Aktiv va passiv turizm uning ayrim turistlar qatlamiga mos kelishi


Download 13.6 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi13.6 Kb.
#186520
Bog'liq
8 Aktiv va passiv turizm uning ayrim turistlar qatlamiga mos kelis



AIM.UZ



Aktiv va passiv turizm uning ayrim turistlar qatlamiga mos kelishi.

Faollik. Turizm aktiv va passiv dam olishni o‘z ichiga oladi. Turist uchun yoqimli dam olish turini tanlash motivatsiyasi uning yoshiga, xarakteriga, hayot tarziga, qa’tiy pritsiplariga, jamiyat va boshqa omillar ta’siriga, lekin asosiysi salomatlikka bog‘liq bo‘ladi. Ishdagi faollik tinch dam olishga bo‘lgan hohishni shakllantiradi va aksincha aqliy faoliyat – jismoniy zo‘riqish, ehtiroslarga berilish va hokazolarga ehtiyojni keltirib chiqaradi. Turistning passiv dam olishga og‘ishining shuningdek mavsumiylik ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.



Iste’molchilar bozorining segmentini tanlashda dam olish turlarini aniq chegaralash kerak, ularning har biriga o‘zining iste’molchisini topish, uning ehtiyojlari va ko‘ngil yozish darajasi yanada aniqroq va to‘liqroq hisobga olish lozim. Yuqori darajadagi qiyin turlarda qatnashish uchun yosh bo‘yicha va tibbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha chegaralar qo‘yish kerak, ularni oldindan vrach bilan maslahalashib va turistlardan tavsifnoma yoki turda ishtirok etish uchun ruxsatnoma talab qilish kerak.

Shunday qilib, turistik motivlar talabning tabiiy elementi sifatida bir qator ta’sirlar obyekti hisoblanadi, qaysiki to‘g‘ridan-to‘g‘ri turizm bilan bog‘liq bo‘lmasligi mumkin, lekin shu bilan birgaturistik mahsulot va xizmatlarni tanlash va talab shakliga va umumiy hajmiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu ta’sirlardan biri asosiy bo‘lishi mumkin, boshqasi esa oddiy, lekin ularning hammasi sayohat to‘g‘risida qaror qabulishga va turistik mahsulot tanlashga o‘z ta’sirini kuchaytirishning aniq bir imkoniyatiga egadir.
Download 13.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling