Akustika. Tovushninf fizik xususiyatlari Tovush va tovushning fizik va psixofizik xarakteristikasi
Tibbiyotda tovushni o‘lchashga asoslangan usullar va asboblar: auskultatsiya, perkussiya, fonendoskop, stetoskop, fonokardiografiya, exoensefalografiya
Download 144.6 Kb.
|
2-A.M Akustika
Tibbiyotda tovushni o‘lchashga asoslangan usullar va asboblar: auskultatsiya, perkussiya, fonendoskop, stetoskop, fonokardiografiya, exoensefalografiya.
Odamga bog‘liq bo‘lmagan holda maxsus qurilmalar yordamida tovushning baholanishi mumkin bo‘lgan obyekti v xarakteristikalari 8.11- §da ko‘rib o‘tilgan edi. Biroq tovush eshituv sezgilarining obyektiv bolgani sababli odam tomonidan u yana subyektiv ham baholanadi. Tonlarni eshitganda, odam ularni balandliklari bo‘yicha farqlaydi. Balandlik dastavval asosiy ton chastotasi bilan shartlangan tovushning subyektiv xarakteristikasidir. Balandlik tonning murakkabligi va intensivligiga juda kam darajada bog‘liq: intensivligi katta bolgan tovush birmuncha past tonli tovushga o‘xshab eshitiladi. Tovush tembri deyarli spektral tarkibi bilangina aniqlanadi. 16 - a,b rasmlarda asosiy ton va demak, tonning balandligi birday bo‘lsa- da, turli akustik spektrlar turli xil tembrga mos keladi. Qattiqlik — tovushning yana bir subyektiv bahosi bo‘lib, u eshituv sezgisi darajasini xarakterlaydi. Subyektivligiga qaramasdan tovushning qattiqligini ikki manbadan chiqayotgan tovushning eshituv sezgisiga ko‘rsatadigan ta’sirlarini taqqoslash yo‘li bilan miqdoriy jihatdan baholash mumkin. Tovush qattiqligi darajalari shkalasini tuzish asosida Veber-Fexneming muhim psixofizik qonuni yotadi. Bu qonunga muvofiq agar ta’sirot (qitiqlanish, g‘azablanish) geometrik progressiya bo‘yicha (ya’ni bir xil son marta) orttirib borilsa, u holda bu ta’sirotning sezilishi arifmetik progressiya bo‘yicha (ya’ni bir xil miqdorda) o‘sib boradi. Bu qonunni tovushga tatbiq etsak, tovush intensivligi qator ketma-ket qiymatlarga ega bo'lganda, masalan, a1I0, a2I0, a12I0 (a — biror koeffitsiyent, a>1) ularga mos tovush qattiqligining sezilishlari E0, 2E0,3E0 va hokazo bo‘ladi. Buning matematik mazmuni tovushning qattiqligi shu tovush intensivligining logarifmiga proporsional demakdir. Agar intensivliklari I va I0 bo‘lgan (I0 — eshituv bo‘sag‘asi) ikki tovush ta’sir qilayotgan bo‘lsa, Veber-Fexner qonuniga binoan biror tovushning qattiqligi unga nisbatan intensivlik bilan quyidagicha bog‘langan: E = k lg (I/I0) bu yerda k — proporsionallik koeffitsiyenti bo‘lib, u chastota va intensivlikka bog‘liq. Agar k proporsionallik koeffitsiyenti o‘zgarmas bo‘lganda edi, LB = lg(I / I0) va E = k lg (I/I0) formulalardan tovush intensivligining logarifmik shkalasi tovush qattiqligi shkalasiga mos kelishi kelib chiqar edi. Bu holda tovush qattiqligi, intensivlik kabi bellarda yoki detsibellarda ifodalangan bo‘lar edi. Biroq k ning chastotaga va intensivlikka haddan tashqari bog‘liqligi tovush qattiqligini E = k lg (I/I0) formuladan foydalanib oddiygina aniqlashga imkon bermaydi. Shartli ravishda 1 kGs chastotada tovushning qattiqligi va intensivligi bir-biriga teng deb hisoblanadi, ya’ni k = 1 va Eg = lg(I/I0) yoki LdB = 10 lg(I / I0) va αdB =20 lg (P/P1) formulaga o‘xshash holda quyidagicha ifodalash mumkin: Eф =101g(I/I0) Tovush intensivligi shkalasidan farq qilishi uchun tovush qattiqligi shkalasida detsibellar fonlar (fon) deb aytiladi. Boshqa chastotalarda tovush qattiqligini o‘lchash uchun tekshiriladigan tovushni chastotasi 1 kGs bo‘lgan tovush bilan taqqoslash lozim. Buning uchun Download 144.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling