Aktabgacha tarbiya muassasalarida tabiat bilan tanishtirish ishlarini rejalashtirish
Tabiat bilan tanishtirish ishiga raxbarlik qilish
Download 23.05 Kb.
|
1534913697 72314
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiat bilan tanishtirish ishiga raxbarlikning asosiy yo’nalishlari
Tabiat bilan tanishtirish ishiga raxbarlik qilish
Xalq maorifining birinchi tizimi xisoblangan maktabgacha tarbiya muassasalari bolalarni har tomonlama rivojlanishida, ularni maktab ta’limiga oila bilan uzviy hamkorlikda tayyorlaydi. Bolalar bog’chasining boshqarishda asosiy rolni bog’cha mudirasi o’ynaydi. Mudiraning asosiy vazifasi bog’cha jamoasi bilan birgalikda «Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturini» barcha vazifalarini amalga oshirishdir. Maktabgacha tarbiya muassasi mudirasining faoliyati uch yo’nalishda: 1 .Tarbiyaviy — uslubiy ishga raxbarlik; Dastur vazifalarini vaqtida bajarishga yerdam ko’rsatish; ish malakasini oshirish; Ilgor pedagogik tajribani o’rganish va amalda tadbir etish. Xo’jalik masalalarini xal qilish. Ota - ona va keng jamoatchilik orasida pedagogik bilimni berilgan. Bolalar bog’chalarida uslubiyatchi va mudira ta’lim tarbiya ishiga birgalikda javobgar shaxs bo’lib xisoblanadi. Uslubiy ishlarga qo’yidagilar kiritiladi. Tarbiyachiga uslubiy yordam berish, nazorat qilish; Tarbiyachilarning ilgor ish tajribalarini targibot etish; Tarbiyachilarning tabiat uslubiyotidan malakasini oshirish; 4) Ota onalar urtasida tabiat bilan tanishtirish bilimini targibot etish. Tabiat bilan tanishtirish ishiga raxbarlikning asosiy yo’nalishlari Uslubiy xonalarda tabiat bilan tanishtirish uchun zarur bo’lgan adabiyotlar, ko’rgazmali qurollar, tarbiyachilar tomonidan tayyorlangan qolishlari bo’lishi darkor. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasining maktabgacha tarbiya konsepsiyasi, maorif vazirligining buyruk, farmonlari, tavsiyalar, uslubiy xatlar ilg’or tarbiyachilarning istiqboli hamda kundalik rejalari, ochik mashg’ulot. o’yin muxokamalari, ota - onalar uchun tavsiyalar berilishi kerak. Raxbar tarbiyachining uz uslub va usullari xazinasida ilg’orlar ishini tajribalarini xamisha taxlil qilib va anglab to’g’ri va ongli tarzda boyitishga o’rgatish lozim. Mudira bolalarning har tomonlama rivojlanishlari uchun barcha shart -sharoitlarini yaratmog’i zarur. Mudiraning ishi ijodiy xisoblanadi. Maktabgacha tarbiya muassasasi murakkab organizm, mudiraning ishi esa ko’p qirralidir. Mudira - davlat muassasasining raxbari, shuning uchun u doimo o’z ustidan ijodiy izlanishi, tabiat haqidagi qonun va qarorlarni bilib, o’rganib borishi davlatimizning xozirgi bosqichida ichki va tashki siyosatini bilishi xamda amaliy faoliyatda unga amal qilishi kerak. Mudira keng va chuqur ma’lumotli yuqori saviyali mutaxassis bo’lishi, tarbiya jarayonini yaxshi anglab yetgan bo’lishi zarur. Maktabgacha tarbiya muassasasida bolalarni tarbiyalash mudira va katta tarbiyachi metodistning o’zaro hamkorligidagi uslubiy rahbarligi qanchalik uyushqoqlik reja asosida samarali amalga oshirilayotganligiga bog’liq bo’ladi. Uslubiy ishda uyushqoqlik, reja asosida, qo’yilgan vazifalarning imkoni boricha qisqa muddatlarda xal etilishini ta’minlay bilishi, istiqbolini ko’ra olish va unga jamoani qiziqtira bilish muximdir. (2.1 - shakl) Bog’cha mudiralari o’z qo’l ostida ishlaydigan tarbiyachilarni umumiy bilimlarini xususan tabiat soxasiga oid bilimlarini tinmay oshirib borishi tabiat burchagini tashkil etish va uni yangi qo’shimcha materiallar bilan jixozlashda maslaxatlar berish, yo’l – yo’riqlar ko’rsatishi, tarbiyachi bilan birga tabiatga ekskursiyalar uyushtirish biologiyaga doir adabiyotlarni aniqlash va ularni to’plash ishiga aktiv yordam ko’rsatish lozim. Bundan tashqari ota - onalarni bog’cha maydonchasida tabiatshunoslikka oid ishlarda faol ishtirok etishga jalb etadi, bolalarni tabiatni sevish, uni asrab - avaylab o’stiradigan kishilar bo’lib yetishish ruxida tarbiyalanishiga bevosita raxbarlik kiladi. Mudira umumiy ota - ona majlisini o’tkazadi, unda bog’cha maydonchasida qilinadigan ishlarni ota - onalari bilan hamkorlikda bajarish rejasini tuzadi. Bog’chalarda bunday uslubiy raxbarlik turli shakllarda olib boriladi: pedagogik kengash, mashg’ulot, sayr, ekskursiya, o’yin, tabiatni kuzatish, pedagogik xonani ishini tashkil etish yer maydonchasida qilinadigan ishlarni maslaxatlashib olish guruxlaridagi tabiat burchagini axvolini taxlil qilish. Bundan tashqari bolalar muassasalariga doimo olib boriladigan ilmiy — tekshirish ishlari va ularning natijalarini xayotga keng joriy etmog’i zarur. Ma’lumki, bog’chalarda tabiat bilan tanishtirishning yangi - yangi uslub va shakllarni kuzatish, amaliy mashg’ulot va so’z vositasidagi ilmiy izlanishlar natijasidan xam keng foydalanishimiz kerak. Biz bu ishlarga yosh kadrlarni, talabalarni keng jalb etmog’imiz darkor. Bog’chalarda tarbiyachilarning aqliy — nazorat saviyasi, pedagogik maxorati va tabiat qonunlarini ilmiy asosda tushinib olishlari bevosita mudira raxbarligida amalga oshiriladi. Qilingan qoidaga muvofiq har bir tarbiyachi xalq maorifi bo’limi tomonidan tashkil etilgan kurslarda har yilda bir marta o’z malakasini oshirib borishi lozim. Download 23.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling