Al-adab al-mufrad
-bob. Go'zal va yomon she'rlar haqida
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 385-bob. Shoirlarga ergashmoq haqida
- 387-bob. Sherdan ham karih korilgan narsalar haqida
- 389-bob. Orzu qilish haqida
- 391-bob. Notogri gapirishdan qaytarish haqida
- 392-bob. "Uning asli yoqtsir", deyish haqida
- 393-bob. Piching gap qilish haqida
- 394-bob. Sirni fosh etish haqida
- 395-bob. Masxara qilish haqida
- 396-bob. Ishlarda shoshmaslik haqida
- 397-5ob. Kishilarga yol korsatish haqida
- 399-bob. Zulm, buzgunchilik haqida
- 400-bob. Zulmning jazosi haqida
- 401-bob. Aslzodalik, oqsuyaklik haqida
- 402-bob. Arvohlar guruh-guruh askarlardir
- 403-bob. Taajjublanganda "Subhanalloh" deyish haqida
- 404-bob. Qol bilan yerni silash haqida
- 406-bob. Shamolni sokmaslik haqida
- 407-bob. "Yomgir falon sababli yogadi", deyish haqida
- 408-bob. Bulutni korgan kishi nima deyishi haqida
- 410-bob. Shumlanmaslikning fazilati haqida
- 411-bob. Jinlardan shumlanish haqida
- 412-bob. Yaxshilikka yoyish haqida
- 413-bob. Ismda yaxshilik alomatini korish haqida
382-bob. Go'zal va yomon she'rlar haqida 888-hadis 882-hadisning aynan takroridir. 889. Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "She'r so'zining qandayligiga qarab belgilanadi: yaxshisi yaxshi so'z, yomon, qabihi esa, axloq-siz so'z kabidir", dedilar". Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 139 890. Urva naql qildi: "Hz. Oyisha (r.a.) dedilar: "She'rning yaxshisi ham bo'ladi, axloqsizi ham. Yaxshisini oling, axloqsizlarini tashlang". 891-hadis 342-bobdagi 815-hadsjing takrori, faqat bunda roviy aniq emas. 892-hadis 883 va 885-hadislarning takrori, fadat bundaAnas ibn Sari' deyil-gan, tahrirda Asvad nomi Anas bo'lib xato ketgan bo'lishi mumkin. 383-bobdagi 893-hadisda 346-bobdagi 822-hadis mazmuni takrorlangan, faqat bunda Rasu-lumoh (s.a.v.): Umayyaning she'rlaridan uning yaqinda musulmon bo'lishji angla-sa bo'ladi", deb marhamat qildshar. 384-bobdagi 894-hadis 884-hadisning tak-Rori, faqat bu hadis Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilingan. 385-bob. Shoirlarga ergashmoq haqida 894. Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilinadi: "Alloh taoloning ushbu: "Shoirlarga yo'ldan ozganlar ergashurlar. Ularning har vodiyda (mavzuda) daydishlarini ko'rmadingizmi? O'zlari qilmagan narsalarni gapirishlarini ham?" (26:224, 225, 226) - degan oyatlari tushgach, unga ushbu istasno oyati ham tushdi" - deb "Shuaro" surasining 227-oyatini o'qidilar. 385-bobning 896-hadisi ham 894-hadisning takroridir.386-bob. Bayonning jozibador, sehrli usuli haqida 896. Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Bir kishi yoki bir a'robiy Rasululloh (s.a.v.)ning oldilariga keddi va ochiq, go'zal jumlalar bilan so'zladi. Payg'ambar ^s.a.v.) (uning gaplarini yoqgirib): "Bayon uslubida ham joziba bordir, ba'zi she'rlar hikmatdir", dedilar. 897. Amr ibn Salomdan rivoyat qilindi: Abdulmalik ibn Marvon farzatstsiga Sha'biyni tarbiyachi qilib olib keddi va: "Ularga she'r (san'atini) o'rgatginki, el ichida bu borada mashhur bo'lsinlar; ularga go'sht berginki, yuraklari baquvvat bo'lsin; ularning sochlarini olib turginki, bo'yinlari mustahkam bo'lsin; ular bilan odamlarning sharaflilari yonida o'tirginki, toki ular bilan munozara qila bilsinlar. 387-bob. She'rdan ham karih ko'rilgan narsalar haqida 898. Hz.Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) "Insonlarning eng katta gunohkori qabilasini hajv qilgan shoir va otasini inkor qilgan (undan kechgan) odamdir", dedilar". 388-bob. Ko'p gap haqida 899. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) zamonlarida Mashriqdan ikki xatib (notiq) kelib nutq so'zladi, so'ng Rasululloh (s.a.v.)ning xatiblari Sobit ibn Qays (r.a.) gapirdi, odamlarga ikki xatibning gaplari yoqdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) turib so'zladilar va: "Ey, insonlar, qisqa so'zlang, chunki gaplarni bezab gapirish shaytondandir", dedilar". So'ng: "So'zning ham sexri bor", dedilar. 900. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Bir kishi xalifa Umar (r.a.) ishtirok etgan bir yig'inda nutq so'zladi. Uzoq, ezmalanib gapirdi. Hz. Umar (r.a.):"Ezmalanib gapirmoq shaytondandir", dedilar. Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 140 901. Abu Yazid (r.a.)dan rivoyat qilinishiga ko'ra, Rasululloh (s.a.v.): "Sizlar hammangiz masjidlaringizda to'planing, qaysiki masjidda qavm to'la ravishda to'plangach, meni chaqi-ringlar", deb marhamat qildilar. Bizning masjidimizda birinchi bo'lib qavm to'plandi. Rasululloh (s.a.v.)ni taklif qildik. Ul zot kelib o'tirishlari bilan bir kishi: "Allohga hamd aytamiz, ammo bu hamd uchun na oldimizda bir maqsad bor, na ortidan keladigan bir manfaat bor", dedi.Rasululloh (s.a.v.) uning bu gapidan ozorlanib, mas- jiddan o'sha zahotiyoq chiqib ketdilar. Biz ham xafa bo'lib bir-birimizga qarab qoldik. Bildikki, Rasululloh (s.a.v.) boshqa bir masjidga ketganlar, ortlaridan izlab bordik va bir masjidda o'tirganlarini ko'rib, biz.ham o'sha masjidga kirib o'tirdik. "Istaganini oldiga, istaganini ortiga qo'ygan Allohga hamdlar bo'lsin, haqiqatda jozibador so'zlar bor", dedilar Rasululloh (s.a.v.). So'ng bizlarga haqiqatdan ta'lim berdilar. 389-bob. Orzu qilish haqida 902. Oyisha (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) ke-chalarning birida uyqusizliqdan qiynaldilar va: "Qani endi hozir sahobiylarimdan biri kelsa-yu, tuni bilan meni qo'riqyaasa", dedilar. Shu payt qurol-yarog'ning sharaqlagan ovozini eshitdik. Ul zot: "Kim u?" - dedilar. "Sa'dman, ey, Rasulalloh, sizni qo'riq-lash uchun keldim". dedi kelgan kishi. Keyin Rasulul-loh (s.a.v.) uxladilar, hatto ul zotning xurrak to-vushlarini eshitdik. O'sha paytda Madinada tashqi va ichki dushmanlar xavfi kuchli bo'lib, ularning nogahoniy hujumidan saqlanish kerak edi. 390-bobdagi 903-hadis 142-bobdagi 306-hadisning takrori. 391-bob. Noto'g'ri gapirishdan qaytarish haqida 904.Nofi' aytdilar:"Abdulloh ibn Umar far-zandlarini noto'g'ri, g'aliz gapirishdan qaytargan edilar". 905. Abdurrahmon ibn Ijlon aytdilar: hz. Umar o'q otishayotgan ikki kishining oldidan o'tdilar. Ularning biri ikkinchisiga: "sod" harfi bilan "asobta" - "mo'ljalga tekkizding", deyishning o'rniga "sin" harfi bilan "asabta" - "so'kding", dedi. Shunda hz. Umar: "Noto'g'ri gapirish noto'g'ri o'q otishdan og'irroqdir", dedilar. 392-bob. "Uning asli yo'qtsir", deyish haqida 906. Oyisha onamiz dedilar: "Odamlar Payg'ambar (s.a.v.)dan kohinlar haqida so'radilar. Ul zot: "Ular ishlarining asli yo'q", dedilar. Odamlar: "Ey, Rasulalloh, ular aytgan narsayaarning ba'zisi to'g'ri chiqadi", deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "O'sha to'g'ri gaplarni hayton o'g'irlab qochadi va do'sti (ya'ni sehrgar, folbin)ning quloqlariga tovuqday qu-qulab yetkazadi. Keyin ular bir rost gapning yoniga yuzlab yolg'onni qo'shadilar", dedilar. 393-bob. Piching gap qilish haqida 907. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) safarlarining birida tuyalarini Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 141 haydab bo-rayotgan tuyabonga: "Hay-hay Anshaja, shisha idishlar (ya'ni ayollarga) yumshoq muomala qil!" dedilar. 908. Abdulloh ibn Umar (r.a.) otalari hz. Umar (r.a.) dan naql qildilar: "Kishi eshitgan narsasini gapiraverishi yolg'onchiligi uchun yetarlidir". Umar (r.a) aytdilar: "piching gap qilish musulmonning yolg'ondan saqlanayotganiga yetarli (dalil) emasmi?" 909. Abdulloh ibn Shaxir aytdilar: "Men Imron ibn Husayn bilan Basragacha hamroh bo'ldim. U har kuni: "Piching gapda yolg'on bo'lishi muqarrardir", deb she'r o'qirdi. 394-bob. Sirni fosh etish haqida 910. Amr ibn Os (r.a.) aytdilar: "Qadarning ichida bo'la turib, taqdirdan qochgan odamga hayron bo'laman. Do'stining ko'zidagi gardni ko'radi, o'zining ko'zidagi xoda bilan ishi yo'q. Men og'zi bo'sh odamga sirimni aytib qo'yib, so'ngra uni malomat qilmagan-man. Axir, (sirni ochyb qo'ygani uchun) qanday uni malomat qilayin, o'zim sirni ichimda saqiay olmagan bo'lsam?! Ya'ni "Gapirmaganing o'zinpshki, gapirganing birovniki", demoqchi (t.). 395-bob. Masxara qilish haqida 911. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Boshiga musibat tushgan odam bir to'da ayollarning oldidan o'tayotganida ayollar uning ustidan kulib masxara qildilar. (Oqibatda) ulardan ba'zilarining boshiga ham musibat tushdi". 396-bob. Ishlarda shoshmaslik haqida 912. Zuhriy (r.a.) Baliy qabilasidan bo'lgan bir ki-shidan riyuyat qilib, aytdilar: "Men otam bilan Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldim. Otam ul zot bilan mensiz sekin-sekin gaplashdilar. Men otamdan: "Ul zot sizga nima dedilar?" - deb so'radim. "Bir ish qilmoqchi bo'lsang, uni shoshmasdan, sovuqqonlik bilan qilginki, Alloh senga bu yo'lda najot eshigini ko'rsatadi yoki Alloh senga bir najot yo'li paydo qiladi", deb aytdilar", dedilar". 913. Muhammad ibn Hanafiya dedilar: "Kimgaki bir qarindoshi yomonlik qilaversa, Alloh taolo undan qutilish yo'lini ko'rsatmagunga qadar o'sha qarin-dosh bilan yaxshi muomala qilib gurmasa, u aqyali odam emasdir". 397-5ob. Kishilarga yo'l ko'rsatish haqida 914. Baro ibn Ozib (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasu-lulloh (s.a.v.): "Kimki birovga hadya bersa yoki unga to'g'ri yo'lni ko'rsada, odamlarni badal to'lab (asir-liqdan) ozod qilganchalik savobga ega bo'ladi", dedilar". 915. Abu Zarr (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Do'sting-ning chelagiga o'z chelagingdan suv quyib qo'yishing ham sadaqadir, do'stinpta tabassum bilan qarashing ham sa-daqadir, odamlar o'tadigan yo'ldan tosh, tikon va suyaklarni olib tashlashing ham sadaqadir, yo'ldan adashgan bir kimsaga to'g'ri yo'lni ko'rsatash ham sadaqadir". Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 142 398-bob. Ko'zi ojizlarni adashtirish haqida 916. Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Kim ko'zi ojiz kishilarni adashtirsa, unga Allohning la'nati bo'lsin!" - dedilar". 399-bob. Zulm, buzg'unchilik haqida 917. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Makkadagi uylarining hovlisida o'tirganlarida oldilaridan Usmon ibn Maz'un (r.a.) o'tib, Payg'ambar (s.a.-v.)ga qarab kulimsiradi. Rasululloh (s.a.v.) shunda unga: "Kel, o'tir", dedilar. U "Xo'p", dedi. Ul zot uning ro'parasiga o'tirdilar. Unga gapirayotab ko'zlarini osmonga tikdilar va: "Hozirgana sen o'tirgan vaqgda Allohning elchisi (Jabroil (a.s.) mening yonimga keldi", dedilar. Usmon: "U nima dedi sizga?" - deb so'ragan edi, ul zot "Nahl" surasi 90-oyatni o'qib berdilar. Usmon: "Bu qalbimda imon o'rnashib, Muhammad (s.a.v.)ni yaxshi ko'rib qolganimda ro'y bergan edi", dedi". 400-bob. Zulmning jazosi haqida 918. Ubaydulloh ibn Anas otasidan, u esa bobosidan nakl qilgan. Rasululloh (s.a.v.) aytmishlar: "Har kim ikki qizni tarbiyalab voyaga yetkazsa, u men bilan jan-natda mana shunday bo'ladi". deb ikki barmoqiarini juftlab ko'rsatdilar. Roviy Muhammadning aytishicha, Rasululloh (s.a.v.) shahodat barmoqlari bilan o'rta barmoq-larini juftlab qo'rsatganlar. 919. Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilar: "Qarin-doshlik rishtalarini uzish va zulm insonning bu dunyodayoq jazo olishini tezlashtiradigan ikki (gunoh) eshigidir". 401-bob. Aslzodalik, oqsuyaklik haqida 920. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat etilishiga ko'ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday deb marhamat qildilar: "Aslzoda, ya'ni karim o'g'li karim, karim o'g'li karim, karim o'g'li karim, Ibrohim naslidan Ishoq o'g'li Ya'qub, Ya'qub o'g'li Yusufdir". 921. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Qiyomat kunida do'stlarim taqvodorlardir, nasablar bir-biriga har qancha yaqin bo'lsa ham. Odamlar mening oldimga amallar bilan kelmaydilar. Sizlar dunyoni gardaningizga osib kelasiz va: "Ey, Muhammad!" - deya yordam so'raysiz. Men: "Shutsday-shuvday, yo'q", dey-man", dedilar va ikki tomonlarini ko'rsatdilar". 922. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Men hech kimni ushbu oyatga amal qilayotganini ko'rmayapman: "Ey, insonlar! Darhaqiqat Biz sizlarni bir erkak (Odam (a.s) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishingiz uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila (elat)lar qilib qo'ydik. Albatta, Alloh nazdida eng (azizu) mukarramrog'ingiz taqvodorrog'ingizdir..." (49:13). Odamlar bir-birlariga "Men sendan hurmatliroqman!" - deydi. Holbuki, birov birovdan faqat Alloh taologa qilgan taqvosi bilangina ustun va hurmatlidir". Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 143 923. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Hurmatga sazovorlikni siz nima deb o'ylaysiz? Alloh taolo hurmatga sazovorlik, oliyjanoblikni bayon qilib bergan:sizlarning hurmatlirog'ingiz taqvodorroshngizdir. As-lzodalik, oqsuyaklikni nima deb o'ylaysiz? Aslzoda-likda eng afzalingiz xulqi eng go'zal bo'lganingizdir". 402-bob. Arvohlar guruh-guruh askarlardir 924. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) ning: "Arvohlar guruh-guruh askarlardir. Ular-dan (ruhlar olamida) tanishganlari bu dunyoda ham bir-birlari bilan hamkorlashadilar, gaplari gaplariga to'g'ri keladi, (U yerda) tanishmaganlari esa, bu dunyoda ham o'zaro ixtilofga boradilar", deganlarini eshitdim". 925-926-hadislar 924-hadisnjg aynan takrori bo'lib, 925-hadis ham hz. Oyishadan boshqa so'z qurshshshida ifoda etilgan, 926-hadis Abu Huray-radan rivoyat tsilingan. 403-bob. Taajjublanganda "Subhanalloh" deyish haqida 927. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini eshitdim: "Bir cho'pon qo'ylarini qo'riqlab turganda, bir bo'ri hujum qilib bir qo'chqorni olib ketdi. Cho'pon uning ortidan tush-ganda bo'ri unga qarab: "Qo'ylaringning mendan boshqa cho'poni yo'q bo'lgan dahshatli, og'ir kunda ularga kim qarab turadi?" - deydi". Shunda odamlar "Subhanalloh!" - deb yubordilar. Rasululloh (s.a.v.): "Bunga men, Abu Bakr va Umar ishonamiz", dedilar".Kimdir biron ajabtovur rivoyatni yoki hikoyani yoxud voqeani ayt-sa, ajablanish va ishonmaslik ma'no-sida "Subhanalloh", deb qo'yi-ladi. Rasululloh (s.a.v.) suhbatdoshlariga voqeani aytib berganlari-da ular nshonqiramay "Subhanalloh" dedilar. Rasululloh (s.a.v.) shuning uchun ham ularning ajablanishiga chandon e'tibor bermay "Bunga men, Abu Bakr va Umar ishonamiz", deb gapni muxtasar qildilar . 928. Hz. Ali (k.v.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir janoza paytida qo'llariga bir narsa olib tuproqni titdilar va: "Sizlardan har biringizning do'zahdan va jan-natdan joyi hozirlangan", dedilar. Sahobiylar: "Ey, Rasululloh, biz taqtsirimizga ishonib amalni tark etamizmi?" - deb so'radilar. Ul zot: "Amal kdling, zero har kim o'z xilqatiga moyil qilib qo'yi-ladi". Yana dedilar: "Kimki saodat ahlidan bo'lsa, unga saodat amallari osonlashtirib qo'yiladi, kimki badbaxtlardan bo'lsa, unga badbaxtlik ishlari oson kdlib qo'yiladi". So'ng ushbu oyatlarni o'qidilar: "Bas, kimki (zakot va sadaqotlarni) bersa, va (Allohdan) qo'rqsa, hamda go'zal (narsa)ni tasdiq eda, bas, unga osonlikni muyassar qilurmiz" (92:5-7). Har kim o'z xilqatiga moyil qilib qo'yiladi; ya'ni taqdirida jannatiyligi bitilgan bo'lsa, saodat yo'li, do'zaxiyligi bitilgan bo'lsa zalolat va sharorat yo'liga solinadi. 404-bob. Qo'l bilan yerni silash haqida 929. Usayd ibn Abu Usayd onalaridan rivoyat qildilar. Onalari aytdilar: "Men Abu Qatoda (r.a.)ga: "Nimaga siz boshqa odamlarga o'xshab Rasulullohdan hadis rivoyat qilmaysiz?" - deb so'radim. Abu Qatoda (r.a.): "Men Rasululloh (s.a.v.): "Kimki yolg'on hadisni Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 144 menga nisbat bersa, u do'zahda yonboshi bilan yotishi uchun (joy-ini) tekislayversin", deb qo'llarini bilan yerni silab ko'rsatganlarini eshitganman", dedilar". 405-bob. Sannon haqida 905-hadis. Abdulloh ibn Mag'fal Muzaniy aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) sannondan qaytarganlar va: "U ovda biror hayvonni o'ldirmaydi, dushmanni qiyratolmaydi, u faqat kuzni chiqaradi va tishni sindiradi", deganlar. Arablarda qadimdan sannon bo'lgan, lekin hozirgi rogatkadan farqli ravishda ko'rsatkich barmoq bilan o'rta barmoqqa sannon bog'lab tosh va shunga o'xshagan narsalar otganlar. 406-bob. Shamolni so'kmaslik haqida Mazkur kitobning 298-bobi ham ana shunday sarlavhalangan, bobdagi 741-hadis ham Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan. Bu sarlavha va hadis mazmunini takroran keltirishimizning sababi, voqea va sabab to'liq yoritilgan. 931. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Makka yo'lida sha-mol turdi. Hajga borayotganlar orasida Umar ibn Xattob (r.a.) ham bor edi. Shamol tezlashgandan tezlashdi. Umar (r.a.) atrofidagi kishilarga: "Shamol nimadir?" - dedi. Odamlardan ba'zilari bir nimalar deyishdi, anglab bo'lmadi. Mening xayolimga lop etib bir gap keldi. Umar (r.a.)ga yaqinlashib:"Shamolga taalluqli savo-lingiz menga endi tushunarli bo'ldi, men Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini eshitganman: "Shamol Alloh rahmatidandir, u rahmat keltirishi ham, azob kelgirishi ham mumkin. Aslo shamolni so'kmangiz". 407-bob. "Yomg'ir falon sababli yog'adi", deyish haqida 932. Zayd ibn Xolid Juhaniy aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Hudaybiyada bomdod namozini kechasi yoqqan yomg'irdan so'ng bizga imom bo'lib o'qidilar. Namozdan keyin Rasululloh (s.a.v.) odamlarning oldiga kelib: "Bilasizlarmi, Rabbingiz nima dedi?" - deb so'radilar. Ular: "Alloh va Rasuli bilguvchiroqdir", deb javob berishdi. Ul zot: "Alloh taolo: "Bandalarimdan ba'zisi mo'min bo'lib, 5sha ba'zilari kofir bo'lib tong otgaradi, kimki "Yomg'ir Allohning fazlu marhamagi sababli yog'adi", desa, U Menga inonib yulduzlarga kofir bo'lgan bo'ladi. Yana kimdir: "Yomg'ir mana shu-shu sabablarga ko'ra yog'adi", desa u Menga kofir bo'lib, yudduzlarga iymon keltirgan bo'ladi", deya marhamat qildi", dedilar". 408-bob. Bulutni ko'rgan kishi nima deyishi haqida 933. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) (osmonda) bulugai ko'rsalar, hovlidan uyga, uydan hovliga kirib chiqaverardilar va yuzlari o'zgarardi. Yomg'ir yog'gandan keyingina o'zlariga kelardilar". Oyisha (r.a.) bu holatlarini o'zlariga aytganlarida, ul zot (s.a.v.): "Qaerdan bilaman, balki Alloh azza va jalla aytgani-dek bo'lar: "Bas, qachonki, ular o'sha (azob)ni o'z vodiylariga qarab kelayotgan bir (qora) bulut holida ko'rishgach: "Bu bizlarga yomg'ir keltiruvchi bulutdir", dedilar. Yo'q, u o'zlaringiz uchun qistagan narsa bo'rondirki, unda (sizlarga atalgan) alamli azob bordir" (46:24). Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 145 409-bob. Shumlanish haqida 934. Ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Shumlanish shirkdir. Holbuki, ba'zi narsalardan shumlanish tuyg'usini ozgina bo'lsa ham qalbidan kechirmagan kishi yo'q. Alloh bu tuyg'uni tavakkul bilan bartaraf qildi", deb marhamat qildilar. Ya'ni shumlanishning o'rniga tavakkul qilishga buyurdi . 935. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.-v.)ning: "Shumlanishning yaxshisi yaxshilikka yo'yishdir", dedilar. "Yaxshilikka yo'yish nima?" deb so'rashdi. Ul zot (s.a.v.): "U har biringiz eshitadigan yaxshi so'zdir", dedilar. Hadis mazmuni, vallohu a'lam, shunday: dilida g'alamislik bo'lgan yoki ko'ngli nimadandir g'ash, g'ayratsizligi 410-bob. Shumlanmaslikning fazilati haqida 936. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Bir haj mavsumida menga ummatlarni ko'rsatishdi. Men ummatimning kupligi-dan xursand bo'ldim. Ular tekisligu tog'larni to'ddirib turgandilar. "Rozimisiz, ey, Muhammad?" - deb so'rash-di. Men: "Ha, Parvardigorim, roziman", dedim. Alloh jalli va 'alo: "Bulardan yetmish minggi jannatga bes-o'roq kiradi. Ular sehrgarlik qilmaydigan, o'zlarini kuydirmaydigan, shumlanmaydigan va Parvardigorlariga tavakkul qiladigan zotlardir", dedi. Ukosha (r.a.): "Ey, Rasulalloh, duo qiling, Alloh meni ham ana shular qatorida qilsin", dedilar. Ul zot: "Allohim, buni ham ana o'shalar qatoridan qilgin", deb duo qildilar. Yana bir kishi ham: "Meni ham duo qiling, Alloh meni o'shalardan qilsin", degan edi, Rasululloh (s.a.v.): "Bu borada Ukosha sendan ildamlik qildi", dedilar. 411-bob. Jinlardan shumlanish haqida 938. Alqama onalaridan rivoyat qildilar: "Bir chaqa-loq tug'ilsa, Oyisha (r.a.)ning oldilariga olib keli-shar, Oyisha (r.a.) unga barokat tilab duo qilar edilar. Yana bir boshqa chaqaloqni oldilariga olib kelishdi. Chaqaloqning yostig'i ostidagi ustarani ko'rib, buning sababini so'radilar. "Jinlardan sakdanish uchun", deb javob berishdi. Oyisha (r.a.) ustarani uloqgirib yubordilar. Ularni bunday qilishdan qaytarib: "Rasululloh (s.a.v.) shumlanishni yomon ko'rardilar", dedilar". 412-bob. Yaxshilikka yo'yish haqida 939. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Hech qanday ilatning yuqishi va shumlanish yo'q, menga yaxshii so'z -" yaxshilikka yo'yish yoqadi", dedilar. 940. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Boyo'g'lidan shum-lanish behuda narsadir1, eng to'g'risi - yaxshilikka yo'yishdir, ko'z(ning tegishi) haqiqatdir". 413-bob. Ismda yaxshilik alomatini ko'rish haqida 941. Abdulloh ibn Soib (r.a.) aytdi Rasululloh (s.a.v.) Hudaybiya sulxida o'sha yerda Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 146 edilar. Keyin Usmon ibn Affon (r.a.) shunday xabar berdilar: Suhayl ibn Amr (r.a.)ni "Bu yil qaytib ketasizlar va kelasi yili (biz Makkani sizlarga) uch kunga bo'shatib beramiz", degan shart bilan sulh tuzish uchun yubordilar. Suhaylning kelayotganidan ul zotga xabar berishganda: "Alloh ishlarimizni oson qilsin!" - dedilar. Bu o'rinda "Suhayl" so'zining ma'nosiga ishora qilinmokda. Zero "Suhayl" arabcha "Sahl" so'zidan olingan bo'lib, "oson", "engil" deganidir. 1 Arablar boyo'g'lidan shumlanishardi. Xalqning aqidasiga ko'ra, agar qatl qilinganlarning qasosi olinmasa, ularning ruhi boyo'g'-liga aylanar va: "Meni qondiring! Meni qondiring!" - deb qichqi-rarmish! Qasosi olingach esa, uchib ketarmish! Islom vujudga kel-gach, bu kabi botil qarashlarni rad etdi. (F.s). Hozirgi zamonda ham ko'pgina xalklarda boyo'g'lidan shumlanish odati qolgan, jum-ladan, boyo'g'li sayrasa, unga tosh otish kabi odatlar bor. Bu botil narsalar insonni yo'ldan adashtiradi. Download 5.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling