilan tanishtiradi va ularga amal qilinishini nazorat qiladi; k)filialning Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi bilan hamkorlikda “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta'minoti to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta'minlaydi va nazorat qiladi; l)filialdagi barcha xodimlarning shaxsiy tarkibga oid, xizmat safari, umumiy masalalar, mehnat va o‘quv ta'tillari berish bo‘yicha buyruq loyihalarini tayyorlaydi va ularning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta'minlaydi; m)filialda kadrlar sifat tarkibini yurituvchi Markaziy bankning “Kadrlar zaxirasi” modul-dasturi va NCI elektron dasturlarini yuritadi hamda o‘zgartirishlarni o‘z vaqtida kiritib borilishini ta'minlaydi; n) filial xodimlarining shaxsiy yig‘majildlari to‘g‘ri yuritilishini ta'minlaydi, hisob-tavsif hujjatlaridagi qaydlarni ekspertiza qiladi va ma'lumotlarning to‘g‘riligini ta'minlaydi, shuningdek xodimlarining hisob-tavsif ma'lumotlariga o‘zgartirishlar kiritilganligi haqidagi xabarlarni o‘z vaqtida taqdim etilishini nazorat qiladi; o)mehnat nizolarini oldini olish choralarini ta'minlaydi, xodimlarni buyruqlar bilan yozma ravishda tanishtiradi, mehnat daftarchalarining hisobini yuritadi; p)filial xodimlarining mehnat daftarchalari hamda T-2 shaxsiy varaqchalarini talab darajasida yuritilishini ta'minlaydi; r)filial “Iqtisodiy o‘quvi” yillik rejasiga asoslanib, o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etadi hamda olib borilishi ustidan nazorat qiladi; t)filialda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish yillik rejasiga asosan filialda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etish orqali sog‘lom muhitni shakllantiradi; Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling