Dissertatsiya mavzusining o‘rganilish darajasi. Adabiyotshunoslikda ishq va muhabbat mavzusida bir qator ilmiy tadqiqotlar olib borilgan, ammo hali Halima Ahmedova, Zebo Mirzo, Guljamol Asqarovalar ijodida ishq-muhabbat talqini qay ko‘rinishda bo‘y ko‘rsatgani ilmiy-nazariy jihatdan chuqur o‘rganilib, tadqiqot ishiga tortilmagan. Odam o‘zi uchun ardoqli bo‘lgan fikrni she’rga solib aytadi, shu bilan uning yuragi tasalli topadi, dardi yoziladi.
U o‘zining bu fikrini she’r tuzilishi orqali ajratib, ta’kidlab, bo‘rttirib ko‘rsatishga erishadi. Shuning uchun ham she’r shoir qalbining aks-sadosi, Bu qalb, bu yurak shoirning kaftida va barmoqlari uchida hamki, u qo‘llar ila dunyoni paypaslab ko‘radi, o‘ziga notanish olamni tanishga urinadi. Shuning uchun ham she’riyatni shoir va o‘quvchi o‘rtasidagi dil suhbati deyish mumkin. She’rni anglash esa alohida bir iste’dod. Buning uchun anglovchida nozik fahm, nazokat va chuqur idrok bo‘lishi zarur. Bundan tashqari aynan Halima Ahmedova, Zebo Mirzo, Guljamol Asqarovalar ijodi haqida aytarli ilmiy tadqiqotlar yo‘q deyolmaymiz, bulardan Abdulla Ulug‘ovning “Hur gulsan hayot” (“Qalb qandili”), Laylo Sharipovaning “Ishqdan yaralgan she’rlar”, Madina Vahobovaning “Halima Ahmedova ijodida Navoiy ohanglari”, “Halima Ahmedova she’riyatida xitoba san’ati”, “Halima Ahmedova ijodida ishq va oshiqlik talqini” singari maqolalari, shu bilan birga Halima Ahmedovaning “Yashil” nomli kitobiga adabiyotshunos No‘mon Rahimjonov yozgan so‘zboshisi, Zebo Mirzoning “Ishq” sarlavhali kitobiga Xurshid Davronning yozgan so‘zboshisi, Guljamol Asqarova ijodi borasida ustoz, Bahodir Karimovning “Ishqparast” sarlavhali, Nodir Jonuzoqning “Guljamol opamga” nomli maqolalari ham yuksak e’tirofga sazovordir.
Dissertatsiyasining maqsadi va vazifalari. Tadqiqotimizning maqsadi Zamonaviy o‘zbek she’riyatida ayol shoiralarning tutgan o‘rni, poetik an’analarning takomili, lirik “men” ning o‘ziga xosligi, rang ramzlari, xususan, ishq-muhabbat tuyg‘usining turli manzaralari, oshiq va ma’shuqa obrazlari takomili xususida ilmiy izlanishlar olib borishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |