FarDU - “Kimyo fani va sanoatining dolzarb muammolari” – 2023
449
5. O‘quvchilarning mustaqil ishlashini taminlash uchun topshiriqlarning
variativ bo‘lishi.
6. Topshiriqlarni o‘quvchilarning fazoviy tasavvur va tafakkurini
rivojlantirishga
Ijodiy tafakkurni rivojlantirish dasturning (haftada ikki marta) vazifasi
quyidagilardan iborat edi:
1. Konstursiya, piktogramma tili bo‘yicha mashqlar orqali obrazli tafakkurni
rivojlantirish tabiiy obyektlarning o‘xshashligi bo‘yicha ishlash.
2. Sistemali va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish, bunda o‘zaro uzoq
o‘xshashlikning boshlanishi “ha-yo‘q” o‘yini, EHM bilan muloqat, konturli
topshiriqlarni topish, “sferblat-umumiy tizim qismining sistemalari” o‘yini
kiritilgan.
3. “Yaxshi-yomon” o‘yini, ertaklardagi ziddiyatlarni izlash orqali dialiktik
tafakkurni rivojlantirish.
4. Tabiatdagi hodisalarni bevosita kuzatish asosida bolalarning diqqatini
tabiat go‘zalliklariga jalb qilish.
5. Ertaklar syujetlari bilan ishlash, turli ertaklarni tahlil qilish, tabiatdagi
o‘xshashliklarni bog‘lash asosida kichik syujetlar tuzish, bir ertak obektini ikkinchi
ertakka ko‘chirish yo‘li bilan sehrli syujetlar va effektlar yaratish, ertakli masalalarni
hal qilishda tasviriy san’at usullarini qo‘llash.
Yuqoridagi fikrlar aosida kimyo fanidan didaktik o‘yinlar ishlab chiqish va
imkon qadar kompyuter o‘yinlari tarzida yaratib, dars jarayonida foydalanish
o‘quvchilarning qiziqishini orttiradi. Kimyo fanidan yaratilgan o‘yin dasturlari
o‘quvchilarda o‘quv motivatsiyasini shakllantirishga, ijodiy fikrlashga, mustaqil
ishlash va bilim boyligini oshirishga xizmat qiladi .
O‘qituvchi o‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida “Xotira”
mashqidan foydalanadi. Bunda o‘qituvchi o‘tgan mavzularni ayta boshlaydi.
O‘quvchilar mavzuga oid tayanch tushunchalarni ta’riflaydi.
Masalan; O‘qituvchi aytadi “Moddalarning xossalari. Fizik va kimyoviy
Do'stlaringiz bilan baham: |