Al-adab al-mufrad
-bob. Odamlarning tik turishlarini yoqtirmagan kishi haqida
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 438-bob. Oyogi uvishgan kishining nima degani haqida
- 440-bob. Yosh bolalar bilan qol berib korishish haqida
- 441-bob. Qol berib sorashish haqida
- 442-bob. Ayol kishi yosh bolaning boshini silashi haqida
- 443-bob. Quchoqlash haqida
- 445-bob. Qol opish haqida
- 446-bob. Oyoqni opish haqida
- 447-bob. Birovga tazim qilib orindan turish haqida
- 448-bob. Salomning boshlanishi haqida
- 449-bob. Salomni keng yoyish, oshkora qilish haqida
- 451-bob. Salomning fazilati haqida
- 452-bob. "As-Salom" Allohning ismlaridan biri ekanligi haqida
- 454-bob. Yurib ketayotgan otirganga salom berishi haqida
- 456-bob. Piyoda otliqqa salom beradimi
- 458-bob. Kichiklarning kattalarga salom berishi haqida
- 460-bob. Ishora bilan salom berish haqida
- 461-bob. Salomni eshittirib aytish haqida
- 463-bob. Yiginga kelganda salom berish haqida
- 465-bob. Turganda salom berish kishining haqidir
- 466-bob. Korishish uchun qoliga xushboy narsa surish haqida
436-bob. Odamlarning tik turishlarini yoqtirmagan kishi haqida 988-hadis 430-bobdagi 975-hadisnshg takroridir. 989. Ansorlardan biri farzand ko'rib, ismini Muxammad qo'ydi. Ansorlar unga: "Biz sizni Rasulullohning ismlari bilan kunya qilib chaqirmaymiz", deyishdi. (Ya'ni sizni "Ey, Abu Muhammad demaymiz", deyishmoqchi.) Yo'l ustida ul zotdan qiyomat haqida so'raymiz, deb o'tirgandik. Rasululloh (s.a.v.): "Mening oldimga qiyomat haqida so'ragani keldinglarmi?" - dedilar. Biz: "Ha", dedik. Ul zot: "Har bir nafas oluvchi jon zoti borki, unga ajal (yoki qiyomat) 100 yilda (bo'lsa ham) keladi", dedilar. Biz: "Ansordan bir kishi farzand ko'rib, ismini Muhammad qo'idi. Biz unga: "Biz sizni Rasululloh (ismlari) bilan kunyalamaymiz", dedik. Ul zot: "Yaxshi aytibsizlar. Mening ismimni ko'yinglar, lekin kunyam bilan kunyalamanglar", dedilar". Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 154 437-bob. Dunyo ishlariga bog'liq yaxshi bir o'git 990. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasu-lulloh (s.al.) Oliyaning bir qismidagi bozor ichi-dan o'tib borar edilar, odamlar atroflarini o'rab olishdi. Shunda o'lib yotgan, quloqlari kesik bir uloqchaning oldidan o'tib qoldilar. Uni qo'llariga olib: "Qaysi biringiz mana shunga bir dirham berasiz?" - dedilar. Odamlar: "Biz uni nima qilamiz?" - deyishdi. "Buni sizniki bo'lishini xohlaysizmi?" - dedilar. Odamlar: "Yo'q", deb javob berishdi. Yana uch bor shunday deb so'radilar. Odamlar: "Xudo haqi, xohlamaymiz! Bu uloqcha tirik bo'lganda ham qulog'i yo'qligidan aybi bor, deb sotib olmasdigu, holbuki, u o'limtik bo'lsa!" - deyishdi. Ul zot: "Allohga qasamki, Alloh taolo uchun dunyo mana shu uloqcha sizga hech qanday qadri bo'lmagandek, qadrsizdir", dedilar". Oliya - Najdaning yuqori qismidan Taxomagacha va Makkagacha bo'lgan hudud nomi. 991. Utayya ibn Zamra aytdilar: "Men otamning Huzurlarida johiliyat odatlarini tark qilmagan bir kishini ko'rdim. Otam uni i'dod qildilar va kunyasi bilan chaqirmadilar. Do'stlari otamga qarab turgan edilar, otam ularga: "Sizlar bu ishga qarshimisiz-lar? Men bu ishda hech qachon qo'rqmayman. Chunki Rasu-lulloh (s.a.v.)ning: "Kim johiliyat bilan o'zini bog'-lasa uni i'dod qilinglar vaunga kinoya gapirmang-lar", deganlarini eshitganman" - dedilar. Hadisdagi arabcha "a'adda"("zod" harfi bilan) fe'lining ma'nosi "bir narsani tishi bilan tutish", "tishlash" dir. Bu hadisdan ko'zlangan ma'no shuki, kimki o'zini johiliyat davriga mansub deb bilsa va johiliyat davrining so'kish va shu kabi yomon odatlarini qayta tiklamoqchi bo'lsa, unga otasining butlarga ibodat qilgani, zino va boshqa qabih ishlarni qilganini esla-tib, uni gap bilan "uzib" olish kerak. U kunyasi bilan chaqiril-maydi, toki odamlarning undan yuz o'girishlaridan qo'rqib, bu yomon ishlarini tashlasin. 438-bob. Oyog'i uvishgan kishining nima degani haqida 993. Abdurrahmon ibn Sa'd aytdilar: "Ibn Umar (r.a.)ning oyoqlari uvishib qoldi, shunda bir kishi: "O'zingizga eng sevymly kipshni eslang", dedi. Ibn Umar (r.a.): "Muhammad (s.a.v.)", dedilar". 439-bob "Jannat mujdasi", deb atalgan va undagi 994-hadis mazmuni 1151-hadisda kelganligi uchun bu yerdan olib qo'ydik. 440-bob. Yosh bolalar bilan qo'l berib ko'rishish haqida 995. Salama ibn Virdon aytdilar: "Men Anas ibn Molik (r.a.)ni odamlar bilan qo'l berib qo'rishayot-ganlarini ko'rdim. Shunda mendan: "Sen kimsan?" - deb so'radilar. "Men Bani Laysning xodimiman", deb javob berdim. Anas ibn Molik boshimni uch marta silab, haqimga duo qildilar". 441-bob. Qo'l berib so'rashish haqida 996. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Yamanliklar kelishganida Rasululloh (s.a.v.): "Yamanliklar yaqin-lashdilar, ular sizdan ko'ra nozik qalbroqtsirlar. Qo'l berib so'rashishni ham birinchi ular tadbiq qildilar", dedilar". Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 155 997. Baro bin Ozib (r.a.) aytdilar: "Birodaring bilan qo'l berib so'rashishing salomlashishning mu-kammalligidandir". 442-bob. Ayol kishi yosh bolaning boshini silashi haqida 998. Ibrohim ibn Mazduq Saqafiy otasidan rivoyat qildi: "Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) meni onasi Asmo' binti Abu Bakr (r.a.) huzuriga yubordilar. Men orqali u (ayol)ga Hajjojning ularga qanday muomala qilishi haqida bildirdilar. Asmo' binti Abu Bakr (r.a.) mening boshimni silab, duo qildilar. U payt-lar men yosh yigitcha edim". 443-bob. Quchoqlash haqida 999. Jobir ibn Abdulloh (r.a.)ga Rasululloh (s.a.v.) sahobiylaridan birining u kishi bilmagan hadisni bilishi haqidagi xabar yetdi. Jobir (r.a.) aytdilar: "(Yo'lda) tuya yo'qolib qoldi. U odamning oldiga bo-rish uchun qilgan bir oylik safarim g'oyatda og'ir kechdi. Va nihoyat Shomga yetib bordim. U odam Abdulloh ibn Unays (r.a.) ekan. Unga: Jobir eshik oldida turibdi, deb chopar jo'natdim. Chopar qaytib kelib: "Jobir ibn Abdullohmisiz?" - dedi. Men: "Ha", de-dim. U odam chiqib meni quchoqlab oldi. Men: "Ikko-vimizdan birimizning vafot etib qolishimizdan qo'rqqandim, qani, men eshitmagan hadisni ayting", dedim. U dedi: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini eshitdim: "Alloh taolo bandalarni kiy-im-boshsiz va hech vaqosiz holda tiriltiradi", de-dilar. Biz: "Hech vaqosiz?" - deb ajablandik. Ul zot: "Hech narsalari yo'q holda, so'ng uzoqdan (ham) eshi-tiladigan ovoz bilan (menimcha, "yaqindan eshiti-layotgandek" dedilar) odamlarga nido qilinadi: "Men (barcha narsalarning, qiyomat kunining) Egasiman, jannag ahlidan birortasi toki undan bir do'zaxiy haqqini talab qilarkan, jannatga kirolmaydi. Do'zax axlidan birortasi do'zaxga kirolmaydi, agar undan bir jannatiy haqini talab qilsa". Men: "Qanday (qilib u yerda birovning haqi beriladi)? Axir biz Allohning huzuriga kiyimboshsiz va hech narsasiz boramizku?" - dedim. Ul zot: "Savoblar (berilib), gunoxlar (olinishi) bilan (haq ado etiladi)", dedilar". 444-bobdagi 1000-hadis 429-bobdagi 974-hadisning aynan takrori. 445-bob. Qo'l o'pish haqida 1001. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: "G'azotda edik, odam-lar qocha boshladilar. Biz Rasululloh (s.a.v.)ga: "Qanday odam bo'ldik, (urushdan) qochgan bo'lsak?" - dedik. O'shanda: "Kimki o'sha kuni ulardan ortga chekinsa - jang ishi bilan chetlagan va biror bo'linmaga qo'shilishga borganlar bundan mustasno - Allohning g'aza-bi bilan (birga) qaytgan bo'lib, joyi jahannam bo'lur", degan oyati tushdi. (8:16) Biz: "Madinaga bor- maymiz, (toki) bizni hech kim ko'rmasin", dedik. Yana dedik: "Boraversak-chi?" Borganimizda Rasululloh (s.a.v.) bomdod namozidan chiqib turgan ekanlar., biz ul zotga: "Biz qochoqlarmiz", dedik. Ul zot: "(Io'q), sizlar urushda vaziyatni o'zgartirish uchun chekinib turdingiz xolos", dedilar. Biz ul zotning qo'llarini o'pdik. Ul zot: "Men ham sizlardanman", dedilar". 1002. Abdurrahmon bin Razin aytdilar: "Biz Rabza shahridan o'tib borardik. "Bizga yo'l ustida turgan odamni ko'rsatib, Salama ibn Akva' ana shu", deyishdi. Oldiga borib salom berdik. U qo'llarini chiqarib: "Mana shu qo'llarim bilan Rasululloh (s.a.v.)ga bay'at Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 156 qilganman", dedi. So'ng tuyaning paypog'iday katta kaftini ochdi. Biz uning qo'lini o'pdik". 1003. Sobit Anas ibn Molik (r.a.)ga dedilar: "Mana shu qulingiz bilan Rasululloh (s.a.v.)ning (qo'llarini) ushlaganmisiz?" Anas: "Ha", degandilar, u qo'llarini o'pdi. 446-bob. Oyoqni o'pish haqida 1004. Vazo' ibn Omir (r.a.) aytdilar: "Biz (Rasululloh (s.a.v.) turgan joyga) keldik. Odamlar: "Ana Rasululloh! (s.a.v.)" deyishdi. Biz ul zotning qo'llari va oyoqlarini o'pa boshladik". 1005. Abu Bakr (r.a.)ning ozod qilgan qullari Suhayb (r.a.): "Men hz. Ali (k.v.)ning Abbos (r.a.)ning qo'l-oyoqlarini o'payotganini ko'rdim", dedilar. 447-bob. Birovga ta'zim qilib o'rindan turish haqida 1006. Abu Miljaz aytdilar: "Muoviya (r.a.) chiqqan-larida Abdulloh ibn Omir va Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) o'tirgandilar. Ular orasida Ibn Zubayr (r.a.) vazminroq, jidtsiyroq odam edi. Ibn Omir (r.a.) o'rni-dan turdi, Ibn Zubayr (r.a.) esa o'tiraverdi. Shunda Muoviya (r.a.): "Payg'ambar (s.a.v.): "Allohning banda-laridan kimki o'zining amriga muntazir bo'lib oldi-da (hurmat bilan) tik turishlarini yaxshi ko'rsa, u odam do'zahdan uy hozirlayversin!" - degandilar", dedi". 448-bob. Salomning boshlanishi haqida 1007. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasu-lulloh (s.a.v.) dedilar: "Alloh taolo Odam (a.s.)ni yaratdi, uning bo'yi 60 ziro'1 edi. Alloh unga: "Bor, anavi bir guruh maloikalarga salom ber va ularning javoblarini eshitib ol, bu sening va zurri- yotlaringning salomi bo'ladi", dedi. U (Odam (a.s.) farishtalarga): "Assalomu alaykum", dedi. Farishtalar: "Assalomu alayka va rahmatulloh", deb javob berdilar. 449-bob. Salomni keng yoyish, oshkora qilish haqida 1008. Baro ibn Ozib r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Salomni oshkora qilinglar (orangizda yoyinglar), salomat bo'lasizlar". 1009. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasuli akram (s.a.v.) dedilar: "Jannatga kirolmaysiz mo'min bo'lmaguningizcha, mo'min bo'la olmaysiz to bir-birlaringizni yaxshi ko'rmaguningizcha. Bir-biringizni yaxshi ko'radigan bir narsa o'rgataymi?" - dedilar. "Albatga, ey Allohning Rasuli", deyishdi. Ul zot: "Oranshzda salomni oshkor qiling (keng yoying)", deya marhamat qildilar". 1 Ziro' - uzunlik o'lchovi; bir ziro' 75 santimetrga teng. 1010. Abdulloh ibn Amr^ (r.a.) aytdilar: "Rasulul-loh (s.a.v.): "Rahmonga ibodat kdling, (qorni ochlar-ni) taomlantiring, salomni keng yoying, jannatga kirasiz", dedilar". Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 157 450-bob. Salomni birinchi bo'lib boshlash haqida 1011. Bashir ibn Yasor (r.a.) aytdilar: "Hech kim Ibn Umar (r.a.)dan avval salom bera olmas edi". 1012. Jobir (r.a.) aytdilar: "Otliq piyodaga, piyo-da esa, o'tirganga salom beradi. Piyoda yurganlarning ichida afzali esa, birinchi bo'lib salom berganidir". 1013. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Rasulul-loh (s.a.v.)shshg ashoblaridan biri, Muzayn o'g'illaridan bo'lgan Ag'ar (r.a.) Amr ibn Avfo o'g'illaridan bir miqtsor xurmo olmoqchi edi. Shu sababli uning uyiga shoshilib bordi. Ag'ar: "Men Rasululloh (s.a.v.) huzur-lariga bordim.Abu Bakr (r.a.) ham men bilan birga edi. Yo'lda borar ekanmiz, yo'limizda uchragan barcha odam-lar bizga salom berardilar. Abu Bakr (r.a.): "Ko'rding- mi, odamlar sendan oddin salom bermoqdalar, ularga javob qanday bo'lishi kerak - deb so'radilar va o'zlari javob berdilar. - Salom berganga alik olmoq farzdir". 1014. Abu Ayub Ansoriydan rivoyat qilindi: "Ra-sululloh dedilar: "Musulmon kishi birodari bilan ko'rishganda bir-biridan teskari qarab ketishi va 3 kundan ortiq arazlashib yurishi halol emas. Ularning yaxshirog'i birinchi salomni boshlaganidir". 451-bob. Salomning fazilati haqida 1015. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir yig'inda o'tirganlarida bir kishi kelib: "Assalomu alaykum", dedi. Rasululloh: "O'nta hasanot", dedilar. Yana bir kishi keldi-da:i "Assalomu alaykum va rahmatulloh", dedi. Ul zot: "Yigirmata hasanot", deb qo'ydilar. So'ng yana bir kishi kelib: "Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu", dedi. Ul zot: "O'ttizta hasanot", dedilar. Shunda bir kishi yig'in-dan turib ketayotib salom bermadi. Rasululloh (s.a.v.): "Do'stingiz salomni unutayozdi, agar birortangiz odam-lar to'plangan joyga kelsangiz salom bering, joy ko'rsatilsa o'tiring, turib ketishda (yana) salom be-ring. Birinchi (salom) ikkinchisidan (savob va fazi-latga) haqliroq emas", deya marhamat qildilar". 1016. Hz. Umar (r.a.) aytdilar: "Men Abu Bakr (r.a-.)ning orqasidan ketayotgan edim. Bir qavmning oddidan o'tayotganda Abu Bakr: "Assalomu alaykum", dedi, ular: "Assalomu alaykum va rahmatulloqi va barokotuh", dedilar. Shunda Abu Bakr: "Bugun odamlar ko'pgana ziyodalik bilan bizdan ustundirlar", dedi". 1017-hadis ham hz.Umar (r.a.)dan rivoyat qshshngan bo'lib, yuqoridagi hadisning aynan takroridir. 1018. Oyisha (r.a.) onamizdan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Yahudiylar sizlarning salomingiz va ominingizga hasad qilganchalik bir ishda hasad qilmaganlar", dedilar". 452-bob. "As-Salom" Allohning ismlaridan biri ekanligi haqida 1019. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "As-Salom Alloh azza va jallaning ismlari-dan biridir. Alloh uni yer yuziga qo'ydi, bas, salomni o'rtangizda yoyingiz", dedilar". Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 158 1020. Ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.-v.)ning orqalarida namoz o'qiyotgandik, kimdir "Allohga salom bo'lsin", dedi. Namozdan so'ig Rasuli ak-ram (s.a.v.): "Allohga salom bo'lsin", deb kimaytdi? Alloh Salomdir. Lekin sizlar "Attahiyyatu lillahi va-s-salovotu va-t-toyyibatu va-s-salamu 'alayka ayyuha-n-nabiy va rahmatullohi va barakatuh, Assalamu alayna va alo ibodillahi-s-solihin. Ashhadu an la ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan 'ab-duhu va rasuluh", deb ayting", dedilar". Ibn Mas'ud (r.a.): "Buni ular xuddi siz Qur'ondan bir sura o'rgan-ganingizdek o'rganar edilar", dedilar. 1021. Abu Hurayradan rivoyat qshshngan bo'lib. u 417-bobdagi 948 va Abdulloh ibn Mas'uddan rivoyat qilingan 949-hadisning takroridir. 454-bob. Yurib ketayotgan o'tirganga salom berishi haqida 1022. Abdurrahmon ibn Shibl (r.a.)dan rivoyat qilindi: Payg'ambar (s.a.v.) dedilar: "Ulovdagi odam oyoqda (piyoda) ketayotganga, piyoda esa o'tirgan-ga, ozchilik ko'pchilikka salom bersin. Salomiga alik olinsa olindi, alik olinmasa ham unga hech bir (zarari) yo'q". Abu Hurayradan rivoyat tsilingan 1023-hadis 1022-hadisning takrori. 1024. Jobir (r.a.) aytdilar: "Agar piyoda ketayotganlar uchrashib qolishsa, ulardan birinchi bo'lib salom bergani afzaldir". 455-bobdagi 1025-hadis Abu Hurayra (r.a.)dan. 1026-hadis Fazala (r.a.)-dan rivoyat qshshngan bo'lyb, 1022-hadis mazmunining takroridir. 456-bob. Piyoda otliqqa salom beradimi 1027. Husayn aytdilar: "Sha'biy otliq kishini uchratib qolib, birinchi bo'lib salom berdilar. Men: "Salomni nega siz boshladingiz?" - dedim. U kishi: "Men Shurayhning piyoda ketayotib birinchi bo'lib salom berganini ko'rganman", dedilar. Yuqorilagi hadislarda otliq piyoda kishiga salom berishi vo-jibligi haqida gapirilgan edi, bu hadisda esa, Sha'biyning otliqqa salom berishi aytilib, salomni kim boshlashi muhim emas, balki, salomning o'zi muhimligi ta'kidlanmokda. 457-bobdagi 1028-1029-hadislar Fazala ibn Ubayd (r.a.)dan rivoyat qilingan bo'lib. 1022-hadisning takroridir. 458-bob. Kichiklarning kattalarga salom berishi haqida 1030-hadis 1022-hadisning takroridir. 1031. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kichiklar kattalarga, piyoda o'tirganga va kamchilik ko'pchilikka salom beradi", deya marhamat qildilar". Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 159 459-bob. Salomning oxiri haqida Ya'ni salomni qanday so'z bilan tugallanishi haqida. Muhammad ibn Ato (r.a.) aytdilar: "Abdulloh ibn Abbos (r.a.) huzurlarida o'tirgandim. Bir yamanlik kishi kelib: "Assalomu alaykum va rah-matullohi va barokatuhu", dedi va yana bir narsalarni qo'shib qo'ydi. Shunda Ibn Abbos (r.a.): "Salom - barakot tilash ("va baroka-tuhu" so'zi) bilan tutallanadi", dedilar. 1032. Ibn Zannod aytdilar: "Xorija (Ibn Zayd ibn Sobit) (r.a.) Zayd ibn Aslamning maktubigi shunday deb (javob) yozgan edi: "Assalomu alayka, ey, mo'min-lar amiri, va rahmatullohi va barakatuh va mag'firo-tuhu va toyyibi salaYootuhu". 460-bob. Ishora bilan salom berish haqida 1033-hadis. Abu Qurra Xurosoniy aytdilar: "Men Anas (r.a.)ni bizning oldimizga kelayotganlarini ko'rdim, bizga qo'llari bilan ishora qilib salom berdilar, Hasanni ko'rdim, sariqqa belanib olgan, boshida qora salla bor edi". Asmo' (r.a.): "Payg'ambar(s.a.v.) ayollarga qo'llariny silkib salom berardi-lar", deb xabar berdilar . 1034. Muso ibn Sa'dning otasi Sa'ddan rivoyat qilindi: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) va Qosim ibn Muhammad (r.a.)lar yo'lga chiqdilar. Ikkisi loydan qurilgan bir kulbaga joylashdilar. Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) o'tib qolib, ularga qo'li bilan ishora qilib salom berdi va alik oddi". 1035-hadis. Ato ibn Abu Raboh (r.al.) aytdilar: "Sahobiylar qo'l bilan salomlashishni yoqtirmas edilar". 461-bob. Salomni eshittirib aytish haqida 1036. Sobit ibn Ubayd aytdilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) o'tirgan yig'inga bordim. Ibn Umar (r.a.): "Salom bersangiz eshittirib bering, zero u Alloh huzuridagi go'zal, muborak tahiyyotdir", dedilar". 462-bob. Salom berish va alik olish uchun chiqqan odam haqida 1037. Tufayl ibn Ubay ibn Ka'bdan rivoyat qilin-di: u Abdulloh ibn Umar (r.a.) bilan ertalab bozorga birga borishar edi. Tufayl aytdi: "Abdulloh ibn Umar(r.a.) sotuvchimi, xaridormi, miskinmi yo boshqami, kimning oldidan o'tmasin, unga salom berardi. Bir kuni Abdulloh (r.a.)ning oldiga borgandim, u men-dan birga bozorga borishni so'radi. "Bozorda nima qilasan? Savdo-sotiqning ustida turmasang, narx surishtirmasang yoki bozorga mol chiqarmasang, bozorda o'tirmasang. Undan ko'ra o'tir shu yerda, suhbatlashamiz", dedim. Shunda Abdulloh (r.a.): "Ey, qorindor! Biz faqat uchragan kishiga salom berish uchun boramiz", dedi. 1 Imom Nasoiy (r.al) Jobir ibn Abdulloh (r.a)dan rivoyat qilgan bir hadisda aytiladi: "Yahudiylarning salomlariga alik olmangiz, alik olsangiz ham boshingizni silkish va qo'l kaf-tingizni ko'tarish bilan alik oling". Albatta, agar ikki musulmon bir-biridan salomni eshitmaydigan darajada uzokda bo'lsa, salom lafzini aytib turib, ishora bilan salomlashsa Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 160 bo'ladi. Lekin salom-alikka imkoniyati bo'la turib ishora bilan salom-lapshshdan qaytarilgan. Namozda bo'lish, oradagi masofaning uzoq-ligi kabi holatlar bundan mustasno. Shuningdek qulog'i og'irlar-ga ham ishora bilan salom beriladi. Demak, Tufaylning qorni chiqqan ekan, vallohu a'lam. 463-bob. Yig'inga kelganda salom berish haqida 1038. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan biringiz biror yig'inga kelsa, salom bersin, qaytar chog'i ham salom bersin, zero keyingisi avvalgisidan ko'ra (savobga) haqliroq emas", deya marhamat qildilar. 1039-hadis 1038-hadisning, 464-bobdagi 1040-hadis 1038-hadisning aynan takroridir. 465-bob. Turganda salom berish kishining haqidir 1041. Muoviya ibn Kurra aytdilar: "Otam menga: "Ey, o'g'lim, biror bir yig'inda bo'lganingda uning yaxshiligidan umid qilsang va hojatint tezda ravo bo'lishini istasang, "Assalomu alaykum" degin. (Bu bylan) sen o'sha yig'indagilar dardiga sherik bo'lasan. Qaysi bir qavm to'planib, Allohni eslamay tarqasa-lar, xuddiki o'limtik eshak atrofidan tarqalgan bo'la-dilar", degan edilar". 1042. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Kim birodarini uchratib qolsa, unga salom bersin, ular o'rtasini (ketayotganlarida) daraxt yoki bir to'siq ajrada, uchrashganlaridan keyin ham salom bersin". 1043. Anas ibn Molik ashdilar: "Rasuli akram (sav.)ning sahobiylari to'planishganida ular o'rtalarida bir daraxg chiqib qolsa, bir toifa daraxtning o'ng tomoni-dan, boshqasi chap tomonidan aylanib o'tishar, yana uch-rashganlarida bir-birlariga salom berishar edi". 466-bob. Ko'rishish uchun qo'liga xushbo'y narsa surish haqida 1044. Sobit Bunoniydan rivoyat qilindi: "Anas (r.a.) tongda turib birodarlari bilan ko'rishishlari uchun qo'llariga xushbo'y narsalar surar ekanlar". 467-bob. Tanish va notanishlarga salom berish haqida 1045. Abdulloh ibn Amr (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Bir kiish: "Ey, Allohning Rasuli, keysi Islom yaxshidir?" ~ dedi. Ul zot: "(Muhgojlarga) taom berishing, tanigan va tanimaganinga salom berishingdir", dedilar". Qaysi Islom yaxshidir - Islomdagi qaysi amal yaxshi, demoqchi (t.). 468-bob. Yo'l odobi 1046. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) ko'cha bo'yida va baland joyda (ya'ni ko'cha ko'rinib turadigan yerda) o'tirishdan qaytardi-lar. Shunda musulmonlar: "Biz bunga chiday olmaymiz, toqatimiz yetmaydi", dedilar. Ul zot: "Modomiki, chiday olmas ekansiz, unda ko'chaning haqini berib o'tiring", dedilar. Ular: "Ko'chaning haqi nima?" - deb so'rashdi. "Ko'zni yerga qaratish (ya'ni ko'zni nomahram- Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 161 lardan tiyish), yo'lovchilarga (agar adashib qolgan bo'lsa) yo'l ko'rsatish, aksa urib "alhamdulillah" degan kishiga "yarhamukalloh" deyish va salomga alik olishdir", deb javob berdilar". 1047. Abu Hurayra: "Salomga baxillik qijan kishi eng baxil kishidir. Unga alik olmagan kishi esa, kamsi-tilgan bo'ladi. Agar (yo'dda birga ketayotgan) birodaring bilan sening o'rtangda daraxt chiqib qolsa, undan oddin salomni sen boshlay olsang, shunday qilgin", dedilar. 1048. Abdulloh ibn Amr (r.a.)ning mavlosi (ozod etgan quli) Solim aytdilar: "Ibn Amrga salom berilsa, ziyodasi bilan alik olib javob kzytarardilar. Men oldila-riga kelib : "Assalomu alaykum", degandim, Ibn Amr: "Assalomu alaykum va rahmatulloh", deb javob berdilar. Ozginadan keyin yana kelib: "Assalomu alaykum va rahma-tulloh", dedim. U kishi: "Assalomu alaykum va rahmatul-lohi va barakotuh", dedilar. Yana oldilariga kelib: "Assa-lomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh", degandim, Ibn Amr: "Assalomu alaykum va rahmatullohi va barako-tuhu va tiyba salovotuhu", deb javob berdilar". Download 5.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling