Modulyatsiyalnagn signallar
Yuqori chastotali signal ko‘rsatkichlarini past chastotali signal mos ko‘rsatkichlari bilan o‘zgartirishga
modulyatsiya deyiladi. Bunday o‘zgartirish radio chastotali (yuqori chastotali)
signal vositasida nutq, musiqa, tasvir, datchiklarning telemetrik ko‘rsatkichlarini, kodlangan boshqaruv signallari va x. k. larni uzoq masofaga uzatish uchun qo‘llaniladi.Elektronikada koʻpgina elektron asboblarning ishi elektron oqimlarini M.lashga asoslangan. Mas, kines-koplarda ekranga uzatiluvchi televizion shakllarni hosil qiluvchi elektron nuri intensivligi M.lanadi. Kli-stronlarda elektron oqimining tezligi boʻyicha M.lash oqimda elektronlarni guruxlashga olib keladi. Bu esa, oʻz
navbatida, guruxlashgan elektronlar kinetik energiyasini oʻta yuqori chastotali tebranishlar energiyasiga aylantirilishiga olib keladi. Radio- va optik diapazonlarda elektromagnit tebranishlarning hamda akustik toʻlqinlarning M.lari katta amaliy ahamiyatga ega. Maʼlumotlar uzatish
samaradorligini oshirish, turli tizim va qurilmalarda chastota taqsimotini taʼminlash, signallarning vaqtga bogʻliq parametrlarini oʻlchash uchun texnik qurilma va tizimlarda tebranishlar M.si zarur hisoblanadi. M.jarayonida tebranishning oʻzgaradigan parametrlari (chastotasi,
amplitudasi, fazasi)ga qarab uning nomlanishi belgilanadi (chastotali,
amplitudali, fazali M.).