Akt va media savodxonlik


Download 432.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana26.10.2023
Hajmi432.37 Kb.
#1725285
1   2   3   4
Bog'liq
1NL91ODlweOHDSHR7i0lmxyW9S3URqeBKO9rCqFn

WPS Spreadsheet elektron jadval vositasi sifatida xls, xlsx va csv kabi ko‘plab 
elektron jadval fayl formatlarini ochish va tahrirlash imkoniyatiga ega. U 
Microsoft Excel bilan 100% mos keladi, ya’ni siz Excel fayllarini WPS elektron 
jadvalida muammosiz ochishingiz va tahrirlashingiz mumkin.
WPS elektron jadvalida yuzlab formulalar va funksiyalar mavjud. Tegishli toifani 
tanlash orqali siz izlayotgan formulani osongina topishingiz mumkin. Bunday 
funksiyalarga moliyaviy, mantiqiy, matn, sana, vaqt va boshqalarni misol 
qilishimiz mumkin. 
Libre Office Calc ko‘p funksiyali elektron jadvallar bilan ishlovchi dastur 
hisoblanadi. Calc da fon, chegaralar, tarkibni o‘zgartirish va moslashuvchan 
formatlash opsiyalari mavjud. Shuningdek, u oldindan tayyorlangan shablonlarni 
o‘z ichiga oladi va siz o‘zingizning oldindan sozlashlaringizni yaratishingiz va 
keyingi foydalanishlar uchun saqlashingiz mumkin. Calc shuningdek, bir nechta 
foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlaydi, ya’ni siz o‘z ishingizda osongina 
hamkorlikda bajarishingiz mumkin. Buning uchun elektron jadval havolasini 
baham ko‘rishingiz kerak, shunda hamkorlaringiz yoki hamkasblaringiz uni 
tahrirlashi va unga yangi kontent qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Google Sheets – bu hamkorlikda ishlash uchun qulay dasturiy vosita hisoblanadi. 
Dastur orqali nafaqat bir nechta odam bir varaqda ishlashi va real vaqt rejimida 
o‘zgartirishlar kiritishi mumkin, balki ular sharhlar va chat xususiyatlari orqali 
muloqot qilishlari ham mumkin. Agar foydalanuvchi internetdagi nosozliklar sabab 
dasturdan uzilib qolsa, kirish tiklanganidan so‘ng tahrirlash ishlarini davom etirrish 
mumkin. Ma’lumotni saqlash har bir belgini kiritish yoki kichik o‘zgarishlarni 
amalga oshirish jarayonida avtomatik amalga oshiradi. 


Maruzachi: Normatov Sulton Abdug‘ani o‘g‘li 

Download 432.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling