Aksiz solig'i 6mm-20 guruh talabasi Jo'rayev Sirojiddin
Download 6.54 Kb.
|
Aksiz solig\'i
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2022-yil 1-iyundan aksiz solig‘i stavkalari 10% ga indeksatsiya qilinadi 28/05/2022 2022-yil 1-iyundan aksiz solig‘i stavkalari
- - Quyidagi ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlari turlarining 1000 (ming) donasi uchun 203 500 so‘m + 10 % miqdorida belgilanadi: filtrli; filtrsiz sigaretalar;
- Pivo va pivo mahsulotlari 2022-yil 1-martdan, metall idishdagi alkogol mahsulotlari uchun 2022-yil 1-noyabrdan ushbu tartib amaliyotga joriy etilishi nizomda qayd etilgan.
Aksiz solig'i 6mm-20 - guruh talabasi Jo'rayev Sirojiddin Aksiz (fransuzcha: accise – qirqib olmoq) – keng iste’mol tovarlari, eng muhim xom ashyolarga, shuningdek xizmatlar uchun davlat tomonidan solinadigan qoʻshimcha soliq turi. Muayyan tovar (muhim iste’mol tovarlari: qand, gugurt, tuz, tamaki, spirtli ichimliklar, shuningdek avtomobillar, muzlatkichlar, moʻyna mahsulotlari billur va hokazo)lar narxiga, koʻrsatilgan xizmat (kommunal, transport va boshqalar) haqiga qoʻshimcha ustama soliq sifatida qoʻshiladi va uni toʻlovchilar bevosita haridorlar hisoblanadi. Aksiz narx tarkibida muayyan qiymatda yoki narx miqdoridan ma’lum foiz hisobida koʻrinishlarida boʻladi. Aksiz davlat byudjetida daromadlarning muhim qismini tashkil etadi. Aksiz qad. Rimda kelib chiqgan. Hozirgi dunyo mamlakatlarida keng rivojlangan. Oʻzbekistonda 1996-yil 1-oktabrdan respublikaning oʻzida ishlab chikarilgan va uning hududiga chetdan keltirilgan tamaki mahsulotlari hamda spirtli ichimliklarni sotishda maxsus Aksiz markalari joriy etilgan. 2022-yil 1-iyundan aksiz solig‘i stavkalari 10% ga indeksatsiya qilinadi 28/05/2022 2022-yil 1-iyundan aksiz solig‘i stavkalari: - O'rtacha 10% ga indeksatsiya qilinadi: neft mahsulotlari (yakuniy isteʼmolchiga sotiladigan); ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotlari turlari. - Quyidagi ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlari turlarining 1000 (ming) donasi uchun 203 500 so‘m + 10 % miqdorida belgilanadi: filtrli; filtrsiz sigaretalar; papiroslar; sigarillalar (sigaritlar); bidi; kretek. Aksiz solig‘i to‘lovchilar faoliyati raqamlashtirish jarayonida 26/05/2022 Xabaringiz bor, Davlat rahbarining 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-son qarori bilan Moliya vazirligining aksiz solig‘ini to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblashni nazorat qilish funksiyasi Davlat soliq qo‘mitasiga o‘tkazildi. Shunga ko‘ra, davlat soliq xizmati organlarida aksiz solig‘ining to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblanishini nazorat qiluvchi shoʻba tashkil qilindi. Shoʻba xodimlari tomonidan korxonalarda o‘rganish hamda amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda. 01 04 Jumladan, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi mutaxassislari alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Hamkor osiyo” MChJda bo‘lib, targ‘ibot-tushuntirish tadbirlarini amalga oshirdi. Seminar davomida soliqchilar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son qarori bilan tasdiqlangan “Alkogol mahsulotlarini raqamli identifikatsiya vositalari bilan majburiy markirovkalash xususiyatlari to‘g‘risida”gi nizomda ko‘rsatilgan bandlar ijrosi bilan qiziqdi. Shuningdek, ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilar bilan ishlovchi ulgurji savdo tashkilotlari ham alkogol mahsulotlarini sotib olishga doir barcha harakatlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritish tartibiga 2021-yil 1-dekabrdan o‘tganligi, faqat mazkur tartib pivo va pivo mahsulotlari uchun 2022-yil 1-martdan, metall (alyumin) idishdagi alkogol mahsulotlari uchun 2022-yil 1-noyabrdan etib belgilangani yana bir bor eslatib o‘tildi. Bu kabi tartib alkogol mahsulotlarining chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchilarga ham taalluqli. Bu haqida yuqoridagi nizomda spirtli ichimliklar hamda vino va vinochilik mahsulotlariga 2021-yil 1-maydan, pivo va pivo mahsulotlariga 2021-yil 1-oktabrdan, shuningdek, metall, shu jumladan, alyumin idishdagi alkogol mahsulotlariga 2022-yil 1-martdan barcha maʼlumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritish joriy etilishi ko‘rsatilgan. Ma’lumot uchun, mazkur nizomga asosan, 2021-yil 1-yanvardan alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar (pivo va pivo mahsulotlari 2021-yil 1-apreldan, metall, alyumin idishdagi alkogol mahsulotlari 2021-yil 1-dekabrdan) raqamli identifikatsiyalash vositasi mahsulotning iste’mol qadog‘iga tushirilishini, alkogol mahsulotlarni markirovkalash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritilishini ta’minlashi belgilangan. Bundan tashqari, spirtli ichimliklar, vino va vinochilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar 2021-yil 1-dekabrdan alkogol mahsulotlarini agregatsiyalashni ta’minlashi yuqoridagi nizom bilan tasdiqlangan. Pivo va pivo mahsulotlari 2022-yil 1-martdan, metall idishdagi alkogol mahsulotlari uchun 2022-yil 1-noyabrdan ushbu tartib amaliyotga joriy etilishi nizomda qayd etilgan. Targ‘ibot tadbirida yuqorida keltirilgan nizomda alkogol mahsulotlari aylanmasi bo‘yicha barcha harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni markirovkalash axborot tizimiga kiritish belgilangani ta’kidlandi. Thank YOU A designer can use default text to simulate what text would look like. It looks even better with you using this text. Whoever evaluates your text cannot evaluate the way you write. Your design looks awesome by the way. TIME:XX.XX. Download 6.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling