Aktiv elementlar. Pentodlarning xarakteristikalari va parametrlari
Download 98.24 Kb.
|
Aktiv elementlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron kalitning ishlashini tushuntiring.
Bloking generatori
Bloking-generator — muayyan vaq oraligʻi (intervali)dan keyin takrorlanadigan qisqa muddatli (taxminan 1 mks) elektr impulslari ishlab chiqaradigan generator; transformatorli teskari aloqa sxemasida ishlaydigan relaksatsion qurilma. Impulslar qisqauzunligini kondensator sigʻimini oʻzgartirish yoʻli bilan rostlab turish mumkin. Impuls texnika qurilmalarida, televizion va radiolokatsion yoyuvchi qurilmalarda qoʻllaniladi.Bloking-generator transformatorli musbat teskari aloqali relaksatsion generator bo‘lib, amalda katta +E quvvatli, amplitudasi qisqa impuls to‘g‘ri burchakli ko‘rinishda bo‘ladi. Chiqish kuch- lanishining katta qiymatlarini olish uchun transformatorda qo‘shimcha chulg‘amdan foydalaniladi. Generatsiyalanuvchi impuls kengligi 1—10 mks va kichik bo‘lib, impuls chuqurligi Q o‘nlab yuzlab bo‘ladi.Bloking-generator, boshqa turdagi relaksatsion generatorlar kabi, uch xil rejimda ishlaydi:avtotebratgichli rejim;kutuvchi rejim;sinxronlash rejimi.Bloking-generatorlar impuls generatori quvvati qisqa impuls- larni shakllantirishda va elementlarni taqqoslash qurilmalarida qo‘llaniladi. Elektron kalitning ishlashini tushuntiring. Implusli qurilmalarda tok va kuchlanishning kommutatsiya qilishda elektron kalitlardan foydalanildi. Elektron kalitlar ko‘p hollarda diod va tranzistorlar, ba’zan esa tiristorlar asosida yasaladi.Elektron kalit quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi. 1. Kalitning tezkorligi qayta ulanish davomiyligi. 2. Chegaraviy kuchlanish – elektron kalitning qarshiligi keskin o‘zgaradigan kirish kuchlanishi. 3. Elektron kalit sezgirligi – kalit qayta ulanishi uchun yetarli bo‘lgan kirish kuchlanishining tushuvi. 4. Elektron kalitning halaqitlarga chidamliligi – impulsli halaqitlarga sezgirligini anglatadi. 5. Elektron kalit chidamliligi. Diodli elektron kalit. Diodli kalit sxemasi 1-rasmda tasvirlangan. Zanjirdagi diod ochilishi uchun A va B nuqtalarga to‘g‘ri kuchlanishni berish lozim yoki boshqacha aytganda Esil kuchlanishi B nuqtada hosil qilgan kuchlanishdan katta bo‘lgan kirish kuchlanishi berilishi lozim. Shuni qayd qilish lozimki diodda bo‘ladigan o‘tkinchi jarayonlar tufayli qayta ulanish vaqtida zanjirdagi tok yoki kuchlanish o‘rnatilish vaqti bir qadar cho‘ziladi. Bu diodning ko‘rsatkichlari va ishlash rejimiga bog‘liq bo‘ladi Tranzistorli kalit. Impulsli qurilmalardan eng ko‘p tarqalgani bu tranzistorli elektron kalitdir. Ular asosida triggerlar, multvibratorlar va h.k. qurilmalarni tuzish mumkin. Download 98.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling