Aksonometrik proeksiyalarda qirqim bajarish. Hisob-grafik ishlarni bajargan holatda konspekt yozadi


II-BOB. Aksonometrik proyeksiyalar va ularda qirqimlarni tasvirlashni o’rgatishni o’quvchilarning fikrlash qobiliyatdagi ahamiyati


Download 1.55 Mb.
bet2/7
Sana05.01.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1080445
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AKSONOMETRIK PROEKSIYALARDA QIRQIM BAJARISH. HISOB-GRAFIK ISHLARNI BAJARGAN HOLATDA KONSPEKT

II-BOB. Aksonometrik proyeksiyalar va ularda qirqimlarni tasvirlashni o’rgatishni o’quvchilarning fikrlash qobiliyatdagi ahamiyati.


2.1.Aksonometrik proyeksiyalarni o’rgatish metodikasi va ularda qirqimlarni tasvirlashning ahamiyati.

Amaliy jihatdan qaraganda aksonometrik proeksiyalarni o'rgatishga zaruriyat qolmaganday tuyulishi mumkin: ishlab chiqarishda u juda kam qo'llaniladi, arxitektura, qurilish chizmachiligida uning o'rniga ko'pincha perspektivadan foydalaniladi. Ammc bu mavzuni kasb- hunar kollejlari chizmachiligi kursiga kiritish zaruriyati foydasiga kamida ikkita dalil keltirish mumkin.1


Birinchisi - aksonometrik proeksiyalarning katta ta’limiy ahamiyati. Avvalambor u o’quvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o’stirish va mashq qildirish uchun ajoyib vosita hisoblanadi. Aksonometrik proeksiyalarni bajarish buyum originalining xuddi geometrik skeletini ochganday uning fazoviy shakli va tuzilishini yaqqol tasvirlaydi va fazoviy tasavvur rivojlanishiga foydali yuklama beradi.
Aksonometrik proeksiyani bajarish ayniqsa o'zini rasm chizishga qobiliyatsiz deb hisoblab yurgan o’quvchilarda alohida qoniqish hosil qilishini sezish mumkin. Aksonometrik proeksiya fazoning uchta o'lchamida joylashgan tasvirlar haqidagi hamma axborotlarni bitta tasvirda aks ettiradi. Buning natijasida bunday tasvir yuqori darajada yaqqol bo'lib, tasvir buyum shaklini to'liq tasavvur qilishda deyarli qiyinchilik tug'dirmaydi.
Ikkinchisi - yaqqol tasvirlarning katta o'quv qiymatidir. Yaqqol tasvirlar xuddi real buyum va uning to'g'ri burchakli proeksiyalari orasida bog'lovchi bo'g'in sifatida xizmat qiladi. Bu holda yaqqol tasvir va kompleks chizmalarni solishtirib chizmani o'qishga doir qator mashqlar tizimini tayyorlashga imkon beradi.
Yaqqol tasvirlar (aksonometrik proeksiya) ni o'rganish va bajarishni to'g'ri burchakli proeksi sistemasini o'rganish va chizma bajarish bilan birgalikda olib borishi kerak. Chunki yaqqol tasvirlar o’quvchilarga uchinchi proeksiyani yasashni o'rganishda asosiy tayanch bo'lib xizmat qiladi va uning yordamida o’quvchilar ikkita ko'rinish bo'yicha uchinchisini sezilarli darajada oson bajaradilar (24- shakl).

24-shakl.

Aksonometrik proektsiyaning turlarini o’rgatish. Kasb-hunar kollejlari chizmachilik kursida o’quvchilar aksonometrik proeksiyaning ikki turi - qiyshiq burchakli dimetrik proeksiyalar va to'g'ri burchakli izometrik proeksiyalarni o'rganadilar.


Ma’lumki, kasb-hunar kollejlarining muhandislik grafikasi fanlari chuqur o'rganiladigan yo'nalishlarida aksonometrik proeksiyalar mavzusiga alohida ma’ruza va amaliy mashg'ulotlar ajratiladi. Shu yo'l bilan ushbu tasvir yasash usullarini chuqur nazariy asoslari o'rganiladi. Yuqoridagilarni hisobga olib mavzuni o'rganish metodikasiga birmuncha kengroq to'xtalamiz. Darsda aksonometrik va kompleks chizmalarni o’quvchilar bilan birgalikda tahlil qilish o’quvchilarning mavzuni oson o'zlashtirishlariga hamda kompleks va aksonometrik tasvirlar o'rtasidagi chuqur bog'lanishlarni tushunishlarini osonlashtiradi.
Aksonometrik proektsiya mavzusini o’rgatishda ularni namoyish qiluvchi ko’rgazmalardan foydalanish. Aksonometrik proeksiyalar mavzusini o'rganishda ularni namoyish qiluvchi ko'rgazmalardan foydalanilsa yaxshi natijalarga erishish mumkin (25-26 -shakllar).

25-shakl 26-shakl


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling