Aksiyalar bozori ф. Оллокулова


Kumulyativ imtiyozli aksiyalar


Download 52.6 Kb.
bet3/5
Sana26.01.2023
Hajmi52.6 Kb.
#1126519
1   2   3   4   5
Bog'liq
МБ 4-мавзу

Kumulyativ imtiyozli aksiyalar imtiyozli aksiyalar boshqa turlari orasida keng tarqalgan aksiyalardir. Kumulyativ aksiyalar emissiya qilinayotganida jamiyat ustavida belgilanishi lozim boʻlgan ular boʻyicha toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan dividendlar miqdori jamgʻarilib boriladi va keyinchalik toʻlanadi. Emitent tomonidan ushbu aksiyalar boʻyicha navbatdagi toʻlanmagan dividendlarni toʻlov- ni amalga oshirmasligi majburiyatlarni buzganlik deb qaralmaydi.

Nokumulyativ imtiyozli aksiyalar boʻyicha toʻlanmagan divi- dendlarni jamgʻarib borish mumkin emas. Agar aksiyadorlik jamiyati nokumulyativ imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlashni eʼlon qilmagan boʻlsa, aksiyadorlar hech qanday kompensatsiya (aksiya uchun qoplamalar)siz dividendlarni yoʻqotadi.

Konvertatsiyalanuvchi imtiyozli aksiyalar imtiyozli aksiyalar aniq bir turini oddiy aksiyalarga almashtirish yoki jamiyat ustavida belgilangan muddatda imtiyozli aksiyalar bir turini ularning egalari talabi bilan boshqa turiga almashtirishni nazarda tutadi. Bunday holatda, jamiyat ustavida konvertlanadigan imtiyozli aksiyalarni chiqarish davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasigacha ushbu aksiyalarni almashtirish tartibi, shu jumladan, soni, qaysi aksiya turiga (kategoriyasi) almashtirilishi, almashtirish boshqa shartlari va boshqalar aniq belgilanishi lozim.

Qatnashish huquqi mavjud imtiyozli aksiyalar – egasiga daromad olish huquqi (qoʻyilgan kapitalga qatʼiy foiz tariqasida belgilangandan yuqori qoʻshimcha dividendlar olish) va jamiyatni boshqarishda qatnashish huquqini (aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ovoz berish) beradi. Aniqrogʻi, bunday imtiyozli aksiyalar oddiy aksiyalar kabi boʻlib qoladi. Odatda, bunday aksiyalar aksiyadorlik kapitalda tegishli ulushga ega boʻlgan aniq aksiyadorlar uchun chiqariladi.

Qayta chaqirib olinadigan prefaksiyalar – korporatsiyalar qayta chaqirib olinadigan imtiyozli aksiyalarni emissiya qilganda, ularni nominalga nisbatan ustama bilan qayta chaqirib olish huquqini oʻzida qoldiradi.


Download 52.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling