Salomni unutdim


Download 10.39 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi10.39 Kb.
#230390
Bog'liq
Niyatullo Ijodiy ish


O'zbekiston Davlat san'at va madaniyat instituti "Ovoz rejissorligi va operatorlik mahorati" kafedrasi "San'atda animatsiyaviy va miltimediaviy loyihalash" yo'nalishi 2-bosqich talabasi Niyatullo Meliqulovning "Dramaturgiya" fanidan fabola shaklida bajargan ijodiy ishi.

SALOMNI UNUTDIM...

(Fonda o'qiladigan she'r)

O shahar, bunchalar behis, bemehr,

Toshkentmi yoki bir toshdil, toshbag'ir,

Begona odamlar ichida axir,

Men salom berishni unutib qo'ydim.

Salomim tushmasdi aslo tilmdan,

Iblislar tortdimi bugun qo'limdan,

Xizrlar chiqqandir balki, yo'limdan,

Men esa salomni untib qo'ydim.

Ko'chalar g'uvillar lek odamlar jim,

Jimlikka singgaman ingraydi dilim,

Qadamda qarzga botgaydir tilim,

Men salom berishni untib qo'ydim.

Menga ta'lim berar doim oliygoh,

Lek insoniylikdan etmaydi ogoh,

Menga desa olim bo'lmaymanmi, voh

Axir, salomimni unutib qoydim.

Yelkamga ortqilab qarzdorlik yukin,

Yerlarga qorishar nigohim sekin,

Shaxarlik bolishni epladim lekin,

Men salom berishni unutib qo'ydim.

Qay yerga boroldim o'zimdan kechib,

Ollohim ne sirlar sochding dilimga?!

G'urur libosini tanimdan yechib,

Salomni qaytargin satang tilimga!

1. Tashqarida ro'y berayotgan voqealar yurib ketayotgan avtobus ichidan tasvirga olinadi. Zamonaviy, yevropacha kiyingan qahramon (yigit) g'amgin ahvolda avtobus derazasidan tashqariga qarab ketmoqda. Yo'lda birma-bir quyidagi holatlarga ko'zi tushadi :

A) Bir ona farzandini siltalab urushayotgan, bolakay esa tinimsiz yig'layotgan bo'ladi.

B) bir yigit yo'l chetidagi ko'r tilanchining oldida to'xtab, idishidagi pullarni o'g'irlab ketadi.

C) bir qariya ikki qo'lida og'ir yuk bilan ketyotgan paytda orqasida quloqchin taqib olgan yigit telefon o'ynab ketib boradi. Qariya qo'li og'rib, sumkalarni yerga qo'yadi, yigit esa uning yonidan befarq o'tib ketadi.

2. Qahramon manziliga yetib keladi. Avtobusdan tushmoqchi bo'lganda tashqaridan odamlar yo'l bermay, ichkariga yoprilib kiradi. U bir amallab avtobusdan tushib oladi. Egnini tuzatadi, shimini qoqadi.

3. Katta yo'l. Mashinalar g'izillab o'tmoqda. Qahramon odamlar bilan gavjum piyodalar yo'lkasi (trotuar) da xayolchan yurib ketmoqda.

4. Qahramon oliygohga yetib keladi. Institut hovlisiga kirib, yo'lak bo'ylab yurib boradi va yo'l-yo'lakay quyidagi holatlarga ko'zi tushadi :

A) yo'lda sigaret chekyotgan yigit bir qiz bilan gaplashib turgan bo'ladi, yigit sigaret chekib bo'lgach, uni gazonga otadi, ikkisi ketishadi. Qahramon ham yurishda davom etadi.

5. Institut ichidagi Suzish havzasidan yosh ota va o'g'il gaplashib chiqib kelishadi. Ular qahramonga yaqinlashib kelishganda bolakay qo'lini ko'ksiga qo'yib, qahramonga salom berib, o'tib ketadi. U to'xtab qoladi. Ortiga qarab bolakayga tikiladi, bolaligi (Bolaligida otasi bilan ketayotib yo'lda uchragan kishilarga qo'lini ko'ksiga qo'yib salom bergan holatlar) esiga tushadi. Qahramon ortga tikilib, jim turib qoladi, tasvir xiralashib, ekranda she'rning oxirgi kupleti yozilib chiqadi:

Qay yerga boroldim o'zimdan kechib,

Ollohim ne sirlar sochding dilimga?!



G'urur libosini tanimdan yechib,

Salomni qaytargin satang tilimga!
Download 10.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling