O`zbek tili, adabiyoti va folklori instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi
Download 0.51 Mb.
|
Zumrad dissertatsiya 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- MASHARIPOVA ZUMRAD QO`CHQORBOYEVNA
- DISSERTATSIYA
O`ZBEK TILI, ADABIYOTI VA FOLKLORI INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJA BERUVCHIPhD.03/30.12.2019.Fil.55.02 RAQAMLI ILMIY KENGASH –––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––O`ZBEK TILI, ADABIYOTI VA FOLKLORI INSTITUTI Qo‘lyozma huquqida UDK: 821.512.133 MASHARIPOVA ZUMRAD QO`CHQORBOYEVNAZAMONAVIY O`ZBEK SHOIRALARI IJODIDA ISHQ-MUHABBAT TALQINI 10.00.02 – O‘zbek adabiyotifilologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan DISSERTATSIYAIlmiy rahbar: f.f.d., dots. N.Sabirova URGANCH – 2023MUNDARIJA Kirish………………………………………………………………………………… I. BOB: O‘ZBEK SHE’RIYATINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARIGA DOIR QARASHLAR 1.1. Zamonaviy o‘zbek she’riyatining yangilanish tamoyillari……………….......... 1.2. Ayol shoiralar asarlarida ishq-muhabbat mavzusining aks etishi……………… II. BOB: SHOIRALAR IJODIDA LIRIK QAHRAMON RUHIYATI TASVIRI 2.1. Ayol shoiralar asarlarida ishq, oshiq va ma’shuqa obrazi …………………….. 2.2. Ayol shoiralar ijodida mifologik obrazlar va ertaklar…………………………… III. AYOL SHOIRALAR LIRIKASIDA POETIK OBRAZLAR YANGILANISHI 3.1. Gul va ranglar ifodasining ayol shoiralar ijodidagi o‘rni………………............... 3.2 .Ayol shoiralar ijodida poetik san’atlarning aks etiishi…………………………... XULOSA………………………………………………………………………………… FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………………….. KIRISH Zamonaviy o‘zbek adabiyoti tarixidagi ayol shoiralarning ijodiy faoliyatini o‘rganish, ulardagi o‘ziga xoslik his-tuyg‘ularning rang-barang jilosini talqin etish zaruriy ilmiy xulosalar chiqarishga asos bo‘lib qolgan. Jahon adabiyotshunosligida o‘qib borilayotgan ishlar salmog‘idan kelib chiqib, bu yo‘nalishda o‘zbek adabiyoti vakillarining ijodini o‘rganish, ularni baholash davr talabi bo‘lib qolmoqda. Xususan, zamonaviy o‘zbek shoiralari Halima Ahmedova, Zebo Mirzo, Guljamol Asqarovalar ijodiga shu jihatdan yondashuv ham dolzarbdir. Mustaqilligimiz sharofati bilan adabiyotimizni chuqur ilmiy-nazariy, falsafiy, irfoniy yo‘nalishda xolis qayta baholash imkoni tug‘ildi. Adabiy manbalarni badiiylik mezonlari asosida yangicha nuqtayi nazar bilan tadqiq etish muhim maqomga ko‘tarildi. Mazkur shoiralarning ham ijodi keng qamrovli, teran mohiyatni ham o‘zida mujassamlashtirgan, falsafiy-irfoniy ma’nolardan-da xoli emas. Xususan, ishq mavzusi olam, odam va Alloh munosabatlarini o‘zida uyg‘unlashtiradi. Agar uni faqat insonlarning insonlarga munosabati tarzida anglaydigan bo‘lsak, shoiralarning fikr-g‘oyalaridan uzoqlashib, ularning nuqtayi nazari, dunyoqarashi va hayotiy xulosalarini noto‘g‘ri tushunishimiz shubhasiz. Shoiralarning lirik me’rosini o‘rganar ekanmiz, ular ijodida tasavvuf ta’limoti g‘oyalari ham mavjud ekanligi ham ayon bo‘ladi. Shulardan kelib chiqib shoiralarning ijodiy me’roslarini o‘rganishda ularning yozgan asarlari zamiridagi ko‘p qatlamli ma’nolar qamrovi, g‘oyaviy bir-birini takrorlamaydigan rang-baranglik, ayniqsa ishq bilan bog‘liq teran mazmun, badiiy mahorat timsollar ko‘lami va mohiyati, janrlar takomili, uslublarning qo‘llanishidagi o‘ziga xosliklari kabi ko‘plab masalalarga alohida e’tibor qaratishni taqozo qiladi. Dissertatsiya ishining vazifasi sifatida mazkur muammolarni maxsus va har tomonlama o‘rganishning qo‘yilishi, uning yangilligini va dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqotining predmeti esa zamonaviy o‘zbek shoiralari Halima Ahmedova, Zebo Mirzo, Guljamol Asqarovalar ijodida ish-muhabbat talqinining namoyon bo‘lishi, an’analarning yangilanishi, his-tuyg‘ularning ramzlar timsolida ifodalanishi va boshqa o‘ziga xos jihatlarni tashkil etadi. Bu shoiralarning ijodi adabiyotdagi poetik an’analar, ularning yangilanishi, navotorlik, indivudallik va mahorat masalalari shoiralarning adabiy-estetik prensplari hamda badiiy ijodi o‘rtasidagi uyg‘unlik asosida kuzatiladi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, ushbu dissertatsiyamizda zamonaviy o‘zbek shoiralari ijodi misolida ilgari surilgan fikrlar va yondashuvlar yangi o‘zbek adabiyoti, xususan, she’riyatimizdagi poetik an’analarning takomili, yangilanishi adbiyotshunoslikda, darslik va qo‘llanmalar tayyorlashda hamda o‘zbek adabiyotidagi o‘ziga xos jihatlar va ijodkor poetik mahoratiga oid seminarlarda qo‘lash mumkinligi belgilanadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling