Aktiv elementlar. Pentodlarning xarakteristikalari va parametrlari


Kuchaytirgichning kuchaytirish koefitsientini tajribada aniqlash


Download 98.24 Kb.
bet4/9
Sana19.06.2023
Hajmi98.24 Kb.
#1615736
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Aktiv elementlar

Kuchaytirgichning kuchaytirish koefitsientini tajribada aniqlash.
Kirishdagi kam quvvatli elektr signalini shaklini buzmagan holda katta quvvatli elektr signaliga aylantirib beruvchi qurilmaga elektron kuchaytirgich deyiladi. Signal quvvatini oshirish qo‘shimcha elektr manbai hisobiga amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra kuchaytrigich – bu kirish signali vositasida ta’minlovchi manba energiyasini chiqish signali energiyasiga aylantirib beruvchi qurilmadir. Mikrofon, fotoelement, termopara, pyezodatchik kam quvvatli kuchaytirgich va h.klar kirish signali vazifasini bajarishlari mumkin. Kuchaytirgich chiqishidagi signal iste’molchi yoki yuklanish deb ataluvchi qurilmaga beriladi. Ko‘p hollarda iste’molchini yuklanish qarshiligi deb ham ataladi. Telefon, karnay, galvonometr, ossilograf, rele, elektrodivigatil va h.k qurilmalar iste’molchi bo‘lishi mumkin. Kuchaytirish koeffitsenti kuchaytirgichning asosiy tavsifnomasi bo‘lib, chiqish siganali quvvatining (kuchlanishning, tokning) kirish signali quvvatiga (kuchlanishga, tokga) nisbati bilan aniqlanadi.
Kuchaytirish koefitsentini aniqlash uchun ossilograf yordamida ko’plab tajribalar amalga oshirdik misol uchun Tranzistorli kuchaytirgich,Maydonli tranzistor asosida kuchaytirgich, tranzistorni kalit sifatida qo’llash va h.k. Bu tajribalarning barchasida kirish signalidagi kuchlanish chiqish signalidagi kuchlanish qiymatidan kichik bo’ladi ularning nisbatidan kuchlanish koefitsentini aniqlash mumkin.
Televizion ko’rsatuv qanday amalga oshiriladi
Zamonaviy televizorlarning paydo bo‘lishidagi birinchi qadamni 1911 yilda rus olimi Boris Rozing qo‘ygan. Bu vaqtda kerakli patentga ega bo‘lgan va bir necha televizion tasvirlarni qabul qilgichga uzatishga muvaffaq bo‘lgan. Bunda u 1884 yilda nemis texnigi Paul Nipkov yaratgan skanerlovchi diskdan foydalangan. Rozing uncha uzoq bo‘lmagan masofaga harakatlanuvchi tasvirni uzata olgan. Birinchi televizion qabul qilgichni esa 1928 yilda Toshkentda yaratildi. Bu kashfiyotni Boris Grabovskiy amalga oshirgan bo‘lib, harakatlanuvchi tramvay tasvirini uzatish va qabul qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Televizion koʻrsatuvlar (televizion dasturlar sifatida ham tanilgan) televideniyada namoyish etiladigan barcha dasturlarning umumiy nomidir. Televizion dasturlar televizion kanallarda namoyish etiladi. Har bir dasturning muayyan muddati bor boʻlib, bugungi kunda TV koʻrsatuv va dasturlarning koʻp turlari mavjud.

Download 98.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling