Akt va media savodxonlik


Download 432.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana26.10.2023
Hajmi432.37 Kb.
#1725285
  1   2   3   4
Bog'liq
1NL91ODlweOHDSHR7i0lmxyW9S3URqeBKO9rCqFn



Maruzachi: Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li 
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
AKT VA MEDIA SAVODXONLIK
moduli bo‘yicha 
 
 
“Didaktik vositalar, o‘quv metodik materiallar tayyorlashda amaliy 
dasturlardan foydalanish” 
 
o‘quv kursining
“MS Excel dasturida faoliyatdagi ish hujjatlarini yaratish” 
 mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
Ma’ruzachi: Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li 
Toshkent 2021 
 


Maruzachi: Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li 
Mavzu: MS Excel dasturida faoliyatdagi ish hujjatlarini yaratish 
Reja: 
1. Elektron jadval dasturlari va ularning imkoniyatlari 
2. MS Excel dasturi imkoniyatlari 
3. 
MS Excel dasturi interfeysi va uskunalari
Tayanch tushunchalar: elektron jadval, microsoft, excel, hujjat, menyu, uskuna, 
shrift, formula, funksiya, qatorlar, kataklar. 
1. Elektron jadvallar ma’lumotlarni saqlash, tahlil qilish va tartibga solish uchun 
foydalaniladigan asosiy boshqaruv vositalaridir. Elektron jadval fayl formatlariga 
mos keladigan Windows tizimi uchun bepul dasturlari bilan quyida tanishiladi. 
Quyidatavsiya 
etilayotgan 
dasturlarning 
ba’zilari 
loyihani 
boshqarish 
xususiyatlariga ega bo‘lib boshqa ofis vositalarini o‘z ichiga oladi. Microsoft 
Office unumdorligi bo‘yicha sohada yaqqol etakchi ammo dastur pullik va undan 
barcha ham birdek foydalana olmaydi. Shu sababli ko‘plab kompaniyalar bepul 
ofis dasturlarini yaratdilar. Bu dasturlar foydalanuvchining barcha ehtiyojlarini 
qondirish uchun quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
matnli hujjatlar;
elektron jadvallar;
elektron pochta va boshqalar;
Shuni yodda tutish kerakki barcha ofis dasturlari bir xil imkoniyatga ega emas. 
Microsoft Office dasturlar to‘plamiga kiruvchi MS Excel dasturiga raqobatchi bir 
qancha dasturlar bilan quyida tanishishimiz mumkin: 
WPS Spreadsheet 
Libre Office Calc 
Google Sheets 
Zoho spreadsheet 


Maruzachi: Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li 
Ushbu paket Word, Excel va Powerpoint o‘rnini bosuvchi 3 ta dasturiy ta’minot 
variantini o‘z ichiga oladi: WPS Writer, WPS Spreadsheet va WPS Presentation.
WPS Writer doc, docx, txt, htm, dot va dotx kabi barcha asosiy hujjat fayl turlariga 
mos keladi. U MS Word hujjatlarini muammosiz ochishi va tahrirlashi mumkin. U 
tanish matnni formatlash vositalarini, shuningdek, turli shablonlarni o‘z ichiga 
oladi. Buning ustiga, u o‘rnatilgan imlo tekshirgichga ega. 

Download 432.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling