Aktiv elementlar. Pentodlarning xarakteristikalari va parametrlari


Download 98.24 Kb.
bet1/9
Sana19.06.2023
Hajmi98.24 Kb.
#1615736
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Aktiv elementlar


Aktiv elementlar. Pentodlarning xarakteristikalari va parametrlari.
Elektr zanjirining elektromagnit energiya manbalari ta`sir etayotgan qismini zanjirning aktiv qismi (qisqacha aktiv zanjir) deb nomlaymiz. Aksariyat, uni o‘rtasida A harfi bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida va zanjirning qolgan qismiga ulash uchun zarur bo‘lgan sondagi klemmalar (o‘tkazgichlar) bilan chiziladi.Shunga o‘xshash, zanjirning manbalarini aktiv elementlar, qolganlarini esa passiv elementlar deb ataymiz.
Pentod [yun. pente — besh va (elektrod] — katod, anod va uchta toʻr (boshqarish, ekran, antidinatron) dan ibo-rat besh elektrodli elektron lampa; past va yuqori quvvatli xillari bor. Past kuvvatli Pentodlar yuqori va oraliq chastotali kuchaytirgichlarda ishlatiladi. Yuqori quvvatli Pentod oʻzgarmas (baʼzan, oʻzgaruvchan) tok tarmogʻi elektr energiyasini yuqori chastotali energiyaga aylantirib berish uchun ishlatiladi. Pentod yordamida chastotasi bir necha oʻn MGs gacha boʻlgan elektr tebranishlar gene-ratsiyalanadi hamda ularning kuchlanish va quvvati kuchaytiriladi
Yarimo’tkazgichli tiristorning ishlash prinsipi.
Tiristor — to‘rt qatlamli, ya’ni uchta p - n o‘tishli yarim o‘tkazgich asbobdir. Unda turli xil o‘tkazuvchanlikka ega qatlamlar ketma-ket ulanadi. Chetki p1 – qatlam — anod, n2 – qatlam katod deb ataladi. Ichki p2 va n1 qatlamlar boshqaruvchi elektrod yoki baza deyiladi. Baza qatlamlari bir xil bo‘lmaydi: n— baza p — bazaga qaraganda qalinroq va qotishma miqdori ozroq qilib yasaladi. Natijada p2 p-n o‘tishning to‘g‘rilash xususiyati juda yaxshi bo‘ladi (teskari toki kichik, teskari qarshiligi yetarlicha katta). Agar tashqi kuchlanish ortaboshlasa, qatlamlardagi tok o‘tishi bilan boglik jarayonlar sifat jihatdan o‘zgaradi. n2 o‘tishdagi teskari tokiing biroz ortishi bilan har ikki bazaga asosiy bo‘lmagan tok tashuvchilarning kirishi (tutilib qolishi) zo‘rayadi. Masalan, p2—bazada kavaklar zichligi ortadi. Bu n2 o‘tish potensial to‘sig‘ining kichrayishiga, ya’ni qarshiligining kamayishnga olib keladi. Natijada tiristordan o‘tadigan tok faqat teskari tokka emas, balki n2 o‘tishga yetib kelgan bazalardan asosiy bo‘lmagan tok tashuvchilar tokiga ham bog‘liq holda orta boshlaydi. Yuqorida keltirilgan tiristorning ishlashini uning ekvivalent sxemasida tasavvur qilish qulay. Buning uchun uni p-n-p va n-p-n turdagi tranzistorlarning qo‘shmasi deb qarash kerak (1-rasm). Bunda T1 tranzistorning emmiter toki ∆Ie1 miqdorga o‘zgarsa, uning kollektor toki ∆Ik1, ga o‘zgaradi. U son jihatdan T2 tranzistorning baza toki o‘zgarishiga teng bo‘ladi. Shuning uchun T2 tranzistorning kollektor toki ∆Ik2=∆Ib2·β2=∆Ik1·β2 miqdorga o‘zgaradi (β2 — T2 tranzistorning tok bo‘yicha uzatish koeffitsiyenti). Lekin T2 tranzistorning kollektori T1 tranzistorning bazasi bilan tutashgan. Ik2=∆Ib1 bo‘lgani uchun u T1 tranzistor emmiter tokining yanada ortishiga olib keladi. Bu tiristordagi ko‘chki jarayonini xarakterlaydi (AB chiziq).






Download 98.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling