Al-adab al-mufrad
-bob. Mo'min odamlarni la'natlovchi bo'lmaydi
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 146-bob. Lanatlovchi kishilar haqida
- 147-bob. Kongli sof kishi lanat oqimas
- 148-bob. Bir-biringizni duoibad qilmangiz
- 150-bob. Gap tashuvchi haqida
- 151-bob. Yomon soz tarqatuvchi kishi haqida
- 152-bob. Odamlardan ayb izlagan kishi haqida
- 154-bob. Kishi ozi ishongan odamni maqgashi haqida
- 155-bob. Maqtovchilar betiga tuproq sochish haqida
- 156-bob. Sheriy madhiya haqida
- 158-bob. Dostingizni malol keladigan darajada ezozlamang
- 159-bob. Ziyorat qilish haqida
- 160-bob. Ziyoratchining duosi
- 161-bob. Ziyoratning fazilati haqida
- 162-bob. Kishi sevgan odami bilan birga bolishi haqida
- 164-bob. Yoshi uluglarni hurmat qilish haqida
- 165-bob. Gapni ham. ishni ham yoshi ulug kishi boshlaydi
- 166-bob. Kattalardan avval fikr aytmaslik haqida
- 167-bob. Yoshi uluglarni ishboshi qilish haqida
145-bob. Mo'min odamlarni la'natlovchi bo'lmaydi 312. Solim ibn Abdullohdan rivoyat qilindi, u kishi: "Men otam Abdulloh ibn Umar (r.a.)ning kishilargagina emas, hatto boshqa maxluqlarga ham la'nat aytganlarini sira eshitmadim", dedilar va hz. Abdulloh ibn Umar (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning "Mo'min kishi aslo la'nat etuvchi bo'lmasligi lozim", degan muborak hadislarini rivoyat qildilar, dedilar". 313. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo yomon iboralar bilan so'kuvchi va og'zini shunday so'kishga o'rgatgan kishini yaxshi ko'rmaydi", dedilar". 314. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) huzuriga yahudiylar kelib: "Assomu alaykum" (sizga o'lim bo'lsin), dedilar. Shunda men: "O'lim o'zlaringizga bo'lsin va Alloh taoloning la'nati va g'azabi ham sizlarga bo'lsin!" - deb qarg'adim. Shunda Rasululloh Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 52 (s.a.v.): "Ey, Oyisha! Ko'y, unday dema, og'ir bo'l, qat-tiq muomala qilishdan va qarg'ashdan o'zingni sakla", dedilar. Men: "Yo Rasulalloh! Bularning gapini eshitmadingizmi?" - dedim. Rasululloh (s.a.v.): "Sen ham mening gapimni eshitmadingmi? Men ularga "va alaykum", ya'ni, "Aytgan gaplaringiz o'zlaringizga bo'lsin", Dedim. Alloh taolo mening ularga qilgan duoi badimni qabul qiladi, ammo ularning menga qilgan yomon tilaklarini qabul qilmaydi", dedilar". 315-hadis mazmuni 312-hadisda bor, faqat bu hadis Abdullohdan rivoyat qshshngan. 316. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar. "Rasululloh (s.a.v.): "Ikki yuzlama kishiga hech ishonmaslik kerak", dedilar". 317. Abdulloh ibn Umar (r.a.): "Bir mo'minning razil fe'li uning buzuqligidan dalolatdir", dedilar. 318. "Birovga la'nat o'qiganlar o'zlari la'natlandilar", dedilar hz. Ali (k.v.). Marvon (r.a.): "Ha, o'sha insonlarga la'nat o'qigan kimsalardir", deb tasdiqladilar. 146-bob. La'natlovchi kishilar haqida 319. Abu Dardo (r.a.) aytdilar: "Rasululloh: "Kishilarga la'nat etuvchilar qiyomat kuni shohid ham, shafoat qiluvchi ham bo'la olmaydilar", dedilar". Shohid "guvoh bo'luvchi" ma'nosida bo'lib, qiyomatda boshqa payg'ambarlar o'z vazifalarini ummatlariga yetkazganlari haqida guvoh bo'luvchi yoki ular fosiq bo'lgani uchun boshqa kishilar haqida guvohlik bersalar, guvohliklari shariatda qabul qilinmaydi yoxud qiyomat kuni shohid kishilar qatorida bo'la olmaydilar va shafi' esa, qiyomat kuni qavm-qarindoshlari va do'st-birodarlariga shafoat qila olmaydilar, ma'nosida. 320. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohga chin ko'ngil bilan qattiq ishonuvchi kishi boshqalarga la'nat yog'diruvchi bo'lmasligi kerak", dedilar". 321. Huzayfa ibn Yamon (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi: "Qaysi bir jamoat bir-birlariga la'nat yog'dirsa, la'natlari o'z ustilariga yog'iladi", dedilar. 147-bob. Ko'ngli sof kishi la'nat o'qimas 322. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Otam Abu Bakr Siddiq (r.a.) qullaridan biriga la'nat o'qidilar. Buni Rasululloh (s.a.v.) eshitib: "EyAbu Bakr! Allohga qattiq ishonuvchilar bilanla'nat o'quvchilar haqidagi gaplarim qaerda qoldi? Yo'q, bunday bo'lmasligi kerak", deb ikki yo u uch marotaba takrorladilar. Otam o'sha kuniyoq qulni ozod qilib, Rasululloh (s.a.v.)ga: "Men ikkinchi martaba shunday qilmayman", deb uzr aytdilar". 148-bob. Bir-biringizni duoibad qilmangiz 323. Samura ibn Jundub (r.a.) aytdilar: "Rasulul-loh (s.a.v.): "Ey, ummatlarim! Bir- biringizni senga Allohning la'nati, g'azabi va do'zaxi bo'lsin, deb duoibad qilmanglar!" - dedilar". Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 53 149-bob. Kofirga la'nat o'qish haqida 324. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Yo Rasulalloh! Mushriklar haqida duoibad qiling!" - deyishganda, Rasululloh (s.a.v.): "Men duoibad qiluvchi, la'nat etuvchi emas, balki marhamat qiluvchi bo'lib yuborilganman", dedilar. 150-bob. Gap tashuvchi haqida 325. Hammol ibn Horisdan rivoyat qilindi, u kishi: "Biz Huzayfa ibn Yamon bilan birga edik, shu vaqtda u kishiga odamlar gapini hz. Usmon (r.a.)ga yetkazib turadigan bir kishi haqida shikoyat qilindi. Shunda Huzayfa: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Yashirin ravishda kishilar gapiga quloq solib, uni (yomon niyatda) boshqalarga naql qiluvchi odam jannatga kirmaydi", degan so'zlarini eshitganman, dedilar". 326. Asmo' binti Yazid (r.a.) dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) sahobiylarga: "Men sizlarga eng yaxshilaringizni aytib beraymi?" - dedilar. Sahobiylar: "Yo Rasulalloh, aytib bering", deyishdi. "Ular shunday kishilarki, qachon ko'rinsalar Alloh taoloni eslatadilar. Eng yomonlaringizni aytsam, ular chaqimchilik bilan yurib do'stlar orasini buzuvchi, begunoh odamlarga buzuqlik, halokat va mashaqqatga mubtalo bo'lishlarini izlovchi kishilardir", dedilar". Ya'ni ular qachon kishilar orasiga kirsalar, darhol amri ma'ruf va naxyi munkar qiladilarda, beparvo bo'lgan odamlarni ogohlantirib, Rabbi-l-izzat tomonga moyil bo'lishga da'vat qiladilar. Allohni eslatadilar so'zvdan murod, vallohu a'lam, shu bo'lsa kerak . 151-bob. Yomon so'z tarqatuvchi kishi haqida 327. Hz. Ali (k.v.): "Yomon so'zni aytuvchi bilan uni boshqalarga oshkora qiluvchi - ikkisi gunohkorlikda barobardir" , dedilar. 328. Shubayl ibn Avf aytdilar: "Eshitgan yomon gapini yoygan odam o'sha yomon gapni to'qib chiqargan kishi kabidir" 329. Ibn Jurayj Ato ibn Abi Raboh (r.a.)dan rivoyat qiddi, u kishi: "Fohishani oshkor qilgan kishiga boshqalarga ibrat bo'lsin uchun jazo berish kerak", der edilar. 152-bob. Odamlardan ayb izlagan kishi haqida 330. Abu Tihyo Hakim Sa'ddan rivoyat qilindi, u kishi: "Men hz. Alvdan: "Sizlar buzuq ishlarni qil-gan kishini uyaltirish uchun uning aybini oshkora qiluvchi va sirni ochuvchi bo'lmang, chunki orqalaringizda sizni mashaqqatga soluvchi, xafa qiluvchi bolalar va uzoq vaqt davom ladigan turli fitna va mashaqqatlar bor", degan gaplarni eshitdim", dedilar". 331. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Sen bir birodaringaing ayblarini zikr qil-moqchi bo'lsang, avval o'z ayblaringni esla!" - dedilar. Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 54 332. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) Qur'ondagi "O'zlaringizni (bir-birlaringizni) mazax qilmangiz" (49:11) deyilgan oyatni "bir-biringizga ta'na qilmang", deb tafsir qildilar. Ya'ni kishilarni mazax qilsangiz, sizni ham mazax qiladilar, birovga ta'na qilsangaz, sizga ham ta'na qiluvchilar topiladi 333. Abu Jubayra ibn Dahhok (r.a.): "Bir-birlaringizni laqablar bilan atamangiz" (49:11), deyilgan oyati karimasi Bani Salama qavmi haqida kelgan", dedilar. Yana u kishi "Bizda har bir kishining ikkitadan ismi bo'lgan. Rasululloh (s.a.v.) bizning qavmga kelgandarida "Hay, falonchi", deb bir kishini chaqirdilar, shunda odamlar: "Yo Rasulalloh! Uni bu ismi bilan chaqirsangiz xafa bo'ladi", deyishdi. 334. Akrama (r.a.) aytdilar: "Abdulloh ibn Abbos yoki Abdulloh ibn Umar ikkalalaridan biri ikkinchilarini taomga da'vat qiddi. U kishining joriyalari xizmat qilib turgan paytida uni "Hoy, zoniya", deb chaqirdilar. Shunda u kishining hamtovoqlari: "Unday demang! Joriya sizning ta'nangiz uchun bu dunyoda had urolmasa ham, qiyomat kuni albatta had uradi", dedilar. Joriyani zinokor degan kishi: "Agar u haqiqatda zinokor bo'lsachi?" - degan edilar, u kishi: "Alloh birovlarni yomon ibora bilan so'kinuvchi hamda so'kishga odat qilgan kishini sevmaydi, deydilar". Bu oxirgi so'zni aytgan kishi Ibn Abbos edilar". 335. Abdulloh ibn Mas'ud aytdilar (r.a.): "Rasululloh (s.a.v.): "Mo'min kishi odamlarni ta'na qiluvchi, uyaltiruvchi, kishilarga la'nat yog'diruvchi, yomon iboralar bilan so'kinuvchi va uyatsiz, tili achchiq bo'lishi ham mumkin emas", dedilar". 153-bob. Maqtash haqida 336. Abu Bakra Nuffayyi' ibn Horis (r.a.) aytdi: "Rasuli amin (s.a.v.) huzurlarida bir kishi ustida gap bo'ldi va uni kimdir maqtadi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Uni shunday maqtashing bilan bo'ynini uzib qo'yding", dedilar. Va shu gaplarini necha marta takrorladilarda, keyin: "Agar bittangiz bir birodarini (haqiqatdan bor bo'lgan xislatlari bilan) maqtamoqchi bo'lsa, mening fikrimcha, bu shunday odam, degan so'zni avval aytib qo'ysin. Chunki uning haqiqiy holini Alloh taolo o'zi biladi. Bandalar bir-birlarini Alloh taologa bu kishi albatta pok, deb hukm qilib bermoqlari durust emas", dedilar". 337. Abu Muso (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir odam ikkinchi odamni oshirib maqtayotganini eshitsalar: "Sen u odamni halok qilding" yoki "Sen o'sha odamning belini sindirding", der edilar". 338. Ibrohim Taymiy otalaridan rivoyat qildilar, u kishi: "Biz hz. Umar ibn Xattob oldilarida o'tirgan edik, shunda bir kishi ikkinchi kishini o'zining yuziga maqtadi. Hz. Umar: "Bu kishini sen halok etding. Alloh taolo seni ham halok etsin", deb duoibad qildilar". (Kishining yuziga maqtashda halokat borligi uchun hz. Umar u kishini duoibad qishdilar). 339. Ibn Aslamiy ham otasidan rivoyat qilib, hz. Umarning shunday deganlarini xabar qildi: "Odamlarni oshirib maqtash ularni bo'g'izlashdir". Muhammad ibn Zayd bu Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 55 so'zlarning ma'nosini tushuntirib: "Maqtalgan odam maqtovchining gapiga ishonib g'ururlanadi, o'ziga bino qo'ayadi va natijada halok bo'ladi", dedilar. 154-bob. Kishi o'zi ishongan odamni maqgashi haqida 340. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v, ): "Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Abu Ubayda ibn Jarroh, Ubayd ibn Huzayr, Sobit ibn Shammos, Maoz ibn Amr ibn Jumux, Muoz ibn Jabal (r.a.)larni: "Bular hammasi juda yaxshi odamlar", deb maqtadilar va "falonchi falonchilar" deb yetti kishining nomini tilga olib: "Bular yomon kishilar", dedilar". 341. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirish uchun ruxsat so'radi. U kirmasdan avval Rasululloh (s.a.v.): "Bu o'z qabilasining yomon farzandi", dedilar. U huzurlariga kirgandan keyin, yaxshi muomala qildilar. U kishi chiqib ketgandan keyin yana bir kishi kelib ruxsat so'ragan-da, Rasululloh (s.a.v.): "Bu o'z qabilasining yaxshi kishisi", dedilar, lekin unga avvalgi kishiga qilgan muomalalaridek yaxshi muomala qilmadilar. U ham chiqib kettatsdan keyin men: "Yo Rasulalloh! Siz falonchi kelganda yomon odam deb, lekin o'ziga yaxshi muomala qildingiz. Ammo ikkinchi kishini avval maqgadingiz-u, lekin huzuringizga kirganda avvalgisqdek muomala qilmadingiz?" - deb so'radim. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Oyisha! Yomon odamlarga yaxshi muomala qilmoq baloning oldini olmoqtsir", deb javob berdilar". 155-bob. Maqtovchilar betiga tuproq sochish haqida 342. Abu Muammar (r.a.) aytdilar: "Bir kishi tik turib amirlardan bittasini maqgadi. Shunda Miqdom ibn Asvad uning yuziga tuproq sochdilarda, Rasululloh (s.a.v.) ortiqcha maqgovchilarga shunday tuproq sochmog'imizni buyurganlar, dedilar". 343-hadis yuqoridagi hadisning takroridir. 344. Rajo ibn Abi Rajo (r.a.) aytdilar: "Men bir kuni Mahjon Aslamiy (r.a.) bilan basraliklar masjidiga bordim. Burayda Aslamiy masjid darvozalaridan biri oldida o'tirgan ekan. Hazil qilishga o'rgangan Burayda masjidda namozni uzoq o'qiyotgan Sakba-ni Mahjonga ko'rsatib: "Sen ham shu Sakbadek namoz o'qiysanmi?" - deb so'radilar. Mahjon Buraydaga javob qaytarish o'rniga Payg'ambarimiz (s.a.v.) bilan bo'lgan bir voqeani hikoya qilib berdi: "Rasululloh (s.a.v.) bir kun mening qo'limdan ushladilarda, "Qani yur", deb o'zlari bilan piyoda olib ketdilar. Ikkimiz birgaliqda Uhud tog'iga chiqtsik. Rasululloh (s.a.v.) Madinaga qarab turib "Ey, afsus! Bu shahar eng obod bo'lgan bir vaqtda egalari tashlab ketadilar. Shaharga Dajjol kirmoqchi bo'ladi. Lekin hamma darvozalarida farishtalar turganini ko'rib, kirolmay qaytib ketadi", dedilar. Keyin tog'dan pastga tushib masjidga bordilar. Masjidda ruku', sujudlarini yaxshilab namoz o'qiyotgan bir kishiga ko'zlari tushdida: "Bu odam kim?" deb mendan so'radilar. Men: "Bu falonchi", deb uni maqtay boshladim. Rasululloh (s.a.v.): "Bo'ldi, bunday maqtovingni uning o'ziga eshittirma, uni halok qilasan!" - dedilar. Keyin ozgina yurib hujralari (ayollarning xonasi) oddiga bordilar va muborak qo'llarini silkitib turib: "Dinimizdagi amallarning eng yaxshisi yengil va oson bo'lganidir", deb bu so'zlarni uch marotaba takrorladilar". 156-bob. She'riy madhiya haqida Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 56 345. Avs ibn Sari' (r.a.)dan rivoyat qilitsdi, u kishi "Men Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: "Yo Rasulalloh! Men she'r bilan Alloh taoloni va sizni maqtadim", dedim. Rasululloh (s.a.v.): "Allohhamdni sevadi", dedilar. Keyin men she'rimni Rasululloh (s.a.v.)ga o'qiy boshladim. Shu vaqtda novcha, boshining old tomonida sochi yo'q bir kishi kelib Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirish uchun ruxsat so'radi. Shunda Rasululloh (s.a, v.) menga: "Bo'ldi, jim o'gir", dedilar. Keyin u kishi kirib Rasululloh (s.a.v.) bilan ozgina so'zlashdida, chiqib ketdi. Yana she'rimni o'qiy boshladim. U kishi yana keldi. Rasululloh (s.a.v.) yana menga "jim o'tir", dedilar. Xullas, u kishi ikki yo uch marotaba keldi. Rasululloh (s.a.v.) esa har kelganda meni jim turishga buyurardilar. Keyin men: "Yo Rasulalloh! Bu kshpi kim bo'ladiki, har kelganda meni o'qishdan to'xtatdingiz?" - deb so'radim. Rasululloh (s.a.v.): "Bu kishi botil gapni (she'rni) yaxshi ko'rmaydigan odam" , dedilar" . 157-bob. Shoirga sadaqa 346. Yusuf ibn Abdulloh ibn Nujayd aytdilar: "Otamning aytishicha, Imron ibn Husayn (r.a.) oldiga bir shoir keldi. Imron unga bir narsa in'om qildi. Shunda kimdir unga: "Shoirga ne uchun ehson berdingiz?" - deb so'raganda, u: "Men o'z obro'yimni saqlash uchungina shoirga in'om qilaman", dedi". 158-bob. Do'stingizni malol keladigan darajada e'zozlamang 347. Muhammad ibn Sirin (r.al.)ning aytishiga qaraganda, sahobiylar: "Do'stlaringizni ularga malol keladigan darajada e'zoz qilmang", der ekanlar. 1 Roviylarning bergan xabarlariga ko'ra, bu kishi Umar ibn Xattob edilar . 159-bob. Ziyorat qilish haqida 348. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir kishi do'stini ziyorat qilsa, Alloh taolo unga: "Hayoting yaxshi o'tsin! Yaxshi ish qilding va jannatdan o'zing uchun joy hozirlading", deydi, deb ta'kidladilar". 349-hadisda Salmon Forsiyning nomunosib kiyinishi haqida gap boradi va ehtimolki kotiblar ko'chirishi natijasida ma'no anglashilmay qolgan, shuning uchun tushirib qoldirildi. 160-bob. Ziyoratchining duosi 350. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ansorlardan birining xonadoniga kirdilarda, taom yedilar. Keyin chiqib ketayotganlarida: "Bu yerga bir joynamoz keltirsanglar", deb buyurdilar. Shunda bir sholchaga suv sepib keltirildi. Unda nafl namoz o'qib, xonadon haqiga duo qilib ketdidar". 351. Solih ibn Umar aytdi: Abdulkarim Uba Umayya yungdan bo'lgan kiyimlarini kiyib Abul Oliya huzurlariga keldi. Shunda Abul Oliya unga: "Bu nasoro rohiblarining kiyimi, musulmonlar bir-birlarini ziyorat qilishga borganlarida yasanib, yaxshi kiyimlar kiyib borar edilar", dedilar. Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 57 352. Hz. Asmo' (r.a.)ning ozod bo'lgan quli Abdulloh aytdi: "Hz. Asmo' menga uylaridan uringan bir jubba olib chiqib berdilar. Jubbaning yoqasi qabariq bir gazlamadan edi, etaklarida ham shunday qabariq gazlama tikilgan edi. Asmo': "Bu Rasululloh (s.a.v.) ning jubbalaridir, uni odatda juma kuni yoki elchilar kelganda kiyar edilar", dedilar". 353-hadis 13-bobdagi 26-hadisning aynan takrori. 161-bob. Ziyoratning fazilati haqida 354. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir voqeani gapirib berlar. U quyidagicha: "Bir kishi boshqa bir qishloqtsa turadigan do'stini ziyorat qilish uchun yo'lga chiqdi. Alloh taolo unga bir farishtani yubordi. Farishta undan: "Yo'l bo'lsin, qaerga borayapsan?" - deb so'radi. U: "Shu qishloqtsa yashaydigan bir do'stimni ko'rgani ketayapman", dedi. Farishta: "Do'sting senga biror yaxshilik qilgan yoki undan biror manfaat ko'rgan bo'lsang kerakki, o'shaning xotirasi uchun borayapsanda", dedi. U kishi: "Yo'q, men uni faqat Alloh uchun yaxshi qo'raman, shuning uchungina ziyoratiga bormoqchiman", dedi. Shunda farishta: "Men Atlohning elchisiman. Alloh taolo meni atay senga yubordi. Sen uni xolisanilloh sevganing uchui Alloh taolo ham seni sevadi", dedi". 162-bob. Kishi sevgan odami bilan birga bo'lishi haqida 355. Abu Zarr G'iforiy (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ga: "Yo Rasululloh! Bir kishi bir qavmning amalini qilishga qodir bo'lmaydi-yu, lekin uni yaxshi ko'radi", degan savolni berdim. Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Abu Zarr, sen sevgan kishing bilan bo'lasan", dedilar. Men yana: "Men Alloh taoloni va uning Rasulini yaxshi ko'raman", dedim. "Ey, Abu Zarr! Sen yaxshi ko'rgan kishing bilan birga bo'lasan", dedilar". 356. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasululloh (s.a.v.)dan: "Ey, Allohnieg payg'ambari! Qiyomat kuni qachon bo'ladi?" - deb so'raganda, Rasululloh(s.a.v.): "Sen qiyomat kuni uchun qanday amallarni tayyorlab qo'yding?" - deb so'radilar. U: "Men qiyomat kuni uchun deyarli katta bir amal tayyorlaganim yo'q, faqat Allohtaoloni va uning Rasulini sevaman", dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Har bir kishi o'zi sevgan kishisi bilan birga bo'ladi", dedilar". Anas ibn Molik (r.a.): "Bu so'zni eshitgan musulmonlar shu qadar xursand bo'ldilarki, buning tasviriga qalam ojiz", dedilar. 357. Abu Hurayra (r.a.) Rasululloh. (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimki yoshi kichiklarimizga rahmdil bo'lmasa va kattalarimizning qadr-qimmati va haqini bilmasa, u odam bizning qavmdan emas", dedilar". 358. Abdulloh ibn Amr (r.a.): "Kichiklarimizga rahmdil bo'lmagan, yoshi ulug'larimizni hurmat qilmagan kishi bizdan emas", dedilar. 359. 360, 361-hadislar yuqoridagi hadisning aynan takrori. 164-bob. Yoshi ulug'larni hurmat qilish haqida 362. Abu Kinona Abu Muso Apgariy (r.a.)dan rivoyat qildilar: U kishi: "Soch-soqollariga Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy www.ziyouz.com kutubxonasi 58 oq tushgan musulmon kishini, Qur'oni karimga amal qilishdan yuz o'girmaydigan hofizu- l-Qur'onni va adolat bilan ish olib boradigan amaldorni hurmat qilmoq Alloh taoloni hurmat qilmoqning belgisidandir", dedilar. 363-hadis 358, 359, 360, 361-hadislarning aynan takrori. 1 Hofizu-l-Qur'on - Qur'on suralarini to'liq yod oluvchi qori anglashiladi 165-bob. Gapni ham. ishni ham yoshi ulug' kishi boshlaydi 364. Rofi' ibn Xudayj va Sahl ibn Abi Xasma (r.a.) aytdilar: "Abdulloh ibn Sahl bilan Muhayyasa ibn Mas'ud (r.a.)lar Xaybarga kelib u yerdagi xurmozor ichiga kirib ketishdi. Shu yerda Abdulloh ibn Sahl o'ldirildi. Shunda Abdurrahmon ibn Sahp bilan ibn Mas'udning ikki o'g'li - Husaya va Muhayyasalar Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib Abdulloh ibn Sahlning o'ldirilganligi haqida xabar berishdi. Gapni ularning eng kichigi bo'lgan Abdurrahmon boshlagan edi, Rasululloh (s.a.v.): "Kattarog'ingiz gapirsin", dedilar. Ular bo'lgan voqeani bayon qilib bo'lgach, Rasululloh (s.a.v.): "Birodaringizni o'ldirgan kishi noma'lum bo'lgani uchun sizlardan ellik kishi Abdulloh ibn Sahlni yahudiylar o'ldirgan, deb qasam ichsin", dedilar. Ular: "Yo Rasu-lalloh! Biz uni yahudiylar o'ldirganini ko'rgan emasmiz", deyishdi. Rasululloh: "Unday bo'lsa, yahudiylardan ellik kishi uni biz o'ldirgan emasmiz, deb qasam ichadi", deganlarida, ular: "Biz yahudiylar qasamiga ishonmaymiz, chunki ular kofir, yolg'ondan qasam ichmoqtsan qo'rqmaydilar", deganlaridan keyin Rasululloh baytul-moldan uning xunini to'ladilar". Sahl Abi Xasma: "Men o'sha tevalardan biggasini uchratdim. U meni tepdi", dedilar. 166-bob. Kattalardan avval fikr aytmaslik haqida 365. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Bir kuni Rasululloh (s.a.v.): "Kishilarga zarar yetkazmaslikda musulmon kishiga o'xshagan bir daraxt bor. Alloh taolo amri bilan u daraxt hamma vaqt mevasini beraveradi va yerga to'kilmaydi, shu qaysi daraxt, bilasizmi?" - deb so'radilar. Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Bu xurmo daraxtidir", degan fikr mening xayolimga keldiyu, lekin Abu Bakr Siddiq (r.a.) va otam Umar (r.a.)lar javob qaytarmaganlari uchun men buni aytmoqni o'zimga ma'qul ko'rmadim. Keyin Rasululloh (s.a.v.) o'zlari: "Bu xurmo daraxtidir", dedilar. Shundan keyin men otam bilan chiqib ketayotganimda otamga: "Rasululloh (s.a.v.) aytayotgan bu daraxtlari xurmo ekanligi xayolimga kelgan edi", dedim. Shunda otam: "Nega aytmading, agar aytganingda, men uchun falon-falon narsalardan ham yaxshiroq bo'lar edi", dedilar. Men: "Siz ham, Abu Bakr Siddiq (r.a.) ham so'zlamaganlaringizdan keyin men gapiripshi o'zimga munosib ko'rmadim", dedim". 167-bob. Yoshi ulug'larni ishboshi qilish haqida 366. Qays ibn Osim ibn Sinon (r.a.) o'lim oldida bolalariga vasiyat qildilar: "Alloh taolodan qo'rqinglar. Yoshi kattaroklaringizni o'zlaringizga boshliq qilinglar. Qaysi qavmga yoshi ulug' kishi boshliq bo'lsa, o'sha ota o'rniga o'tadi. Kichikroqlari boshliq bo'lsa, o'z tengdoshlari o'rtasida uyat va haqoratga qoladi. Molni topish va uni rasamadi bilan ishlata bilish harakatida bo'linglar, chunki mol saxiylar darajasini ko'taradi va baxillarga muxtoj qilmaydi. Kishilardan biror narsa so'rashdan o'zingizni sakdang, chunki so'rashlik kishining eng oxirgi noilojlik holatidir. Men vafot etganimda ovoz chiqarib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling