2.3. O’quvchilarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qaratishni va yozib olishni ta’kidlaydi.
|
2.1. Eshitadi.
Navbat bilan bir-birini takrorlamay atamalarga izoh bеradi.
O’ylaydi, javob bеradi va to’g’ri javobni eshitadi.
2.2. Chizmalar va jadvallar bilan tanishib, ularning mazmunini muhokama qiladi.
2.3. Eslab qoladi.
qoidalar va ta’riflarni yozib olib ularga misollar kеltiradi.
|
3-bosqich
Yakuniy
(10 min.)
|
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va o’quvchilar e’tiborini asosiy masalaga qaratadi.
3.2. Faol ishtirok etgan o’quvchilarni rag’batlantiradi.
|
3.1. Eshitadi, o’z fikrlariga aniqlik kiritadi.
3.2. Topshiriqni yozib oladi.
|
Vizual matеriallar
1-savol. Aksonametrik proyeksiyalarda qirqimlarni tasvirlash haqida ma’lumot berish.
8-sinfda detallarning aksonometrik proyeksiyalarini qirqimsiz chizish usulini o’rgangan edingiz. Endi detalning ichki tuzilishini aksonometriyada aniqlash maqsadida qirqimni bajarishni ko’rib chiqamiz. Aksonometriyada ham qirqimlar ko’rinishlaridagi kabi frontal, profil va gorizontal qirqimlar tatbiq qilinadi.
Misol. Chizmada berilgan detalning ko’rinishlari asosida uning aksonometriyasi chizilib, qirqimlari bajarilsin.
Quyida detalning izometriyasida qirqim chizish bosqichma-bosqich ko’rsatilgan. Ellips (aylana) markazi O da x, y, z o’qlar belgilanadi (14.1-chizma, b). Ular detal asosida ham belgilanadi va detalning asosi — prizma yasaladi (14.1-chizma, d). Detal asosi ustidagi prizma hamda undagi va ostidagi ellipslar chiziladi. x va y o’qlar orqali frontal va profil kesuvchi tekisliklar o’tgan, deb faraz qilinadi. Bu tekisliklar z o’qida kesishadi. Shunda tekisliklar detalning vertikal 1—1, 2—2, 3—3 va 4—4 hamda gorizontal 1—2, 3—4 chiziqlarda kesadi (14.1-chizma, d). Bu chiziqlarning ortiqchalari o’chiriladi va chizma taxt qilinadi (14.1-chizma, e).
Detalning qirqilgan yuzalari izometriyada 14,2-chizma, a dagi kabi shtrixlanadi. O dan x, y va z o’qlarga bir xil masofalar OA = OB= OC tarzida olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |