3.Axborot texnologiyalari sho‘basi funksiyalari:
a)filialning barcha xodimlariga elektron texnikalar bilan ta'minlanganligi, zamonay kompyuterlar, printerlarni doimiy ishlashini ta'minlash;
b)xodimlarning ish faoliyatidagi bankning dasturiy ta'minoti, tizimi barqaror faoliyat yuritishini hamda uning xavfsizligiga bo‘lgan taxdidlarni oldini olish,
v)filialda avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muxofaza qilish buyicha mas'ul xodimlarni tayinlaydi;
g)axborotni muxofaza qilish qoidalarini va chora-tadbirlarini ishlab chiqadi hamda ularga rioya etilishini nazorat qiladi;
d)filialdagi xavfsizlik va axborotlarni ximoya qilish xizmati xodimlarining faoliyatini nazorat qiladi;
ye)filialda xavfsizlik va axborotni muxofaza qilish xizmati zimmasidagi bank binolari xavfsizligini ta'minlash;
j)antivirus tashxis vositalari tarkibini va ularni qo‘llash, taftishdan o‘tkazish xamda yangilash tartibini belgilaydi;
z)antivirus tashxis vositalarini qo‘llagan holda profilaktika ishlarini o‘tkazadi;
i)avtomatlashtirilgan bank tizimini ishlatishning barcha bosqichlarida axborotlarni zarar keltiruvchi dasturlar ta'siridan uzluksiz tarzda himoyasini ta'minlash choralarini kuradi;
k)bank siri, kirish va chiqishga oid xujjatlarni ro‘yxatga olish va maxsus joyda saqlash;
l)filialda axborot xavfsizligi va texnik muxofazasi masalalarini muvofiqlashtirish hamda ularga amalaiy yordam ko‘rsatish;
m)filialda bank xavfsizligini ta'minlash va axborotlarni ximoyalash, kirib-chiqish tartibi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri” to‘g‘risidagi Qonun talablariga rioya etilishiga oid masalalarni o‘rganish va tekshirish;
n)Markaziy bankning xududiy bosh boshqarmasi Xavfsizlik va axborotlarni muxofaza qilish bo‘limi bilan xamkorlikda ishlash;
o)filial rahbari bilan birgalikda xodimlar xushyorligini oshirish va kirib-chiqish tartibi qoidasiga rioya qilish bo‘yicha profilaktik ishlarni olib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |