Akusherlik va ginekologiya, sud tibbiyoti, urologiya, anesteziologiya, reanimatologiya kafedrasi


Download 67.99 Kb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi67.99 Kb.
#1407360
1   2   3   4
Bog'liq
5-kurs Anesteziologiya fanidan ishchi dastur

Fanning vazifasi:
- og‘riqsizlantirish usullari va turlari, zamonviy ko‘p komponentli anesteziya o‘tkazishning tamoyillari, narkoz vositalari, anesteziyaning texnik ta’minlanishi bo‘yicha bilimlarni;
- patologik sindromlar va kritik holatlar rivojlanishining etiopatogenetik omillarini, ularning diagnostikasi va klinikasini;
- organizm gomeostazi muhim ko‘rsatkichlari: gaz almashinuvi, gemodinamika, suv-elektrolit almashinuvi, kislota-ishqor muvozanati buzilishlarining mexanizmlarini, ularni korreksiyalash tamoyillarini;
- infuzion-transfuzion terapiya va parenteral oziqlantirish tamoyillarini;
- kritik holatlar va patologik sindromlarda reanimatsiya va intensiv davo tamoyillari bo‘yicha bilimlarni shakllantirish.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi.
Talaba:
-og‘riqsizlantirish usullari va turlarining zamonaviy tasnifini;
-zamonviy ko‘p komponentli anesteziya o‘tkazishning tamoyillarini, narkoz vositalarini, anesteziyaning texnik ta’minlanishi;
-patologik sindromlar va kritik holatlar rivojlanishining etiopatogenetik omillarini, ularning diagnostikasi va klinikasini;
-organizm gomeostazi muhim ko‘rsatkichlari: gaz almashinuvi, gemodinamika, suv-elektrolit almashinuvi, kislota-ishqor muvozanati buzilishlarining mexanizmlarini, ularni korreksiyalash tamoyillarini;
-infuzion-transfuzion terapiya va parenteral oziqlantirish tamoyillarini; kritik holatlar va patologik sindromlarda reanimatsiya va intensiv davo tamoyillarini;
-sog‘lom turmush tarzining targ‘ibotini;
-klinik va funksional belgilarga asoslangan holda anesteziyaning adekvatiligini baholash;
-klinik va laborator ma’lumotlarga asoslangan holda nafas etishmovchiligi darajasini aniqlash va baholashni;
-klinik va laborator ma’lumotlarga asoslangan holda o‘tkir yurak qon tomir etishmovchiligining har xil shakllarida qon aylanishining buzilish darajasini aniqlash va baholashni;
-har xil kritik holatlar oqibatida rivojlangan bioximiyaviy gomeostaz va volemik holatlarning buzilish darajalarini aniqlash va baholashni;
-narkoz-nafas apparaturasini ishlashga tayyorlash, operatsion-xavf darajasini aniqlash, mahalliy va umumiy og‘riqsizlantirish asoratlarini oldini olish;
- nazofarengial kateter va niqoblar orqali kislorod terapiyasini o‘tkazish;
- klinik belgilarga asoslangan holda “klinik o‘lim” holatining diagnostikasi, EKG ma’lumotlariga asoslangan holda yurak to‘xtashi turlarini aniqlash;
- kasalxonagacha va kasalxona bosqichlarida yurak-o‘pka va miya reanimatsiyasini o‘tkazish;
- infuzion-transfuzion davo o‘tkazish (natriy bikarbonat, asosiy elektrolitlar va x.k.lar miqdorini xisoblash), ko‘nikmalariga (shu jumladan klinik amaliy ko‘nikmalariga) ega bo‘lishi kerak.



Download 67.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling